Navoiykon-metallurgiyakombinati navoiydavlatkonchilikinstituti «mashinasozliktexnologiyasi»



Download 0,61 Mb.
bet1/5
Sana08.10.2019
Hajmi0,61 Mb.
#23191
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5247041947863876782

O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI

NAVOIYKON-METALLURGIYAKOMBINATI


NAVOIYDAVLATKONCHILIKINSTITUTI



«MASHINASOZLIKTEXNOLOGIYASI»KAFEDRASI

RAQAMLI DASTURDA BOSHQARILADIGAN DASTGOHLARNI

DASTURLASH ASOSLARI

FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI BAJARISH UCHUN




USLUBIY
KO`RSATMALAR

Navoiy-2019



1. Kirish

Ushbu amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatmalarning metodik asoslari talabalarda mustaqil ishlash, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llash va bilimlarini mustahkamlash bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirishdan iborat.

"Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlarni dasturlash asoslari" fanidan amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatmalarda asosiy e`tibor RDB dastgohlarining koordinataviy texnologik tuzilishi, ularning texnologik imkoniyatlarini o`rganish, hamda dastgohlarni tahlil qilishga berilgan.

Dastgohlarni o`rganish asoslari dastgohlar ta`rifini strukturaviy texnologik modellash yo`li bilan formalizatsiya qilish usuliga tayanadi.


2. Dastgohning formallashtirilgan ta`rifi tarkibi
RDB dastgohlarining formallashtirilgan ta`rifi quyidagilardan tashkil topgan:

  1. dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi (KTS);

  2. dastgohning strukturaviy texnologik formulasi (STF);

  3. dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasi (KKTS);

  4. dastgohning quvvat formulasi (DQF).


Koordinataviy texnologik sxema (KTS) - bu dastgohning texnologik vazifasi, tarkibi, koordinat tizimi hamda harakatlanuvchi va qo`zg’almas organlarning o`zaro aloqadoligini ifodaluvchi shartli yassi tasvirdir. eng avval KTS - bu ishlov berish texnologik sxemasining tasviri. Unda ishlov berilayotgan detal’, kesish asbobi, ishchi organlarining shakl beruvchi va yordamchi harakatlari ko`rsatilishi lozim.

KTS - bu ishlanayotgan detal’ va asbobning koordinata o`qlari bilan chegaralangan tasviri, ishchi va bajaruvchi (qo`zg’aluvchi blok) qismlarning asosiy va yordamchi harakatlari va staninaning shartli tasvirini (qo`zg’almas blok) o`z ichiga oladi.

KTSda barcha asosiy va yordamchi (o`rnatuvchi, bo`lish, burilish) harakatlar tasvirlanadi. KTSning afzallik tarafi bu ko`p o`lchovli ob`ektlarni (dastgohlar) shartli belgilar yordamida yassi ko`rinishda tasvirlanishidir.

Strukturaviy texnologik formula (STF) koordinatalarga mansubligini bildiradigan hamda dastgoh qismlarini (bloklarini) tutash uslubini ko`rsatadigan va qismlarni ta`riflovchi belgilarning muayyan ketma-ketligidir. Formuladagi belgilar bloklar joylashuvi tartibida yoziladi, shunda formula detalni (zagotovkani) ushlab turuvchi blokdan boshlanib, asbobni ushlab turuvchi blok bilan yakunlanadi. Har bir harakatlanuvchi blok formulada ma`lum koordinataviy harakatni amalga oshiradi.

Kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxema (KKTS) dastgohlarni loyihalash yoki o`rganish jarayonida KTSdan keyingi bosqichni egallaydi. Kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemani tuzish uchun dastgohning KTSiga yuritmalarni joylashtirish va ularni o`zaro bog’lovchi kinematikaviy aloqalarni ko`rsatish lozim.

Dastgoh quvvati formulasi (DQF) Dastgohga o`rnatilgan har bir yuritmaning dvigatellari, tok turi va aylanish chastotasi to`g’risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Quvvat formulasi barcha yuritmalar va yordamchi dvigatellarning ketma ket yozilgan kodlaridan tashkil topadi.

Strukturaviy texnologik modellashtirish usulini qo`llash Dastgohni loyihalash jarayoni bilan bir vaqtda namunaviy detal’ uchun ishlov berish texnologik jarayonini yaratish, dastgohning loyihalash jarayonini avtomatlashtirish va RDB dastgohlarini o`rganish va tahlil qilishni engillashtirish imkonini beradi.


3. Amaliy mashg`ulotlarning mazmuni

Biron bir RDB dastgohlarini o`rganishda namunaviy amaliy mashg`ulotlarning mazmuni quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi:



  1. Dastgohning tuzilishi, konstruktsiyasi, yuritmalari va ishchi bloklarining kinematikasi, qo`lda boshqarish pulti va RDB qurilmasi bilan tanishish.

  2. Barcha ishchi va yordamchi harakatlar, ularning xarakteri (aylanma, ilgarilama) va bloklarini (o`zgartiruvchi mexanizmli yuritmalar, ishchi va yordamchi organlar) aniqlash. Dastgohning vazifasini aniqlash va unda ishlov berish texnologik sxemasini tasvirlash.

  3. Texnologik sxemada ISO 841 standartiga ko`ra barcha koordinata o`qlarini belgilash.

  4. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) tuzish.

  5. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) aniqlash va umumiy ko`rinishda yozish. Misol uchun RDB tokarlik patron-markazli dastgoh uchun u quyidagi ko`rinishda bo`ladi:

STF:= Sh

buerda:


  • – Z o`qi atrofida (C) gorizontal (h) shpindelni aylanishi, asosiy harakatga mansub, zagotovka shpindelga mahkamlanadi, shuning uchun u formulada birinchi bo`lib yoziladi;

  • 1 - shpindellar soni;

  • (……) – shpindelning eng kichik () va eng katta () aylanish chastotasi, aylanishni rostlash pog’onali (…..), aylanish chastotalari soni (n);

  • Np – qo`zg’almas blok (stanina);

  • Z – bo`ylama harakatlanuvchi support;

  • - supportning eng uzun qo`chishi;

  • – eng kichik va eng katta surishlar tezliklari, mm/min;

  • X – ko`ndalang support;

  • – ko`ndalang supportning maksimal surilishi, mm;

  • – mos ravishda Z va X o`qlari bo`yicha surilishlarning diskretligi;

  • - yuqori supportni qo`l harakati yordamida surilishi, mm;

  • Rd4v – 4 keskichli kesgich tutgichi, Y o`qiga nisbatan qo`l yordamida burilishi;

  • - ketingi babkani masofaga qo`l yordamida surish, mm;

  • F3-1 – RDB konturli tizimi (F3), yurtmalarda qadamli dvigatellar momentlarning gidrokuchaytirgichi bilan ishlatiladi.

Dastgoh stoliga zagotovka o`rnatiladigan va mahkamlanadigan frezalash va parmalash dastgohlari uchun STFni yozilishi dastgoh stoli belgisidan boshlanadi.



Misol uchun konsolsiz vertikal frezerlash dastgohlari uchun STF quyidagi ko`rinishda bo`ladi:


Bu formulada:

  • - stolning X o`qi bo`ylab harakatlanish uzunligi, mm;

  • - polzunning Y o`qi bo`ylab harakatlanish uzunligi, mm;

  • - frezalash kallagining vertikal Z o`qi bo`ylab harakatlanish uzunligi, mm;

  • - w koordinat o`qi va …. shpindel pinolining qo`l yordamida freza kallagiga nisbatan vertikal harakati uzunligi, mm;

  • F3-2 - konturli boshqarish tizimi, kuzatuvchi surish yuritmasi bilan.

ISO standartiga ko`ra RDB tizimlari uchun koordinata o`qlarining belgilanishi quyidagi jadvalda (1-jadval) ko`rsatilgan:

Jadval 1

Birlamchi o`qlar

X

Y

Z

Ikkilamchi o`qlar

U

V

W

Uchinchi darajadagi o`qlar

P

Q

R


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish