Boshqa qo‟mitalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
zahiralarini boshqarish qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari
bo‘yicha qo‘mita
Markazlar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli
qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va
texnologiyalar markazi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik
moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat"
O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Gidrometeorologiya xizmati markazi
Ma‟muriy huquqbuzarlik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining
―Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risida‖gi Kodeksining 10- moddasiga binoan,
ma‘muriy huquqbuzarlik deganda qonun xujjatlariga binoan ma‘muriy
javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz
qiluvchi g‘ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan
harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ma‘muriy
huquqbuzarlik
eng
muhim
belgilaridan
biri
g‘ayriqonuniylikdir. Bu g‘ayriqonuniy harakat kabi g‘ayriqonuniy harakatsiz
bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘chadan o‘tish qoidasining piyoda tomonidan
buzilishi - g‘ayriqonuniy harakatdir.harbiy xizmatga chaqiriluvchi uzrli
sabablarsiz mudofaa ishlari vazirligi organlariga kelmasa - bu g‘ayriqonuniy
harakatsizlikdir.
Biroq, shaxs ma‘muriy huquqbuzarlik sodir qildi deyish uchun uning
aybdorligini aniqlash zarur. Bunda uning aybi atayin qilingan xatti-xarakatda
yoki xarakatsizlikda va belgilangan tartibni buzishda ifodalanadi.
Agar uni sodir etgan shaxs o‘z xatti-xarakatining yoki xarakatsizligining
g‘ayriqonuniy ekanligini tushungan, uning oqibatlarining zararli ekanligini
oldindan ko‘rgan va uning sodir bo‘lishini xohlagan yoki bilib turib bunga yo‘l
qo‘ygan hollar qasddan qilingan ma‘muriy huquqbuzarlik deb tan olinadi.
Agar uni sodir etgan shaxs ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan bo‘lsa, o‘z
xatti-harakatining yoki harakatsizligining zararli oqibatlar keltirib chiqarishi
mumkinligini bilgan bo‘lsa, lekin uning oldini olishga yengiltaklik bilan qaragan
bo‘lsa yoxud uning shunday oqibatlarni keltirib chiqarishini bilsa ham uning
shunday oqibatlarni keltirib chiqarish mumkinligini ko‘rmay qolsa, ma‘muriy
huquq buzilishlar sodir etilgan deb tan olinadi.
Respublikaning 16 yoshga to‘lgan fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar va diplomatik immunitetga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar ma‘muriy
huquq buzilishlarning sub‘ektlari bo‘lishlari mumkin. SHunday huquq buzishlar
bo‘ladiki, faqat 18 yoshga to‘lgandagina javobgar bo‘lishi mumkin.
Ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan
shaxslarga voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risida
nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Ma‘muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma‘muriy
huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish
ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham,
boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini
olish maqsadida ko‘llaniladi.
Ma‟muriy jazoning turlari qo‟yidagilardan iborat:
1) jarima;
2) ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yeki bevosita
shunday narsa bo‘lgan asheni hakini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yeki bevosita
shunday narsa bo‘lgan asheni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma‘muriy qamoqqa olish qonun hujjatlarida ma‘muriy huquqbuzarlik
sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni
O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma‘muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda
tutilishi mumkin.
Ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga
pul undirish jarimadir.
Jarimaning miqdori ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi,
davom etaetgan ma‘muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik
aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish xaqidan kelib chiqqan
holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |