muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu modda tahlilidan kelib chiqib qayd etish mumkinki, sud hukmi bilan shaxs oliy maqomga ega bo‘lmagan harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilinishi mumkin. Bunday unvonlarga, xususan, polkovnik va ungacha bo‘lgan unvonlar, hamda maxsus unvonlarda polkovnik unvoniga o‘xshash unvonlar kiradi.
SHunga e’tibor qilish lozimki, harbiy unvonlar bu O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjant va ofitser tarkibidagi xizmatchilarga nisbatan beriladigan unvonlardir.
Maxsus unvonlar esa – bu bojxona xodimlari, soliq organi xodimlari, prokuratura, IIV xodimlari, Favkulodda vaziyatlar Vazirligi xodimlari hamda shunday unvonlar belgilangan boshqa xizmat xodimlariga beriladi.
5. Oliy harbiy va maxsus unvonlar hamda davlat mukofotlariga ega shaxslarga nisbatan, sud faqat ushbu unvonlarni va mukofotlarni bergan organlarga jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsni ushbu unvondan mahrum qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritishi mumkin. SHunday qilib, shaxsni unvon yoki mukofotdan mahrum qilish bo‘yicha oxirgi qaror ushbu unvonni bergan organga bog‘liqdir.
Oliy harbiy unvonlar – bu yuqori ofitser tarkibiga kiruvchi shaxslarga nisbatan beriladigan unvonlar (general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik, armiya generali, O‘zbekiston Respublikasi marshali). Oliy maxsus unvonlarga xuddi shunday unvonlarni beruvchi organlar tomonidan beriladigan unvonlar kiradi. Bundan tashqari davlat mukofotlari ham mavjud bo‘lib, ular shaxsga fan, san’at, xo‘jalik sohasining muayyan tarmog‘ida olib borilgan faoliyati uchun beriladi (masalan, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arxitektor va boshqalar).
6. Oliy harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilingan shaxslar, shu bilan birga davlat mukofotlaridan ham mahrum etiladi. Davlat mukofotlari bu xalq oldida ko‘rsatgan xizmatlari, xayriya faoliyati, ta’lim – tarbiya, sog‘liqni saqlash, davlat qurilishi, ma’naviyat, san’at, madaniyat, ilm-fan, iqtisod, vatanni himoya qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun fuqarolarni rag‘batlantirish usulidir. O‘zbekiston Qahramoni ordeni unvoni, medali, faxriy unvonlar va O‘zbekiston Respublikasining Faxriy YOrlig‘idir [109].
SHuni nazarda tutish kerakki, sudlanuvchilar ushbu moddada ko‘rsatilmagan boshqa unvon va mukofotlardan mahrum qilinishlari mumkin emas. Xususan, sud ilmiy darajalari va unvonlari (masalan, fan doktori, fan nomzodi, katta ilmiy xodim unvonlari, dotsent, professor)dan mahrum etishi mumkin emas, hamda shunga o‘xshash sport va professional unvonlardan ham mahrum etolmaydi. Bundan tashqari, sudlanuvchi xorijiy davlatlar tomonidan berilgan unvonlardan ham mahrum qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |