Nazariy o‟quv mashg‟ulotining o‟qitish texnologiyasi



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/235
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#282149
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   235
Bog'liq
465 Xolmuhammedov O'zimga tayyorlaganim0

Konstitutsiya turlari 
So‘nggi  ikki  yuz  yillan  ortiq  konstitutsiyaviy  taraqqiyot  mobaynida  turli 
mamlakatlarda  nihoyatda  ko‘p  konstitutsiyalar  qabul  qilindi.  Ularning  ichki 
kompozitsiyasi  (tuzilishi),  tartibga  soladigan  masalalari.  tashqi  belgilarida 
o‘xshashliklar  mavjud  bo‘lsada,  barcha  konstitutsiyalarni  mazmuni,  mohiyati, 
ijtimoiy vazifalariga ko‘ra tasniflash ma‘lum turlarga ajratish mumkin. 
Konstitutsiyalarni ularning umumiy xususiyatlari asosida tasniflash, turli toifalarga 
ajratish  ko‘p  sonli  konstitutsiyalar  ichida  mo‘ljal  olishni  osonlashtiradi,  ular 
orasidagi qonuniyatli aloqalarni aniqlashga, huquqiy tizimdagi ahamiyati va o‘rnini 
belgilashga  imkon  beradi.  Eng  muhimi,  dunyodagi  konstitutsiyalarning  ijtimoiy 
yo‘nalishini, mazmuni va mohiyatini anglashga ko‘maklashadi. 
Tasniflash  dunyoviy  konstitutsiyaviy  qonunchilikning  umumiy  manzarasini  ko‘z 
oldimizga keltirish imkonini yaratadi. To‘g‘ri, tasniflashning ahamiyatiga ortiqcha 
baho berib yubormaslik lozim. Konstitutsiyalarni tasniflash aslida shartli bo‘lib, u 
har bir konstitutsiyaning qabul qilinish shart-sharoitini, unda ifodalanadigan siyosiy 
kuchlar  nisbatini,  mamlakatning  tarixiy  va  milliy  an‘analarini  to‘la  to‘kis  qamrab 
ololmaydi.    
Biroq  tasniflash  yordamida  konstitutsiyalarning  umumiy,  mohiyatiga  oid  belgi  va 
xususiyatlarini,  tabiatini  anglash  mumkin.  Keng  ma‘noda  olganda,  tasniflash 
bizning  konstitutsiyalar  haqidagi  bilimlarimizni  aniqroq  shakllantiradi  va 
tizimlashtiradi. 
Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, 
har xil guruhlarga (turlarga) bo‘lish mumkin.  
Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish 
mumkin:  

 Yuridik Konstitutsiya (formal)-davlatning Asosiy Qonuni. 

 Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy)-amaldagi real ijtimoiy munosabatlar. 

 Tirik  Konstitutsiya-AQSH  Oliy  Sudi  bu  Konstitutsiyani  o‘zgarayotgan  ijtimoiy 
mezonlariga moslab kelmoqda.  

 Fiktiv (soxta) Konstitutsiya- sobiq SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi. 

 Moddiy  Konstitutsiya-konstitutsiyaviy  tuzum  va  inson  huquqlarini  tartibga 
soluvchi qonundir.  

 Formal Konstitutsiya- Asosiy Qonun bo‘lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy 
yuridik kuchga ega. 
Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko‘ra quyidagi turlaga bo‘lish mumkin: 

 Yozma konstitutsiyalar. 

 
Og‘zaki  (yozilmagan)  konstitutsiyalar-Buyuk  Britaniya,  Yangi  Zelandiya,  Butan 
kabi davlatlar Konstitutsiyalari.  

 Yaxlit konstitutsiyalar-Konstitutsiya matni yaxlit bo‘lib, bir vaqtda qabul qilinadi. 
Masalan, O‘zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga 
misol bo‘la oladi.  



 Yaxlit bo‘lmagan  (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday  Konstitutsiyalar  turli vaqtda 
qabul  qilingan  qonunlardan  iborat  bo‘ladi.  Masalan,  SHvetsiya,  Finlandiya,  Isroil 
konstitutsiyalari. 

 Yumshoq  konstitutsiyalar-bunday  Konstitutsiyalar  oddiy  qonunlar  kabi 
o‘zgartiriladi.  Masalan,  Buyuk  Britaniya  Konstitutsiyasiga  350ga  yaqin  qonunlar 
kiradi va oddiy tartibda o‘zgartiriladi.  

 Qattiq konstitutsiyalar-alohida murakkab tartibda o‘zgartiriladi. Masalan, AQSH, 
Rossiya, O‘zbekiston konstitutsiyalari.  

 Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir. 

 Vaqtinchalik  (muvaqqat)  konstitutsiyalar-Iroqda  1970  yil  Birlashgan  Arab 
Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo‘lgan konstitutsiyalar.  
Uchinchidan,  Konstitutsiyalarni  ularni  ijtimoiy  mazmuniga  qarab  ham  bir  necha 
turga  bo‘lish  mumkin.  Hozirgi  kunda  dunyoda  300  dan  ortiq  Konstitutsiya    bor 
(federativ  davlatlar  sub‘ektlarining  Konstitutsiyalari  bilan  birga).  Bu 
Konstitutsiyalar  turli  tarixiy  davrda  qabul  qilingan  bo‘lib,  har  xil  ijtimoiy 
mazmunga ega.  
1. 
Farb mamlakatlari Konstitutsiyalari.  
2. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari. 
3. 
O‘tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.  
4. 
Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari. 
Konstitutsiyalarni quyidagi  turlarga ham bo‘lish mumkin:  
1. 
Demokratik Konstitutsiyalar. 
2. 
Avtoritar Konstitutsiyalar.  
3. 
Totalitar Konstitutsiyalar. 
  Adabiyotlarda  yozma  va  yozilmagan  konstitutsiyalar  farqlanadi.  Aksariyat 
ko‘pchilik  mamlakatlarda  belgilangan  tartibda  qabul  qilinadigan  yozma 
konstitutsiyalar  amal  qiladi.  Hozirgi  davrda  konstitutsiyalarning  yozma  shaklda 
qabul  qilinishi  o‘rinli  degan  fikr  qaror  topdi.  SHu  bilan  birga,  yozma 
konstitutsiyaga ega bo‘lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi 
Zelandiya).  Ba‘zi  mamlakatlarda  konstitutsiya  deganda  bir  necha  huquqiy  aktlar, 
hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi.  
Konstitutsiyalar  qabul  qilinish  tartibiga  ko‘ra,  turli  ko‘rinishlarga  ega  bo‘ladi. 
Xususan,  yuqoridan  taqdim  etilgan,  ya‘ni  podsho  (monarx)  tomonidan  xalqqa 
in‘om  etilgan  konstitutsiyalarga  Lixtenshteyn,  Nepal,  Iordaniya  davlatlarining 
konstitutsiyalari kiradi. O‘z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o‘z koloniyalariga 
shunday konstitutsiyalar in‘om etgan. 
Amal qilish vaqtiga ko‘ra, muddati cheklangan va cheklanmagan, ya‘ni muvaqqat 
va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar bo‘ladi. Muvaqqat konstitutsiyalar ma‘lum 
muddatga  yoki  muayyan  vaziyat  vujudga kelgunga qadar qabul  qilinadi. Masalan, 
Tailandning  1959  yildagi  Konstitutsiyasi  to  Ta‘sis  majlis  doimiy  konstitutsiya 
loyihasini ishlab chiqqunga qadar amalda bo‘ldi. Ko‘pchilik konstitutsiyalar doimiy 
amal  qiluvchi  qonunlar  hisoblanadi.  Biroq  bu  hol  ularning  abadiyligini 
kafolatlamaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi aksariyat hollarda yangi 
konstitutsiya  qabul  qilinishiga olib keladi.  Lotin  Amerikasi  mamlakatlarida harbiy 


to‘ntarishlar  oqibatida  konstitutsiyalar  juda  tez-tez  o‘zgarib  turadi.  Masalan,  60 
yillarning  o‘rtalarigacha  Boliviyada  —  20  ta,  Kolumbiyada  —  11  ta,  Dominikan 
Respublikasida — 15 ta, Gaitida — 23 ta, Venesuelada — 22 ta konstitutsiya qabul 
qilindi. 
Bir qator konstitutsiyalar matnida ularning abadiyligi, o‘zgarmasligi haqidagi qoida 
mustahkamlab  qo‘yilganini  uchratish  mumkin.  Masalan,  Meksikaning  1917  yilgi 
Konstitutsiyasida  «o‘zgarmas»  (136-modda)  deb  yozilgan.  Gretsiyaning  1975 
yildagi  Konstitutsiyasida  unga  rioya  etish  greklarning  vatanparvarligi  bilan 
ta‘minlanishi belgilangan. Ular Konstitutsiyaning bekor qilinishiga barcha vositalar 
bilan qarshilik 
ko‘rsatishga haqli ekanliklari yozilgan (120-modda. 4qism). 
Konstitutsiyalarni  mazmuni  va  tabiatiga  ko‘ra  ham  tasniflash  mumkin.  Siyosiy 
rejimni  rasmiylashtirishga  qarab  konstitutsiyalar  demokratik  va  avtoritar  bo‘lishi 
mumkin.  Avtoritar  konstitutsiyalar  ichida  yana  totalitar  konstitutsiyalar  bo‘lishi 
e‘tirof etiladi. 
Demokratik  konstitutsiyalar  fuqarolarning  muayyan  huquq  va  erkinliklarini 
kafolatlaydi, siyosiy partiyalarning erkin shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l 
qo‘yadi, hokimiyat idoralari ta‘sis etilishining saylov tartibini o‘rnatadi va hokazo. 
  Avtoritar  konstitutsiyalar  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  cheklaydi  yoki  taqiqlaydi, 
ba‘zan  yakka  partiyaning  hukmronligini  o‘rnatadi.  Nomiga  e‘lon  qilingan 
konstitutsiyalar  fuqarolar  huquq  va  erkinliklarini  jiddiy  cheklash  yo‘lini  tutadi. 
Avtoritar  (totalitar)  konstitutsiyalar  haddan  ziyod  mafkuralashganligi  bilan  ajralib 
turadi. 
Boshqaruv  shaklini  mustahkamlash  hamda  davlat  boshlig‘i  lavozimini  egallash 
tartibiga ko‘ra, monarxiya va respublika konstitutsiyalari bo‘lishi mumkin; siyosiy 
hududiy  tuzilishni  belgilashiga  qarab  —  federativ  va  unitar  konstitutsiyalar 
farqlanadi.  Federativ  davlatlarda  federal  konstitutsiya  va  federatsiya  sub‘ektining 
konstitutsiyasi mavjud bo‘ladi. 
O‘zgartirilish  tartibi  (usuli)ga  ko‘ra,  «yumshoq»  va  «qattiq»  konstitutsiyalar 
bo‘ladi. 
  «Yumshoq»  konstitutsiyalar  oddiy  qonunlar  uchun  belgilangan  tartib  asosida 
o‘zgartiriladi yoki to‘ldiriladi. «Qattiq» konstitutsiyalar alohida o‘rnatilgan tartibga 
muvofiq  (qo‘shimchalar  taqdim  etilgandan  so‘ng  ma‘lum  vaqt  o‘tgach  yoki 
malakali  ovoz  berish  —  deputatlarning  2/3  qismi  ovozi  bilan,  federatsiya 
sub‘ektlarining  hammasi  ratifikatsiya  qilgan  taqdirda  va  hokazo)  o‘zgarishi 
mumkin.  Masalan,  AQSH  Konstitutsiyasiga  ikki  yuz  yildan  ortiq  amal  qilishi 
mobaynida  atigi  27  ta  tuzatish  kiritilgan.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasini ham «qattiq» konstitutsiyalar qatoriga kiritish lozim. 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish