Birlamchi (X,Y,Z) o`qlari bo`yicha aylanish A, B, C harflari bilan belgilanadi, D va E harflari qo`shimcha (rezerv) kodlari hisoblanadi.
SHakllantiruvchi va qo`l bilan bajariladigan harakatlarni aynan bir xildagi konstruktiv qismlar (stol, salazkalar, pinol’ va h.k) bajarishini hisobga olib, ular bir xil harflar bilan belgilanadi, faqat yordamchi harakatlar kichkina harflar bilan, shakl hosil qiluvchi harakatlar esa katta harflar bilan belgilanadi.
6. Dastgoh pasporti va boshqa manbalardan foydalanmagan holda bevosita dastgoh va boshqarish qurilmasidan STF tarkibiga kiruvchi barcha ko`rsatgichlarni (va boshqalar) olish.
7. Dastgohda kerakli ko`rsatkichlarni olgandan keyin uni o`rganilayotgan dastgohning STFiga yozib qo`yish.
Misol uchun 1K62F3 dastgohida u quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
STF:= Sh
bu erda “ml” – dastur tashuvchisi - magnit tasmasi.
8. STF yordamida ishlov berilayotgan detalning eng katta o`lchamlarini aniqlash.
9. Dastgohning moylash tizimini o`rganish.
10. Dastgohning gidravlik yuritmalarini o`rganish.
11. Dastgohda ishlatiladigan barcha dvigatellarni aniqlash va dastgohning quvvat formulasiga (DQF) yozish.
Misol uchun FP-17MN rusumli vertikal frezerlash dastgohining quvvat formulasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
:= +
Formuladagi indekslar shpindel (v), moylash (m), sovutish (s) va asbobni qisish (q) gidroyuritma dvigatellariga mansubligini bildiradi, kasr suratida dvigatel’ning quvvati, tok turi (“ – “ - doimiy, “- o`zgaruvchan), maxrajda esa aylanishlar soni ko`rsatilgan.
amaliy mashg’ulot № 1
TOKARLIK OPERATSIYALARINI TSDB STANOKLARIDA DASTURLASH.
16K20F3 rusumli RDB tokarlik dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish.
Ishning maqsadi: 16K20F3 rusumli RDB tokarlik dastgohi bilan tanishish, asosiy ishchi mexanizlari konstruktsiyalarini va dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganish, dastgohning strukturaviy texnologik modelini ishlab chiqish.
Dastgohning vazifasi
Dastgoh tashqi va ichki tsilindrik, sferasimon va fason yuzalarga ishlov berish, chervyakli va turli xil yakka va ko`p kirimli, shu bilan bir qatorda o`zgaruvchan qadamli rez’balarni ochishga mo`ljallangan. Ishlov berish jarayonida zagotovka sodda shakl hosil qiluvchi harakatni (Z o`qi atrofida aylanish) amalga oshiradi, ko`p pozitsiyali keskich tutqichiga mahkamlangan keskich esa zagotovka o`qi bo`ylab (koordinataning Z o`qi) va zagotovka o`qiga perpendikulyar (koordinataning X o`qi) bo`yicha harakatlanadi. Zagatovkaning aylanma harakati va keskichning bo`ylama va ko`ndalang harakatlari natijasida kerakli mahsulot shaklini olish imkoniyatini beradi.
Dastgoh tavsifi
16K20F3 rusumidagi RDB tokarlik dastgohi raqamli dastur boshqaruv qurilmasi va dastgoh o`zidan tashkil topgan.
Boshqaruv qurilmasi dastgoh yoniga o`rnatilgan elektron bloklar katakchalariga ega ustundan tashkil topgan. elektron bloklar dastur tashuvchilardagi axborotlarni o`qish, ularni boshqaruv tizimiga kirgizish, joriy axborotlarni taxlil qilish, dasturni to`g’irlash va o`zgartirish uchun mo`ljallangan.
Dastgoh tavsifnomasiga uning vazifasi, tuzilishi, asosiy harakat uzatmalari, qo`l va avtomat surishlar, dastgohning texnologik imkoniyatlarini kengaytiradigan va ekspulatatsiya jarayonini soddalashtiradigan bloklar va qurilmalar kiradi.
RDB dastgohini baholash asosan quyidagi asosiy ko`rsatgichlar asosida amalga oshiriladi: mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi, ishlash aniqligi va ekspluatatsiya sermexnatligi.
Asosiy harakat 1460 ayl/min nominal aylanish chastotasiga ega asinxron chastotasi rostlanadigan elektrodvigatel’dan amalga oshiriladi. SHpindel’ aylanishlar chastotasi 12,5 - 2000 ayl/min oralig’ida uchta ostdiapazonda sozlanadi. Ostdiapazonlar qo`l yordamida o`zgartiriladi. Asbobiy kallak o`rnatilgan support harakati (Z va X koordinata o`qlari) gidrokuchaytirgichli qadamli yuritma (SHD-4 tipidagi)orqali amalga oshiriladi.
Olti holatli gorizontal o`q atrofida buriladigan asbobiy kallak supportga o`rnatilgan.
Ishlov berish dasturi sakkiz qatorli perfolentaga ISO 7-bit kodi orqali yoziladi. Dastgohda 2R22 tipidagi boshqarish qurilmasi qo`llaniladi.
Ketingi babka dastur asosida bajariladigan pinol’ harakatlanishi, pinol’ni qisish va bo`shatish uchun elektromexanik yuritmaga ega. Ketingi babkani stanina yo`naltirgichlari bo`yicha ko`chirish qo`lda amalga oshiriladi.
Elektrogidravlik qadamli yuritmaning asosi elektrik qadamli dvigatel’ va buruvchi momentning gidrokuchaytirgichidan tashkil topgan. Gidrokuchaytirgich aksial porshenli gidrodvigatel’ va o`qiy tipidagi kuzatuvchi zolotnikdan bo`ladi.
Elektrogidravlik qadamli yuritmalarni oziqlantiruvchi nasos qurilmasi moy etkazishini avtomatik rostlaydigan aksial porshenli nasos, quvvatlantiruvchi qurilma, fil’trlash, ishchi suyuqligini sovutish, nasos qurilmasini oldindan qizdirish va nazorat rostlash asboblaridan tashkil topgan.
Dastgohning texnik tasnifi
1. Ishlov berilayotgan detalning eng katta diametri, mm
|
400
|
2. Asboblar soni
|
6
|
3. SHpindel aylanish chastotasini tartibga solish
|
pog’onasiz
|
4. SHpindel aylanish chastotasi quyi va yuqori chegarasi, ayl/min
|
12,5 - 2000
|
5. SHpindel aylanishlar soni
|
22
|
6. Surishlarning tezlik cheklari, mm/min:
bo`ylama surish, Z o`qi bo`yicha
ko`ndalang surish, X o`qi bo`yicha
|
3 – 1200
1,5 - 600
|
7. Tez surish tezligi, mm/min:
bo`ylama surish, Z o`qi bo`yicha
ko`ndalang surish, X o`qi bo`yicha
|
4800
2400
|
8. Surish diskretligi, mm:
bo`ylama surish, Z o`qi bo`yicha
ko`ndalang surish, X o`qi bo`yicha
|
0,01
0,005
|
9. Kesilgan rezbalarning qadamlari cheklari, mm
|
0.5 – 20
|
10. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni
|
2
|
11. RDB qurilmasi turi
|
2R22
|
12. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli quvvati, kVt
|
10
|
13. Qadamli elektrodvigatel quvvati, kVt
|
0,48
|
Ishni bajarish tartibi
Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish
Dastgohning asosiy uzelarini aniqlash
Dastgohning tuzilishi, ishlash printsipi va uning asosiy uzellar konstruktsiyasini o`rganish
RDB Dastgohi boshqarish qurilmasi bilan tanishish
Dastgoh koordinata o`qlarining kerakli yo`nalishini aniqlash
Dastgohning texnik tavsifnomasi bilan tanishish
Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish
Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish
Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish
Dastgohning quvvat formulasini (DQF) yozish
Dastgohning texnologik imkoniyatlarini oshirish yo`llarini ko`rsatish
Bajarilgan ish bo`yicha hisobotni tayyorlash
Nazorat savollari
Dastgohning vazifasi
Qadamli surish yuritmasining ishlash printsipi
Dastgohning ishchi organi ko`chish diskretligi nima?
Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash
Dastgoh qanday RDB tizimi bilan ta`minlangan?
Dastgohning strukturaviy texnologik formulasiga nima kiradi?
Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi nima?
KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?
Dastgohning quvvat formulasi nima uchun tuziladi?
amaliy mashg’ulot № 2
Do'stlaringiz bilan baham: |