Nazariy mashg’ulot materiallari mashg’ulot turi: ma’ruza 1-mavzu. Ijtimoiy siyosat va uning ijtimoiy ish uchun ahamiyati mashg’ulot rejasi



Download 192 Kb.
bet1/5
Sana26.02.2022
Hajmi192 Kb.
#468974
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU. IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING IJTIMOIY ISH UCHUN AHAMIYATI


NAZARIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
Mashg’ulot turi: ma’ruza
1-MAVZU. IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING IJTIMOIY ISH UCHUN AHAMIYATI
MASHG’ULOT REJASI:
1. Davlat ijtimoiy siyosati ichki siyosatning ajralmas qismi va uning maqsadi va xususiyatlari.
2. Ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari.
3. Ta’lim va ijtimoiy siyosatning amaliy tashkiliy jihatlari.
4. Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari.


Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy siyosat, ijtimoiy ta’minot, ichki siyosat, ta’lim, ijtimoiy soha, ijtimoiy institut, Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi.


1. Davlat ijtimoiy siyosati ichki siyosatning ajralmas qismi va uning maqsadi va xususiyatlari
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat hayotida jiddiy o‘zgarishlar, tub yangilanishlar yuz berdi. Siyosiy munosobatlarda yangicha tafakkur tarzi shakllanmoqda, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning real ishtirokini ta’minlash va uning kafolatli tizimini yaratish mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning negizini tashkil etmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda,O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik”, deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, O‘zbekistonda o‘tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat tizimi shakllantirildi va hozirda uni amaliyotga kengroq tatbiq qilish,takomillashtirish muhim masalalardan bo‘lib qolayotir.
O‘zbekistonda muayyan to‘plangan tajribalar ijtimoiy siyosat tizimini tinimsiz takomillashtirib borishni talab etmoqda. Endi ijtimoiy siyosatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan aholini yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan har bir shaxsni ishonchli bo‘lgan maqsadli ijtimoiy muhofaza qilishga,ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga izchillik bilan o‘tish jarayoni kechmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyalashning asossiz tekischilik tizimidan voz kechilib,sharqda necha mingyillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, turmush tarzi va dunyoqarashiga muvofiq keladigan o‘zigaxos yo‘l tanlab olindi va aholini ijtimoiy himoyalashga yangicha munosabat shakllantirila boshlandi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangicha ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu ijtimoiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri. Demak,bu ham ijtimoiy sohaning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”dir va bu haqda so‘z yuritish uchun asoslar yetarli. Biz ta’kidlayotgan muvofiqlashtiriligan ijtimoiy ko‘mak berishning hozirgi tizimida mahalla instituti ustuvor mavqega ega. Bu tizim o‘z navbatida jamiyatimizning oilalar mustahkamligi,jamoatchilik g‘oyalari,jamoa manfaatlarining birligi, ko‘pchilik fikrining ustunligiga asoslanish kabi muhim jihatlarni o‘zida mujassam etadi.
O‘zbekistonda mahalla o‘zini-o‘zi boshqarishdek ijtimoiy tuzilma sifatida azaldan mavjud bo‘lgan va hamon saqlanib kelyapti. O‘zbek millati uchun mahalla jamoa tushunchasidan ham muhimroq ma’noga ega. Mahalla tufayli aholining ijtimoiy qadriyatlari,o‘zaro munosabat tizimi,odob-axloq tamoyillarining alohida qoidalari saqlanib qoldiki,bu shaxsning o‘z zimmasidagi mas’uliyatni his qilishi va jamiyat oldidagi majburiyatini so‘zsiz bajarishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatli demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatga intilish—xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat.Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosobatlar tizimiga singib ketishi,ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak.
Aholining yordamga muhtoj qatlami—bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash ishlarini aniq mo‘ljalli tarzda amalga oshirish zarur. Shu bois islohotlarning hozirgi bosqichiga ijtimoiy ko‘maklashuv tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini shakllantirish davom ettirilmoqda. Muayyan moddiy yordam aniq oilalarga yetib borishi, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga mo‘ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo‘lishi va haqiqatan ham,bunday yordamsiz kun kechirolmaydiganlarga bevosita lozimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy siyosatning ijtimoiy yo‘nalganligi aholining moddiy kamxarj qatlamlariga yordam ko‘rsatishdangina iborat bo‘lib qolmay, u jamiyat a’zolarining asosiy ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va ro‘yobga chiqarishga qaratilayotgani bilan diqqatga sazovordir. Endi aholi va uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi o‘z tashabbusi, intilishi va masuliyati bilan o‘zining ijtimoiy ahvolini yaxshilash va takomillashtirish darajasiga yetdi. Mustaqillik ularga ana shunday imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi.Odamlarning dunyoqarashi, mentaliteti o‘zgarib ulardagi ijtimoiy boqimandalik va faqat davlatdan yordam kutib yashash kayfiyati barham topmoqda. Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish hisobiga mamlakatimizda demokratik jamiyatining asosi va tayanchi sifatida o‘rta sinf amalda asosan shaklandi. Aynan shu ma’noda ijtimoiy sohani tartibga solishda amal qilib kelayotgan ustuvor tamoyillar,xususan,qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma – bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar tizimini rivojlantirish muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar majmuasi, aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi faoliyat turlari majmuasidan iborat, ular jumlasiga ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, pensiya ta’minoti, uy-joy kommunal xo’jaligi, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy xizmat ko’rsatish va boshqalar kiradi. Ushbu xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish natijasida ma’naviy boy va jismoniy sog’lom kishilarni shakllantirish imkoniyatlari kengayadi.
Bozor oqibatiga oddiy xalqni iste’molchi sifatida yakkama-yakka, ro’parama-ro’para qo’yish inson taqdiriga befarq qarash bo’ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti oqibati natijasida paydo bo’ladigan og’ir va noinsoniy sharoitga tushib qolishning oldini olish uchun imkoni boricha yordam qo’lini cho’zish davlatning muhim vazifasidir.
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustivor yo’nalishlardan biriga, ya’ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustivor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosatdir.
Respublikada mustaqillik yillarida aholini ijtimoiy himoya qilishga oid bir necha qonunlar qabul qilindi va joriy qilindi. Bozor munosabatlariga o’tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini, ayniqsa, nochor guruhlarni maqsadli himoya qilish tizimi barpo etildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi asosiy vazifalardan yana biri yangi turdagi ijtimoiy yordam tizimining tashkil etilishidir. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish tamoyiliga asoslanib, bozor iqtisodiyotiga mos keladigan ijtimoiy yordam tizimini yaratish; ikkinchidan, ijtimoiy yordam tizimida xususiy jamg’armalarni tarkib toptirish; uchinchidan, ijtimoiy yordam tizimini rivojlantirishda davlatning rolini belgilash va hokazo.
Ma’lumki, qadimgi davr faylasuflaridan to hozirgi zamon mutafakkirlarigacha-hammasi odamlarning ijtimoiy tengligi va ijtimoiy hayotda huquqiy – siyosiy me’yorlarga teng rioya etishiga oid juda ko‘plab dono fikr -mulohazalarni bildirganlar.
E’tibor berilsa, qadimgi «Avesto» kitobida bu g‘oya o‘zining dastlabki ifodasini topgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Avesto»ga oid manbalarda kishilarning yaxshi va farovon hayot kechirishlarida insonlar o‘rtasida “Vaj olish” odati kuchli bo‘lgan. “Vaj” (baj) so‘z olish yoki va’da berish ma’nosini anglatgan. Bu odatga ko‘ra, biror ishga qo‘l urishdan,uxlashdan, ovqat yeyishdan yoki diniy ibodatdan avval “Avesto”dagi biror oyat takrorlangan.Bu odat zamonlar o‘tishi bilan o‘zining muhim xususiyatlarini saqlab qolib, bizning zamonamizgacha odamlarning o‘zaro muomala va munosobatlarida “so‘z berish”, “bir – birlariga yordam berish”, va’dalashish ma’nolarida saqlanib qolgan. Ayrim odamlar uchun birorish,yumush yoki xizmat yuzasidan boshqa birovni ishontirish uchun qimmat baho kafolatdan ko‘ra “Chin insoniy so‘z”, “yigit so‘zi”, “va’da” afzal tuyuladi, degan fikrlarni manbalarda o‘qishimiz mumkin.
Insoniyat tarixida ijtimoiy siyosatga oid munosabatlarda moddiy boylikni taqsimlashga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Mashhur faylasuf Pifogorning (er.av.571-497 y.y.) shogirdlari va muxlislari “Pifogorchilar ittifoqi” uyushmasini tashkil etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Natijada ular o‘zi shaharlaridan 500 nafar eng boy-badavlat kishilarni haydab chiqaradilar va ularning mol–mulklarini musodara etadilar. Biroq bu uyushma ko‘p o‘tmay jamiyat tomonidan qattiq qarshilikka uchraydi. Diqqat qilinsa, “Pifogorchilar ittifoqi” jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni to‘g‘ri idrok etganlar. Lekin, ular bu holni tartibga keltirishda noma’qul harakat shaklini tanlaganlar. Jamiyat esa bunday keskinlikni rad etadi. Demak, ijtimoiy tengsizlik tushunchasi insoniyat tafakkurining qadimiy davrlaridan boshlab anglana borgan va buni bartaraf etish yo‘lida turli amallar va uslublardan foydalanilgan.
Bu borada mashhur faylasuf Geraklitning (er.av. VI–V asrlar) fikrlari ham diqqatga sazovordir. U shunday yozadi: «Tug‘ilgan odam yashashga intiladi, yashash esa huquqli bo‘lishdan iborat. Bunday huquq o‘limga qadar davom etishi lozim….». Demak, inson o‘z umrini kechirishda jamiyatdan muayyan imkoniyatlar talab qiladi. Bular orasida, tabiiyki, ijtimoiy muhofazalanish ham bor. Geraklit davom etib yozadi: “Insoniyat hayotida urush unga doimo hamroh bo‘lib kelgan. Lekin u kim uchundir kurash, kim uchundir boylik ortirish manbai va yana kim uchundir qullik, nihoyat ba’zilar uchun ozodlikdir. Bilmoq lozimki, urush o‘tkinchidir; eng asosiy haqiqat kurashdadir, kurash natijasida imkoniyatlar yuzaga keltiriladi”. E’tibor berilsa, Geraklit insonning ijtimoiy faolligini barcha imkoniyatlarning manbai sifatida baholaydi.
Insonda ijtimoiy ong shakllangandan boshlab u farovon jamiyatni orzu qilib kelgan. Bunday jamiyatga erishish odamlar ongiga, madaniyatiga bog‘liq bo‘lgan. Odamlarning ongi, madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishi shunchalik tezlashgan. Jamiyatning rivojlanishi odamlarning siyosiy ongiga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Siyosiy ongning darajasi esa, odamlar ongiga demokratik qadriyatlarni singdirishga bog‘liq. Demokratiya esa ijtimoiy siyosatni kuchaytiruvchi omildir.
O‘zbekiston jamiyati qiyofasining o‘zgarishi, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyilda, aniqrog‘i, uni amalga oshirishda namoyon bo‘lmoqda.
Bular hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishda, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolari yig‘inlarining roli, hamda vakolatlarini amalda kuchaytirishda, siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlari qabul qilishdagi roli va ta’sirini kuchaytirish ko‘rinib turibdi. Aholining turli ijtimoiy va sotsial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo‘lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli oshib bormoqda.
Bu tashkilotlar odamlar ongida demokratik qadiriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirishda muhim rol o‘ynayotir. Hozirgi kunda deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va nodavlat, nohukumat jamoat tashkilotlarining mavqei ortib bormoqda, ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining asosli vositasiga aylanmoqda.
Hozirgi zamon jamiyat tizimining muhim belgisi bu demokratik tamoyillar rolining ortib borishida ko‘zga tashlanadi. Demak, demokratik jarayonlarning chuqurlashishi hozirgi jamiyat tizimining o‘ziga xos xususiyatidir. Globallashuv, subyektiv omillar ta’siri ostida dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida demokratik jarayonlar rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda ham bu jarayonlar demokratik yangilanish, fuqarolik jamiyatini qurish tarzida namoyon bo‘lmoqda. Faqat bu o‘ziga xos yo‘sinda yuz beryapti. Bizda xalq hokimiyati bo‘lmish demokratiyaning fundamental tamoyillariga asoslangan holda rivojlanmoqda. Xalqning tafakkuri ko‘hna va navqiron turmush tarzi bilan muvofiq harakatlanib ,jarayonlar tobora chuqurlashib zamonga munosib o‘rinni egallab bormoqda.
Jamiyatning demokratlashtirish jarayonlari chuqurlashtirish, insoniyat hayotini farovon qilishga xizmat qilib, ijtimoiy siyosatning samarali va ustuvorligiga sharoit yaratmoqda. Inson o‘zini ijtimoiy individ sifatida anglaganidan buyon farovon hayotga erishish uchun intilib keladi. Shu bilan birga insonga xos talab-ehtiyojlarni qondirish hamkorlik va birdamlikni talab etadi. Bu tendensiya tadrijiy ravishda kuchayib boradi. Farovon hayot, ideal jamiyat g‘oyasini amalga oshirishda fuqarolar davlatga katta umid bilan qaraganlar. Chunki odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish barcha jamiyatlarda davlatning ichki siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan. Ijtimoiy siyosat muqarrar ijtimoiy himoyaga e’tiborini talab etgan.Ijtimoiy himoya darajasi hamma vaqt ham bir xil bo‘lavermaydi, shu bilan birga, jamiyatlarning rivojlanishi xilma-xil bo‘ladi.Ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarning rivojlanish darajasi bir xil emasligi, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jamiyatlarning rivojlanish darajasida farqlar bo‘lishi bilan birga, ularga xos umumiy tomonlar ham bor.Hozirgi zamon jamiyat tizimining o‘ziga xos belgilaridan biri sanoatga asoslangan ishlab chiqarishning yetakchiligida. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi va ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuv tamoyillari yetakchiligida.
Demak, hozirgi zamon jamiyatining asosiy belgilari quydagilar:
- insoniyatning birlashuvi;
- ilmiy-texnika revolyutsiyasi asosidagi yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarning paydo bo‘lishi;
- hozirgi zamon jamiyatlaridagi tub o‘zgarishlar;
- ekologik va sotsial muammolar ustuvorligi va hokazolar
O‘zbekistonda amaliyotdagi ijtimoiy yo‘naltirilganlik va bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli oshib borishi bilan xarakterlanadi. Bu tamoyil Respublikamiz to‘g‘ri yo‘ldan borayotganligiga bir misol. Demokratiyani chuqurlashtirish jarayoni ijtimoiy siyosat samaradorligini oshiruvchi omildir. Iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida mamlakatni rivojlantirish ijtimoiy siyosatni kuchaytirishga xizmat qiladi, chunki, kuchli ijtimoiy siyosat demokratik tamoyilga asoslangan global jamiyatning muhim belgisidir.
Bozor iqtisodiyotini barpo etish shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlari bu eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir. SHunday qilib biz komil ishonch bilan ayta olamizki mustaqillik yillari mobaynida biz yangi jamiyat asoslarini yaratishga o’zgarishlar muqararligining negizini ta’minlashga muvaffaq bo’ldik.
Ijtimoiy sohani asosiy maqsadi bo’lib, aholi turmush farovonligini oshirish hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat deganda muayyan davlat hokimiyatining ushbu soha bo’yicha o’z oldiga qo’ygan vazifalarini va maqsadlarini amalga oshirish bilan bog’liq ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot siyosat turi tushuniladi. Bu siyosat bevosita aholining turmush darajasini oshirish bilan bog’liq siyosat bo’lib unga:
- daromad siyosati;
- ijtimoiy ta’minot va mehnat bozorini shakllantirish;
- aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish sifatini yaxshilash kabi ijtimoiy yo’naltirilgan siyosat turlari kiradi.
Ijtimoiy siyosatning ob’ekti bo’lib ijtimoiy soha hisoblanadi.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish