32.Қандай ҳолатларда озодликдан маҳрум қилиш тарзидаги жазога йўл қўйилмайди
50-modda. 10-qism
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
85-modda
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
Ijt. Xavfi katta bolmagan jinoyatlar 15-modda.
33.Узоқ муддатга озодликдан маҳрум этиш жазосини тушунтиринг.
2005 yil 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasida “O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi Prezidentning Farmoni e’lon qilindi, unga ko‘ra 2008 yil 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinadi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etiladigan bo‘ldi. SHu nuqtai nazardan aytadigan bo‘lsak, o‘lim jazosining bekor qilinishi aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishni, birinchi navbatda, mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi izchil harakatlarni asoslab berishni, jinoiy jazoni yanada liberallashtirish, shu jumladan, o‘lim jazosini bekor qilish zaruratining anglab etilishini kishilar ongida mustahkamlash taqozo etiladi.
50-modda Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga qollanilmaydi
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |