Nazariy o‟quv mashg‟ulotining o‟qitish texnologiyasi


Konstitutsiyani qabul qilishning asosiy xususiyatlari



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/235
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#282149
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   235
Bog'liq
465 Xolmuhammedov O'zimga tayyorlaganim0

Konstitutsiyani qabul qilishning asosiy xususiyatlari 
Konstitutsiyaning qabul qilishning quyidagi usullarini ko‘rsatish mumkin: 
1. 
Ta‘sis  (konstitutsiyaviy)  majlis  tomonidan.  Braziliya  (1988),  Portugaliya 
(1976),  Bolgariya  (1991),  Ruminiya  (1991)  Konstitutsiyalari  shu  usul  bilan  qabul 
qilingan.  
2. 
Amaldagi  parlament  tomonidan-  O‘zbekiston  (1992)  Xitoy  (1992), 
Tanzaniya (1977) Konstitutsiyalari misolida. 
3. 
Referendum  yo‘li  bilan-Rossiya  (1993),  Frantsiya  (1958),  Qozog‘iston 
(1995),  Kuba  (1976),  CHili  (1980)  kabi  davlat  konstitutsiyalari  referendum  yo‘li 
bilan qabul qilingan.  
Ko‘pgina  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  Konstitutsiyalar  hadya  etish  yo‘li  bilan 
ham qabul qilinadi. Hadya etishning 3 yo‘li mavjud: 
1.  Mutlaq  monarxiya  sharoitida  Konstitutsiyani  o‘z  xalqiga  podsho,  qirol,  sulton, 
monarx  hadya  qiladi.  Buni  Nepal  (1962),  Saudiya  Arabistoni  (1992) 
Konstitutsiyalari misolida ko‘rishimiz mumkin. 
2.  Mitropoliya  mustamlakachi  davlat  o‘z  mustamlakasiga  Konstitutsiya  hadya 
qiladi  va  uning  mustaqil  davlatligini  tan  oladi.  Buyuk  Britaniya  1979  yil 
Zimbabvega Konstitutsiya hadya qilgan. 
3. Harbiy  yoki revolyutsion Kengash Konstitutsiyani hadya qiladi. Masalan, Misr, 
Suriya, Iroq, Afg‘oniston Konstitutsiyalari shu tarzda qabul qilingan. 
Konstitutsiyani  qabul  qilish  tartibi  oddiy,  joriy  qonunlarni  qabul  qilishdan  farq 
qiladi.  Yangi  konstitutsiyalar  odatda  yangi  davlat  vujudga  kelganda.  mamlakat 


siyosiy  tuzumi  o‘zgarganda.  davlatchilik  rivojida  jiddiy  tub  o‘zgarishlar  ro‘y 
berganda  qabul  qilinadi.  Konstitutsiyani  tuzish  va  qabul  qilishnshp  bir  qancha 
usullari  bor.  Albatta,  konstitutsiyaning  loyihasini  tayyorlashdan  to  qabul 
qilishgacha bo‘lgan barcha ishlarni parlament majlislarida uzluksiz amalga oshirish 
mushkul.  SHu  sababli  konstitutsiya  loyihasini  tayyorlash  uchun  maxsus 
konstitutsiyaviy  komissiya  tashkil  etiladi.  1990  yil  20  iyunda  O‘zbekiston 
Republikasi  Oliy  Kengashi  yangi  konstitutsiya  loyihasini  tayyorlash  uchun 
konstitutsiyaviy komissiya tashkil etgan edi. 
Umuman  olganda.  konstitutsiyani  tayyorlash,  uni  qabul  qilish  boshqa  odtsiy 
qonunlarni  qabul  qilishdan  farq  qiladi.  CHunki  konstitutsiya  —  bu  davlatning 
Asosiy qonuni, huquq tarmoqlarining manbai hisoblanadi, shuning uchun u boshqa 
qonun va normativ huquqiy aktlardan o‘zining yuridik kuchi bo‘yicha ustun turadi. 
Konstitutsiyani  qabul  qilish  jarayoni  oddiy  qonunlarni  qabul  qilish  tartibidan 
quyidagilar bilan farq qiladi. 
1. Oddiy qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 
qonuniylik  va  sud-huquq  masalalari  qo‘mitasida  va  boshqa  qo‘mitalarida  ishlab 
chiqiladi  va  muhokama  qilinib,  navbatdagi    yalpi  majlisda  qabul  qilinadi. 
Konstitutsiya loyihasi esa Oliy Majlis palatalari tomonidan maxsus tarzda tuzilgan 
muvaqqat konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ishlab chiqiladi. 
2.  Konstitutsiya  loyihasini  tayyorlash  uchun  tajribali  siyosiy  arboblar,  jamiyat 
turmushining  turli  jabhalarida  tanilgan  mutaxassislar  va  huquqshunos  olimlar  jalb 
etiladi.  Mazkur  shaxslar  oliy  vakillik  organi  deputati  bo‘lmasalar  ham, 
konstitutsiyaviy komissiyaga jalb qilinadilar. 
3.  Konstitutsiya  loyihasini  tayyorlash  jarayoni  oddiy  qonunlar  loyihasini 
tayyorlashga nisbatan ancha davomli bo‘lib, mukammal ishlashni talab etadi. 
4. Konstitutsiya loyihasi matbuotda e‘lon qilinib, albatta umumxalq muhokamasiga 
qo‘yiladi. 
Qabul  qilingan  konstitutsiyani  tasdiqlash  marosimi  ham  turli  davlatlarda  har  xil. 
Bunday  tartib  asosan,  federativ  shakdda  tashkil  qilingan  davlatlarda  amal  qiladi. 
Qabul qilingan konstitutsiya barcha federatsiya sub‘ektlari tomonidan tasdiqlanishi, 
ya‘ni ularning parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi shart bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan konstitutsiyani ratifikatsiya qilish shart 
emas. 
Qabul  qilingan  konstitutsiyani  kuchga  kiritish  tartibi  ham  turli  mamlakatlarda  har 
xil belgilanadi. Ko‘pchshshk mamlakatlarda konstitutsiyani kuchga kiritish alohida 
hal qilinadi. Ba‘zi davlatlarda bu uni matbuotda e‘lon qilish bilan amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  u  qabul  qilingan  kuni,  ya‘ni  1992 
yilning 8 dekabrida alohida qonun bilan kuchga kiritiddi. 
Konstitutsiyaning alohida xususiyatlaridan biri uning ta‘sis etuvchilik, ya‘ni yangi 
organlar  tuzish,  yangi  qonunlar  ijod  qilish  xususiyatidir.  Konstitutsiya  qabul 


qilinganidan  keyin, davlatning  butun  yangi  organlari  tizimi  hamda  konstitutsiyada 
ko‘rsatilgan qonunlar vujudga keladi. 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish