Navro’zing-yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O’zbekistonim



Download 22,76 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi22,76 Kb.
#388199
Bog'liq
Farangiz tadbir Navro'z


"Navro’zing-yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O’zbekistonim"

nomli bayram tadbiri.

1.Jarchi chaqirig’i:

Dilnur-jarchi:                       Odamlar-u odamlar,

                                       Bog’da bitgan bodomlar,

                                        Eshitmadim demanglar,

                                        Navro’zni olqishlanglar,

                                        Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!

Muhammad-jarchi:                     Bozorlar bo’lsin to’kin,

                                        Xalqimiz eksin ekin,

                                        Hunarmand-u kosiblar,

                                        Chevar-u holvagarlar,

                                        Barcha-barchangiz bu kun,

                                        Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!

      

(Doirachilar)



Amirbek-boshlovchi:      Bugun shodiyona Navro’zi olam,

                                       Orziqib kutilgan navbahor to’yi!

                                       Assalom yangi yil! Assalom bayram!

                                       Senga atalgusi yuraklar kuyi.



Mehriddin-boshlovchi:  Yuraklarga solib hayajon,

                                  Eshik qoqar biz kutgan mehmon.

                                  Yelkasida bayram libosi,

                                  Qo’llarida ochil dasturxon.

                                  Dala dashtga bag’ishlab chiroy,

                                  Yurtga keldi yana ko’klamoy.



Amirbek-boshlovchi: Assalomu  alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!

Mehriddin-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun.

Amirbek-boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.

Mehriddin-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori, hurmatli ustozimiz Ixtiyor Aslonovga beramiz.

Amirbek-boshlovchi: Bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun maktabimizning 2-sinf o’quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun Bahor valsini e’tiboringizga havola etamiz.
2. Bahor valsi-Shahzoda , Nozanin raqsida.

Mehriddin-boshlovchi: Navbatni Navro’z, bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat, tinglab dam oling.

3.Navro’zni madh etuvchi she’rlar-Shirina, Asadbek

 Bahmal yopib yillarga,

Adir dala qirlarga

Gullar olib qo'llarga

Navro'z keldi azizlar.

 

Quyosh separ nurlarin



Yerga zarrin nurlarin,

Erkalatib hurlarin,

Navro'z keldi azizlar.
Tarixing ta’rifing dillarda doston,

Quyosh charaqlaydi moviydir osmon.

Hofiz qo'shiq aytar raqs etar jahon

Navro'zjon bu yilga kelishing boshqa.



Amirbekboshlovchi: Bugungi tadbirimizga qatnashchilarimiz raqs ham tayyorlab kelganlar. Hozirgi navbatni ana shunday raqsga beramiz

4.Andijon polkasi-Muhammad,Murodjon,Asadbek,Firdavs/

Mehriddin-boshlovchi

Hazrat Alisher Navoiy aytganidek, Har tuning qadr o`lubon, Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana  va  udumlarni bilasiz?



5.Navro’z an’analari-_________: Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.

_________: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.

_________: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.

_________: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.

_________: Navro`zda   otni , itni urmaydilar.

_________: Navro`zda    bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.

_________: Navro`zda   yangi liboslar kiyiladi.

_________: Navro`zda   yaxshi niyyatlar qilinadi.

_________: Navro`zda   ko`cha va dalalar tozalanadi.

Amirbek-boshlovchi-navbatni lazgi raqsiga bersak!

6.Lazgi-Shirina raqsida.

Mehriddin boshlovchi-Navbat Navro’z taomlariga!

7.Milliy taomlarga ta’rif-Shirina,Shaxzoda,Nozanin

Amirbek-boshlovchi

Aziz mehmonlar ustozlar, shuning bilan go'zallik ayyomi "Navro'zi olamga" bag’ishlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Sizlarga bahoriy kayfiyat, quvnoqlik, go'zallik hamisha yor bo'lsin.



8.Navro’z kelabon qo’shig’i-raqsida 2-sinf o’quvchilari va ustozlar
Download 22,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish