35.Жазо муддатлари қандай ҳисобланди.
63-modda. Jazo muddatlarini hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qo‘shish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin.
1. Jazo muddatlarini to‘g‘ri va bir xilda hisoblash, jazoning qonuniy va adolatli tayinlanishi va ijro etilishi garovi hisoblanadi va jazo maqsadlariga erishishda ko‘maklashadi. Bundan tashqari, jazo muddatlarini hisoblash qoidalari jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa institutlarini (almashtirish, hisoblash, qo‘shish va hokazo) qo‘llashda ko‘maklashadi.
2. SHarhlanayotgan moddaning birinchi qismida, muayyan huquqdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanishi ko‘rsatilgan. Bundan, kelib chiqadiki sodir etilgan jinoyat uchun jazo oyning bir qismiga yoki bir necha kunga tayinlanmaydi. Mazkur holatlarda tegishli ravishda hukm o‘zgartirilishi lozim.
3. Jazo muddatini oy va yillarda hisoblaganda, jazo muddati oyning oxirgi kuni va yilning oxirgi oyida tugaydi. Masalan, hukm bo‘yicha 1 yillik jazo 2002 yil 3 martdan boshlansa, jazo muddati 2003 yil 2 martda tamom bo‘ladi. Yilda necha kun bo‘lishi ahamiyatga ega emas (kabisa yiligi xam). Agar hukm bo‘yicha 3 oylik jazo 1997 yil 5 iyunidan boshlansa, u holda jazo muddati shu yilning 4 avgustida tamom bo‘ladi. Jazoni oylarda hisoblashda mazkur oy necha kundan iborat bo‘lishi ahamiyatga ega emas (2 oylik ahloq tuzatish ishlari tayinlanganda, tayinlangan jazoning o‘tish muddati 1997 yil 1 yanvardan hisoblaganda shu yilning 28 fevralida tamom bo‘ladi, 3 oylik jazoda esa – muddat 1997 yil 31 martida tugaydi).
4. SHarhlanayotgan moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, jazo muddatlarini kunlarda hisoblash faqat 3 ta holatda yo‘l qo‘yiladi: almashtirish, hisoblash va qo‘shish. SHu holda, hukm yoki sud ajrimida (jazo almashtirishda) yillar, oylar va qolgan kunlar to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
5. Jazo muddatini kunlar bilan hisoblaganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, kunlarni hisoblash qoidalari qo‘llaniladi. YA’ni, muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham e’tiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisobga olinganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim bo‘lsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom bo‘lishi bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |