Nazariy savollar. Bir qancha jinoyat sodir etish va uning ahamiyatini muhokama eting


Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda



Download 0,55 Mb.
bet14/80
Sana30.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#595842
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
2 5420537482498282913

Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasida uzil-kesil tayinlanadigan jazo muddati - yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa - o‘n uch yil to‘rt oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo‘shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qo‘shib tayinlanadi.


15-Nazariy savol.
Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash hamda bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlash qanday umumiy va har xil xususiyatlarga ega.
Javob.
Bir necha jinoyat sodir etish uchun jazo tayinlash:
---- ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilib, ulardan birortasi uchun ham sudlanmagan bo‘lishlik;
---- jazo tayinlashda shaxs residivist, xavfli residivist yoki o‘ta xavfli residivist deb topilmasligi;
---- agarda sodir qilingan jinoyatlar jinoyatlar ideal jamini tashkil qilsa, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanmasligi mumkinligi;
---- jinoyatlar jinoyatning ideal jami deb topilib, jazo tayinlangan bo‘lsa, javobgarlik yoki jazodan ozod qilish qo‘llanilishi mumkinligi.
Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash:
---- ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilib, dastlabki jinoyat uchun hukm chiqarilgandan keyin, to jazo muddati tamom bo‘lmasdan yangi jinoyat sodir etilishligi;
---- qilmish residiv jinoyat deb topilishi. Shaxs xavfli residivist yoki o‘ta xavfli residivist deb topilib, jazo tayinlanishi mumkinligi;
---- hamma vaqt og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishligi;
---- ushbu turdagi jazo tayinlashda javobgarlik yoki jazodan ozod qilish qo‘llanilishi mumkin emasligi.
16-Nazariy savol.
Tayinlangan jazolarni qo‘shib hisoblash qoidalari hamda ushlab turish, qamoqqa olish va uy qamog‘i vaqtini hisoblashning asoslarini muhokama qiling.
Javob.
Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari Jinoyat kodeksining 61-moddasida batafsil bayon qilingan.
Har xil turdagi asosiy jazolarni qo‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga jo‘natishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga to‘g‘ri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda har qaysisi alohida ijro etiladi.

qamoqqa olish va uy qamog‘i vaqtini hisoblashning asoslari esa, Jinoyat kodeksining 62-moddasida keltirilgan. Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har bir kunini:


a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi.
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish