2. Buyraklarning tuzilishi
2-ilova
BAHOLASH MEZONLARI
№
|
Baho qo’yish qoidalari
|
Baho
|
foizda
|
1
|
Darsga tayyorgarligi dunyoviy va tibbiy yangiliklar bilan fikr almashishi
O’tilgan mavzu bo’yicha javoblari
|
5
|
30
|
2
|
Uy vazifasi bo’yicha
|
5
|
10
|
3
|
Yangi mavzu:
|
5
|
50
|
4
|
Darsda faol qatnashganligi,kichik guruhlarda olib borgan faoliyati
|
5
|
5
|
5
|
Darsdagi xulqi uchun
|
5
|
5
|
Hammasi :
|
|
100
|
86-100 baho«5»71-85 baho«4»56-70 baho«3»0-55 baho«2»
3
Aqliy hujum qoidasi.
Hech qanday birgalikdagi baholash va tanqid!
Berilayotga g’oyalar , hayoliy va juda zo’r bo’lsa ham ularni baholashga shoshilma,hamma narsaga ruhsat etiladi.
Tanqid qilma - barcha berilayotgan g’oyalar qimmatli.
Gapirayotganini bo’lma!
Tanbeh berishga shoshilma!
-ilova
Diqqat
savol
Diqqat
savol
Vitaminlar nima?
Anoksiya nima?
Diqqat
savol
Uzunchoq miya nima?
4-ilova
B\BX\BO jadvali
BILAMAN
|
BILISHNI XOHLAYMAN
|
BILIB OLDIM
|
Ayirish jarayonlarining ahamiyati
|
|
| Buyraklarning tuzilishi
|
|
|
5-ilova
Uygavazifa:
Ta`lim oluvchilarga dars
yakunlanganligini e`lon qilib,
uyga vazifani
e`lon qiladi. Uy ishini bajarish
uchun
ko`rsatma beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O.T.Alyaviya, Sh.Q.Qodirov.,
A.A.Nishanova. “Fiziologiya”
2.Yunusov A. Yu. Odam fiziologiyasi. Toshkent. «O’qituvchi». 1964 y.
3.“ Fiziologiya”
Ma’ruzalar matni.
Mavzu:Bolalar ayruv tizimi
Reja:
1. Ayirish jarayonlarining ahamiyati
2. Buyraklarning tuzilishi
Ayirish jarayonlarining ahamiyati
Moddalar almashinuvi jarayonlarida parchalanish mahsulotlari hosil bo’ladi. Bu mahsulotlarning bir qismi organizm tomonidan o’zlashtirilsa, qolganlari esa undan chiqarib tashlanadi.
O’pka orqali organizmdagi karbonat angidrid, suv va uchuvchi moddalar chiqariladi. Ichaklar najas tarkibida ayrim tuzlarni, ter bezlari –suv, tuzlar, organik moddalarni ajratadi.
Ayiruv jarayonlarida asosiy rolni buyraklar o’ynaydi, qaysiki ular orqali organizmdan suv, tuzlar, ammiak, mochevina, siydik kislotasi chiqarilib, qonning osmotik xususiyatlarini doimiyligini ta’minlaydi.Buyraklar orqali organizmda hosil bo’ladigan yoki dorilar shaklida qabul qilinadigan zaharli moddalar chiqarib yuboriladi.
Buyraklar qonning ma’lum o’lchamdagi doimiy reaksiyasini ta’min etadi. Qonda almashinuv mahsulotlarining kislotali yoki ishqorli mahsulotlari jamlanib qolsa, buyraklar orqali o’shalarga mos tuzlarning ortiqcha qismini chiqarib yuborilishini tezlashtiradi.
Qon reaksiyasining doimiyligini ta’minlashda buyraklar tomonidan sintezlanadigan ammiak kislotali moddalar tarkibidagi natriy va kaliyni o’rni almashtirishi ayiruv jarayonidagi buyraklarni rolini yanada oshirdi. Bu paytda ammoniy tuzlari hosil bo’lib ular siydik tarkibida chiqarib yuboriladi, natriy va kaliylar organizm ehtiyojlari uchun saqlab qolinadi.
Buyraklarning tuzilishi
Buyraklar (ular ikkita – o’ng va chap) loviya shaklida bo’lib, tashqi tomoni biroz shishgandek ko’rinishda bo’lsa, ichki tomoni – botiq. Ular qizg’ish-qo’ng’ir rangda bo’lib massasi 120 g ga yaqin.
Buyraklar umurtqa pog’onasining bel qismida ya’ni I va II bel segmentlari darajasida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakdan 2-3 sm pastda joylashgan. Har bir buyrakning yuqorigi uchida buyrak usti bezlari yotadi.
Buyrakning ichki botiq chekkalarida chuqur kesmalar bor, bular buyraklar darvozalaridir. Bu yerdan buyrak arteriyasi kirsa, buyrak venasi va siydik yo’li chiqadi.
Buyrak moddalari juda yengil ajraladigan fibrozli kapsula bilan zich qoplangan. Tashqi tomondan buyraklar yog’li kletchatka qatlami – yog’li kapsula joylashgan.
Buyraklarda qon bilan kelgan moddalardan siydik hosil bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilishga ega. Unda tashqi ancha qoramtir po’stloq qatlami va ichki, mag’iz qatlami farqlanadi.
Buyrakning po’stloq moddalari uning barcha periferiyasini egallab olgan bo’lib, dastaklar shaklida mag’iz moddalarga kirib turadi va uni 15-20 ta buyrak piramidalariga bo’ladi, ularning asosi tashqariga mag’izli moddalarga yo’nalgan bo’lib, u esa –buyrak jomiga yo’nalgandir.
Buyrakning po’stloq qismi qizg’ish –talg’ir rangda bo’lib uning qalinligi 5-7 mm ni tashkil etadi, buyrakning mag’iz qatlami ancha rangsiz bo’ladi.
47-rasm. O’ng buyrak (oldingi qismi olib tashlangan).
1-katta kosacha; 2-kichik kosa; 3-jom; 4-siydik yo’li; 5-mag’zli qatlam;
6-piramidalar; 7-po’stloq moddasi.
Buyraklarning tuzilish va funksional birligi bo’lib – buyrak tanachalari (nefronlar) hisoblanadi. Har bir buyrakda 1 mln.ga yaqin mikroskopik tanachalar sanash mumkin.
Buyraklar tanachalari po’stloq qatlamdan ikki devoriy kosani eslatuvchi shakldagi uncha katta bo’lmagan kapsuladan boshlanadi, uning ichida esa qon tomirlar kapillyarlaridan iborat koptokcha joylashgan. Kapsula devorlari orasida bo’shliq bo’lib, ulardan buyrak kanalchalari boshlanadi. U egiladi-bukiladi va so’ngra mag’iz qatlamga o’tadi. Bu egri-bugri buyrak kanalchalaridir.
Buyrakning mag’iz qatlamida buyrak kanalchasi to’g’ rilanadi, tugun hosil qiladi va po’stloq qatlamiga qaytadi. Bu yerda siydik kanalchalari yana egilib bukiladi va so’ngra chiqaruvchi yo’lga –yig’ uvchi buyrak nayiga tushadi. Yig’uvchi buyrak naychalari birikib umumiy chiqaruv yo’lini hosil qiladi. Bu yo’llar buyrakning mag’izli qatlam orqali piramidaning uchiga qarab o’tadi.
Har qaysi 2-3 buyrak piramidasi o’zining uchlari bilan qo’shilishib birgalikda so’rg’ichlar hosil qiladi. So’rg’ichlarda juda ko’plab teshikchalar bo’lib, ular bilan chiqaruvchi naychalar tamom bo’ladi va ular kosachaga ochiladi. Kosachalar siydik chiqaruvchi yo’llarning boshlanishi hisoblanadi. Kichik buyrak kosachalari, bir-birlariga qo’shilib, 2-3 ta katta buyrak kosalarini hosil qiladi, ular ham o’z navbatida buyrak jomiga o’tadi.
Buyrak jomi –voronka shaklidagi nozik devorli puch holdagi bo’shliqdir. Siydik buyrak jomidan siydik pufagi bilan tutashgan siydik yo’llariga tushadi.
Bitta nefrondagi kanalchalarning umumiy uzunligi 35-50 mm ni tashkil etadi. Buyraklarda qariyib 130 km siydik o’tuvchi naychalar mavjud. Bir kecha-kunduzda buyraklarda 170 l suyuqlik filtralanadi, qaysiki undan 1,5 l haqiqiy siydik konsentratsiyalanadi va organizmdan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi.
48-rasm. Nefronning tuzilishi.
1-olib keluvchi tomir; 2-olib chiquvchi tomir; 3-koptokcha kapilyarlari;
4-kapsulalar bo’shlig’I; 5-egri-bugri kanalchalar; 6-kasula.
Adabiyotlar:
1. Yunusov A. Yu. Odam fiziologiyasi. Toshkent. «O’qituvchi». 1964 y. 511 bet.
2. Maxmudov E., Aminov B., Qurbonov Sh. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi. Toshkent. «O’qituvchi». 1984 y. 181 bet.
3. Azimov I, Sobitov Sh. Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent. «O’qituvchi». 1985 y. 168 bet.
4. Klemeshev L. S., Ergashev M. S. Yoshga oid fiziologiya va gigiena. T. O’qituvchi. 1991 y.
5. Sodiqov Q. S. o’quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. T. O’qituvchi. 1992 y.
6. B.A.Sodiqov, LS Qochqorova, Sh.Q.Qurbonov “Bolalar va osmirlar fiziologiyasi va gigiyenasi” Toshkent “Ozb.Mill.Ensiklop” 2006 yil
7.Anderson, R. Klinik neyropsixologiya bo'yicha qo'llanma. Boston: Springer. 1994
Do'stlaringiz bilan baham: |