1. Tabiiy huquq nazariyasi – ushbu nazariya huquq nazarichlarining eng
qadimiy turi xisoblanadi. Ushbu nazariya vakillari huquqning o‘zida adolatning
mutlak, o‘zgarmas ibtidosini mujassam etganligidan kelib chiqadilar. Huquq
tabiatan mavjud, uni xech kim o‘ylab topmagan, u xuddi inson kabi tabiiydir.
2. Huquqning tarixiy nazariyasi – ushbu nazariya vakillari huquqni tabiatan
mavjudligini inkor etishadi, ya‘ni huquq xech qanaqa tabiatan paydo
bo‘lmagan balki, xuquq tarixan paydo bo‘lgan va rivojlangan, deb xisoblaydi.
Yerga ekinlar urug‘ kabi, u xalkning ongida o‘sib boradi va adolat, qonunlar
shaklida namoyon bo‘ladi deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |