Bu holat Majnunga tush orqali ayon bo’lgach, Navfaldan urushni to’xtashini so’raydi. Navfal Majnun uchun yana bir chora vositasi sifatida o’z qizini Majnunga berishga qaror qiladi. Laylini esa Bani Asad qabilasining boshlig’i Ibn Salomga unashtiradilar. Navfalning qizi boshqa insonni sevishini aytib, Majnunga aka-singil bo’lishni taklif qiladi. Ibn Salomning esa quyanchiq (tutqanoq) kasali qo’zg’ab, behush yiqiladi. Layli va Majnun ishq dashtida uchrashadilar. Layli bu dunyodan ketish fursati yaqinlashganini sezib, onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kiritishlarini vasiyat qiladi. Majnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch bilan sezib, uning qabilasi tomon keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |