Xodim o‟z hayoti yoki sog‟ligiga tahdid solayotgan ishni bajarishni
rad etish huquqiga ega. Ana shu davr mobaynida (zarur choralar ko‘rilguniga
qadar bo‘lgan vaqt) hodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi(219-modda).
Ish beruvchi ish o‘rnida kasal bo‘lib qolgan xodimlarga dastlabki tibbiy
yordam ko‘rsatishga qaratilgan choralar ko‘rishi shart. Ish joyida og‘rib
qolgan xodimlarni davolash -sog‘lomlashtirish muassasalariga olib borish,
zarur hollarda, ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |