Nazaridan kimyoviy elementlar



Download 44,8 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi44,8 Kb.
#733894
  1   2


11-variant 1-savol Davriy qonun asosida elementlar davriy sistemasi vujudga kelgan.Davriy sistemaning dastlabki variantida (1-mart 1869-y.) 63 ta element aks etgan bo`lsa, uning zamonaviy variantida 118 ta element aks ettirilgan.Davriy sistemada elementlarning joylashish tartibi ularning fizik va kimyoviy xossalarining davriy o`zgarishi bilan tavsiflanadi. Davriylik deganda ma'lum intervaldan so`ng xossalarning takrorlanishi tushuniladi. Masalan, ishqoriy metallar, galogenlar va inert gazlar jadvalda 8 yoki 18 elementdan iborat to`g`ri interval (davr) orqali joylashadi. Xossalarning bunday o`zgarish tartibi atomlar elektron pog`onalarining to`lib borishi bilan bog`liqdir.Atom tuzilishi nuqtayi nazaridan kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davriy qonun kashf qilindi va davriy sistema tuzildi, lekin D.I.Mendeleyev elementlar xossalarining o`xshashligi va farqlarini, davriy o`zgarish sabablarining tub mohiyatini tushuntirib bera olmadi.XIX asrda atom kimyoviy reaksiyalarda o`zgarishga uchramaydigan zarra deb hisoblangan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kimyo fanida erishilgan yutuqlar bu tasavvurni o`zgartinb yubordi:

X-(rentgen) nurlarining ochilishi (nemis olimi K.Rentgen, 1895). Radioaktivlikning ochilishi (fransuz olimi A.Bekkerel, 1896).Elektronning ochilishi (ingliz olimi J.Tomson, 1897).
Atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistemadagi tartibraqamiga tengligi (ingliz olimi D.Mozli, 1913). Yadro tuzilishi proton-neytron nazariyasining yaratilishi (rus olimlariDJDJvanenko va E.N.Gapon hamda nemis olimi V.Geyzenberg, 1932).Kimyoviy elernentning davriy sistemadagi o`rni uning atom tuzilishi va xossalariga bog`liq.Radioaktivlikni o`rganish (MSkladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, E.Rezerford) kimyoviy element atomi murakkab sisteraa ekanligini ko`rsatdi. Atom musbat zaryadga ega bo`lgan yadrodan va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat (elektron (e) 9,1-1O31 kg massaga va 1,6-1O19 Kl manfiy elektr zaryadiga ega). Atomdagi elektronlar to`plami elektron qobiq deb ataladi. Atom elektroneytral zarra, demak, atom elektron qobig`idagi elektronlar soni yadro zaryadiga yoki davriy sistemadagi element tartib raqamiga (Z) tengdir.Proton-neytron nazariyasiga ko`ra, atom yadrosi proton va neytronlardan iborat (proton (p) 1 a.m.b. massaga va + 7 zaryadga ega zarra; neytron (n) proton massasiga yaqin massaga ega elektroneytml zarra).Yadro zaryadi uning tarkibiga kiruvchi protonlar soni bilan belgilanadi, demak, atom yadrosidagi protonlar soni elementning davriy sistemadagi tartib raqamiga teng
2-savol Elektrolitlar suvdagi eritmalarining o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887- yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif etdi.Keyinchalik bu nazariyani atomlarning tuziiishi va kimyoviy bog'lanish haqidagi ta’limot asosida ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. Bu nazariyaning hozirgi mazmunini quyidagi uchta qoidadan iborat, deyish mumkin:1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi (dissotsilanadi).2. Elektr toki ta’sirida ionlar bir yo‘naIishda barakatlanadi:musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlanganlari —anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari — anionlar deyiladi.Ionlarning bir yo'nalishda harakat qilishiga sabab ularning qarama-qarshi elektrodlar tomonidan tortilishidir.3. Dissotsilanish — qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga ajralishi (dissotsilanishi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni(assotsilanish) ham sodir bo‘ladi. IShu sababli elektrolitik dissotsilanish tenglamalarida tengliki shorasi o'rniga qaytarlik ishorasi qo'yiladi. Masalan, KA elektrolitmolekulalarining kation K+ bilan anion A- ga dissotsilanish tenglamasi umumiy holda quyidagicha yoziladi:Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi anorganik kimyodagi asosiy
nazariyalardan biri bo'lib, atom-molekular ta’limot hamda atomning tuziiishi nazariyasiga to'la muvofiq keladi.
3-savol Kimyoviy reaksiyalar tezligi xaqidagi va bu tezlikka turli faktorlarning ta'sirini tekshiradigan ta'limotga kimyoviy kinetika deyiladi. Kimyoviy kinetikaning asosiy maqsadi, kimyoviy jarayonda yuqori reaksiya tezligini va maksimal mikdorda kerakli maxsulotni olishni boshqarishdan iboratdir.Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar (yoki ulardan biri) konsentrasiyalarining vaqt birligi ichida uzgarishi bilan ulchanadi. Masalan, ∆τ=τ21 vaqt birligida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan bittasining konsentrasiyasi C=C2-C1 kamaysa, u xolda kimyoviy reaksiyaning o'rtacha tezligi kuyidagicha ifodalanadi:
Konsentrasiya deganda biz xajm birligida bo'lgan modda mikdorini tushunmogimiz kerak. Masalan, 100 l biror gazga 2 g molekula CO2 aralashgan bulsa, bu xolda CO2 ning konsentrasiyasi 0.002 mol/l bo'ladi. Shunday qilib, kimyoviy reaksiya tezligini ulchashda moddalar konsentrasiyasini molG'l xisobida, vaqt birligi esa sekund, minut, soat, sutkalar xisobida olinadi. Reaksiya tezligini topishda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya maxsulotlarining konsentrasiyalari uzgarishini bilishning farqi yuk. Kaysi moddani mikdorini ulchash kulay bulsa, reaksiya tezligi usha modda konsentrasiyasi uzgarishi bilan ulchanadi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari reaksiya davom etgan sari kamayadi; maxsulotlarniki,aksincha ortib boradi. Kupincha, dastlabki moddalar konsentrasiyalari kamayishidan foydalaniladi. Masalan; agar reaksiyaning tezligi minutiga 0.3 mol/l bulsa, 1 l dagi dastlabki moddaning konsentrasiyasi xar minutiga 0.3 mol kamayadi.Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddaning tabiatiga, dastlabki moddalarning konsentrasiyalariga, temperaturasiga, bosimiga, katalizatorning ishtirok etish va etmasligiga, moddalar sirtining katta-kichikligiga, erituvchi tabiatiga, yoruglik ta'siriga va boshqa faktorlarga bog'liq.Reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari katta ta'sir kursatadi. Gomogen (bir jinsli) sistemalar qatoriga masalan, gazlar aralashmasi, tuz yoki kand eritmasi (umuman eritmalar) kiradi. Fizikaviy yoki kimyoviy xossalari jixatidan o'zaro farq qiladigan va bir-biridan chegara sirtlar bilan ajralgan ikki yoki bir necha qismlardan tuzilgan sistema geterogen (kup jinsli) sistema deb ataladi. Masalan, suv bilan muz o'zaro aralashib ketmaydigan ikki suyuqlik (bir idishdagi simob va suv) va qattiq jismlarning aralashmalari geterogen sistemalardir. Getegeron sistemalarning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajralgan gomogen qismi faza deb ataladi. Demak, gomogen sistema bir fazadan, geterogen sistema esa bir necha fazadan iborat ekan.Reaksiya tezligiga konsentrasiya ta'sir etishining sababi shundaki, moddalar orasida o'zaro ta'sir bo'lishi uchun reaksiyaga kirushuvchi moddalarning zarrachalari bir-biri bilan tuknashadi. Lekin tuknashishlarning xammasi xam kimyoviy reaksiyaga olib kelavermaydi. Barcha tuknashishlarning oz qismigina reaksiyaga olib keladi. Vakt birligi ichida yuz beradigan tuknashishlarning soni o'zaro tuknashayotgan zarachalarning konsentrasiyalariga proporsional bo'ladi. Bu son qanchalik katta bulsa, moddalar orasidagi o'zaro ta'sir shunchalik kuchli bo'ladi. Ya'ni kimyoviy reaksiya shunchalik tez boradi.Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari ko'paytmasiga tugri proporsionaldir. Kimyo uchun nixoyatda muxim bo'lgan bu koida 1867 yilda Norvegiyalik ikkita olim Guldberg xam Vaage tomonidan taklif etilgan bo'lib, massalar ta'siri qonuni deyiladi. Bu qonunga muvofiq A+B = C reaksiyasi uchun V=K.[A][B] bo'ladi. Bu yerda V- reaksiyaning tezligi (kuzatilgan tezlik), [A] va [B] reaksiyaga kirishayotgan A va B moddalarning mol/l bilan ifodalangan konsentrasiyasi, K tezlik konstantasi. Agar A=V=1 bulsa, V=K bo'ladi. Demak, K- reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari birga teng bo'lgandagi tezlik, ya'ni solishtirma tezlikdir. K ning kiymati reagentlarning, ya'ni reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, temperaturaga va katalizatorga bog'liq bo'lib, konsentrasiyaga bog'liq emas. Reaksiyaning tezliklari K ning kiymati bilan takkoslanadi.

Download 44,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish