Birinchi bo`lib D ismli shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlari tahlil qiladigan bo`lsak, yengillashtiruvchi holatlar mavjud emas, lekin o`g`irlashtiruvchi holat mavjud. Ya`ni jinoyat kodeksining 56-moddasi “D” bandini misol qilib ko`rsatishimiz mumkin. Ammo 105-moddaning dispozitsiyasida ko`rsatilganligi sababli, 105-moddaga 56-moddani qo`shib kvalifikatsiya qila olmaymiz.
Ikkinchi holat D ismli shaxs va Sh ismli shaxsning qilmishlarini yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni tahlil qiladigan bo`lsak, ularda ham 55-moddadagi yengillashtiruvchi holatlar mavjud emas, lekin 56-moddadagi o`g`irlashtiruvchi holat mavjud. Xususan Jinoyat kodeksining 56-moddasi “m” bandi ya`ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan sodir etilsa, og`irlashtiruvchi holat sifatida qabul qilinadi. Bu holat modda dispozitsiyasida ko`rsatilmaganligi sababli, bemalol 138- moddaga 56-moddani qo`shib kvalifikatsiya qilishimiz mumkin.
Bevosita jazo tayinlashga tuhtaladigan bo`lsak, D ismli shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi maxsus qismining 105-moddasi “G” bandi va 138-moddasi va unga nisbatan 56-qo`llagan holda jinoyatlar majmui bo`yicha, Jinoyat kodeksining umumiy qismining 29-moddasi va 58-59-moddalariga asosan jazo tayinlanadi.
D ismli shaxsga 59-modda bo`yicha har bir qilmish bo`yicha alohida jazo tayinlanadi va jazo tayinlayotganda ikkala qilmishni ham ijtimoiy havfi katta bo`lmagan jinoyatligini inobatga olgan holda, ushbu moddaning 2-qismiga asosan tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi. Tayinlangan jazolarni to`la yoki qisman qo`shish yo`li bilan jinoyatlar majmui bo`yicha uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim deb ko`rsatib qo`yilgan. Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Ayblanuvchi Sh ga nisbatan esa, faqat 138-moddasini ishtirokchilikda sodir etganligi sababli, sudya tomonidan Jinoyat kodeksi maxsus qismining 138-moddasi va umumiy qismning 29-moddasi va 56-moddasini hisobga olgan holda jazo tayinlanadi.
9-KAZUS
Do'stlaringiz bilan baham: |