"Navro’zing-yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O’zbekistonim"
nomli bayram tadbiri.
1.Jarchi chaqirig’i:
Dilnur-jarchi: Odamlar-u odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar,
Navro’zni olqishlanglar,
Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
Muhammad-jarchi: Bozorlar bo’lsin to’kin,
Xalqimiz eksin ekin,
Hunarmand-u kosiblar,
Chevar-u holvagarlar,
Barcha-barchangiz bu kun,
Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
(Doirachilar)
Amirbek-boshlovchi: Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
Mehriddin-boshlovchi: Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo’llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.
Amirbek-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli ishchi- xodimlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!
Mehriddin-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Bugungi she’r-u g’azallar, kuy-qo’shiqlar - barcha- barchasi sizlar uchun.
Amirbek-boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko’hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro’z bayrami ilgari hech qachon ko’rilmagan ko’lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o’rin oldi.
Mehriddin-boshlovchi: Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori, hurmatli ustozimiz Ixtiyor Aslonovga beramiz.
Amirbek-boshlovchi: Bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun maktabimizning 2-sinf o’quvchilari kamtarona bayram dasturi tayyorlaganlar. Bahorni sog’ingan qalblar uchun Bahor valsini e’tiboringizga havola etamiz.
2. Bahor valsi-Shahzoda , Nozanin raqsida.
Mehriddin-boshlovchi: Navbatni Navro’z, bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat, tinglab dam oling.
3.Navro’zni madh etuvchi she’rlar-Shirina, Asadbek
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo'llarga
Navro'z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro'z keldi azizlar.
Tarixing ta’rifing dillarda doston,
Quyosh charaqlaydi moviydir osmon.
Hofiz qo'shiq aytar raqs etar jahon
Navro'zjon bu yilga kelishing boshqa.
Amirbek- boshlovchi: Bugungi tadbirimizga qatnashchilarimiz raqs ham tayyorlab kelganlar. Hozirgi navbatni ana shunday raqsga beramiz
4.Andijon polkasi-Muhammad,Murodjon,Asadbek,Firdavs/
Mehriddin-boshlovchi
Hazrat Alisher Navoiy aytganidek, Har tuning qadr o`lubon, Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz?
5.Navro’z an’analari-_________: Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.
_________: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.
_________: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.
_________: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.
_________: Navro`zda otni , itni urmaydilar.
_________: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.
_________: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi.
_________: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi.
_________: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi.
Amirbek-boshlovchi-navbatni lazgi raqsiga bersak!
6.Lazgi-Shirina raqsida.
Mehriddin boshlovchi-Navbat Navro’z taomlariga!
7.Milliy taomlarga ta’rif-Shirina,Shaxzoda,Nozanin
Amirbek-boshlovchi
Aziz mehmonlar ustozlar, shuning bilan go'zallik ayyomi "Navro'zi olamga" bag’ishlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Sizlarga bahoriy kayfiyat, quvnoqlik, go'zallik hamisha yor bo'lsin.
8.Navro’z kelabon qo’shig’i-raqsida 2-sinf o’quvchilari va ustozlar
Do'stlaringiz bilan baham: |