1-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: Tarmoq turlari, tarmoq topologiyalarini tasnifi. Zaruriy vositalarni tashkil etish.
Ishdan maqsad: Tarmoq turlari, tarmoq topologiyalarini tasnifi haqida tushunchaga ega bo’lish. Zaruriy vositalarni tashkil etishni o’rganish.
NAZARIY QISM
Tarmoq - Tugunlar va ularni birlashtiruvchi shoxchalar chizmasi.
Kompyuter tarmog'i - Hisoblash tizimi. U bir necha kompyuter, terminal va boshqa apparat vositalarini o'z ichiga olib, ma'lumotlar uzatishni ta'minlaydigan aloqa liniyalari bilan o'zaro bog'langan. Kompyuterlar bir biri bilan o'zaro bevosita yoki oraliq kompyuterlar orqali ulanadilar. Tarmoqning tuzilishi va tarmoq dasturiy ta'minoti imkoniyatlariga qarab, biror kompyuter yoki terminal foydalanuvchisi quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi mumkin: boshqa kompyuter xotirasida saqlanayotgan ma'lumotlardan foydalanish; o'zining amaliy dasturini bajarish uchun quvvatliroq kompyuterning markaziy protsessori va uning xotirasidan foydalanish; tarmoqqa qo'shilgan barcha kompyuterlarning birlashgan resurslaridan foydalanish. Tarmoqlarga misol sifatida avialiniyalar chiptalariga buyurtma berish yagona tizimi yoki bankni va uning turlishaharlarda va hatto, mamlakatlarda joylashgan bo'limlarini bog'lovchi tarmoqni ko'rsatish mumkin. Butun dunyoda keng tarqalgan global kompyuter tarmog'i Internet esa yaqqol misoldir.
Topologiya - Tarmoqning umumiy konfiguratsiyasi. Tarmoq topologiyasi kompyuter, kabel va tarmoqning boshqa tarkibiy qismlarining fizik joylashuvini ifodalaydi. Har bir topologiya aniq shartlarni qo'yadi. Ularning har biriga nafaqat kabelning turini, balki uni qanday yotqizishni ham aniqlash darkor. Turli topologiyalar kompyuterlarning tarmoqda aniq o'zaro ishlash usuliga ham talab qo'yadi. Asosiy topologiyalarga shina, yulduz va halqa kiradi. Agar kompyuterlar
bir kabel (segment) bo'ylab ulangan bo'lsa, shina turidagi topologiya deb ataladi. Agar kompyuterlar bir nuqtadan chiqqan segmentlarga yoki konsentratorga ulangan bo'lsa, yulduzsimon topologiya deb ataladi. Agar kompyuterlar ulangan kabel halqa qilib ulangan bo'lsa, halqa turidagi topologiya deb ataladi. Amaliyotda yuqorida keltirilgan sodda topologiyalarning murakkabroq birikmalari ham uchraydi.
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir.
· shina (bus), xamma kompyuterlar bitta aloqa yo'liga parallel ulangan va axborot xar bir kompyuterdan bir vaqtning o'zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi;
· yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan xamma tashqi kompyutrlar ulanadi, xar bir kompyuter aloxida o'z aloqa yo'llaridan foydalanadi;
· xalqa (kolso, zing), xar bir kompyuter xar doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq ya'ni xalqasimondir.
Yulduz topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, xamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga, nosozliklarni u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo'yib tuzatishga (bu xolatni shinada amalga oshirib bo'lmaydi), tarmoqni xayotiy muxim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imkoniyatini chegaralash kabi qulayliklarni beradi.
AMALIY QISM
Shina topologiyasiga misol
Yulduz topologiyasiga misol
Xalqa topologiyasiga misol
Usbu laboratoriya ishida tarmoq va uning turlari, tarmoq topologiyasi va uning turlari haqida tushunchaga ega bo’ldim. Amalda tarmoq topologiyalaridan foydalanib kompyuterlarda tadbig’ini ko’rib chiqdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |