Bog'liq Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)
22-Nazariy savol. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirishni yuridik tahlil qiling. 57-modda Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemoming kasallik yuqlirilgan manbani, shuningdek o‘zi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi xavlini tugdirgan shaxslami yashirish ma’muriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi.
Huquqbuzarlikning obyekti aholi sog'Iigini niuhofaza qiluvchi ijtmoiv munosabatlar hisoblanadi.
Mazkur huquqbuzarlikning obyektiv tomonini qasddan yashirishga qaratilgan faol, shuningdek passiv lar/.dagi turli harakatlar tashkil etadi. Ko’pincha yashirish harakatsizlikdan iborat bo'ladi, u shifokoming bemorga uning o‘zi zararlangan manbani korsatib, shifokor ko'rsatgan davrda bemor bilan aloqada bo'lgan barcha shaxslarning nomini aytishni tushuntirgandan va bu shaxslami yashirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishini ogohlantirgandan key in shifokoming talabini bajarmaslikdan iboratdir. Bemoming zararlanish manbaini yashirgan deb hisoblash uchun asos bo'ladigan ma’lumotlar quyidagi xabarlardir:
shaxsning bemor zararlanish manbaidir, u buni bilgan holda yashirdi, degan xabari;
shaxslarning ular bemor bilan aloqada bo'lganmiz. holbuki, u buni yashirdi, degan xabari;
sog'liqni saqlash organlari, dastlabki tergov, tcrgov yoki sud organlarining ma’lumotlari va kasallanish manbai yoki bemor bilan aloqada bo'lgan shaxslami, u yashirgan shaxslami yashirganiigi to'g’risidagi boshqa ma’lumotlar (basharti bu ma’lumotlar ob’yektiv tomondan tasdig’ini topgan taqdirda)
Bemor bilan jinsiy aloqada yoki yaqin maishiy aloqada bo‘Iish
natijasida tanosil kasalligi yoki OITS bilan zararlangan shaxs zararlanish manbai hisoblanadi.
Bemor bilan aloqada bo‘lib. unga tanosil kasalligi yoki OITS bilan zararlanish xavfini tug'dirgan shaxslar dcganda, ulaming jinsiy aloqada bo lgan sheriklari. shuningdek shifokor aytgan davrda to tanosil kasalligi yoki OITSni aniqlashgacha bo’lgan paytgacha u bilan yaqin munosabatda bo’lgan shaxslar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuning 4-moddasida: “OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular:
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yagona tizimning faoliyat koTsatishini ta’minlash;
OIV infeksiyasi profilaktikasi. OIV infcksiyasiga tashxis qo’yish. OIVni yuqtirib olganlami bepul maxsus davolash va ijtimoiy muhofaza qilish;
OIV infeksiyasiga tashxis qoyish va uni davolash vositalari bilan ta’minlash, shuningdek tashxis qo'yish, davolash va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy preparatlarning, biologik suyuqliklaming xavfsiz bo’lishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida aholini muntazam ravishda xabardor qilib borish;
OIV mavjudligi yoxud mavjud emasligini aniqlash maqsadida aholini bepul. xavfsiz va maxfiy tibbiy tekshiruvdan otkazish uchun sharoitlar yaratish;
OIVni yuqtirib olganlaming umrini uzaytirish va turmushi sifatini oshirishga. ulaming o'limini kamaytirishga doir tadbirlami amalga oshirish;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdan iboratdir".
Mazkur huquqbuzarlikning xatti-harakatning subyekti huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtga kelib 16 yoshga to‘lgan shaxslar hisoblanadi.