o’tkazadigan qatlamda suv to’planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo’ladi. Bunday suvlar
Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari yer yuzasidan ikkinchi, uchinchi suv o’tkazmaydigan
qatlamlar orasidagi qatlamlarda joylashgan bo’lib, doimo grunt suvlarining ostida uchraydi. Bu
suvlar suv saqlovchi qatlamlarni to’ldira olmaydi, chunki ular past-baland relyefli tog’li va tog’ oldi
rayonlarida uchraydi, daryo va jarlik o’zanida buloq tarzida yer yuzasiga chiqib, oqar suvlarga
qo’shiladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarning ta'minlanish soxasi suv singuvchi qatlamning yer
yuzasiga chiqqan qismiga to’g’ri keladi va tarqalish maydoniga mos tushmaydi. Bu suvlar oqimi
grunt suvlari oqimiga o’xshash bo’ladi. (2-rasm)
Qatlamlararo bosimli yer osti suvlari, odatda, suv o’tkazmaydigan va suv singiydigan
qatlamlarning tektonik xarakatlari ta'sirida hosil bo’lgan sinklinal yoki monoklinal strukturalarida
yuzaga keladi. Suv singadigan qatlamlar tog’li rayonlarda yer yuzasiga chiqib, atmosfera
yog’inlaridan tuyinadi va singiyotgan suv o’z og’irlik kuchi ta'sirida nishablik bo’yicha pastga qarab
oqa boshlaydi. Suv qatlam g’ovakliklari va bo’shliqlarini to’ldirib, o’z xarakati davomida
burmaning sinklinal qismidan antiklinaliga qarab ko’tarila boshlaydi. Natijada bosim yuzaga
keladi. Suvli qatlamning yuqori
2-rasm. Bosimsiz qatlamlararo suvlar:
1 - suv o’tkazmaydigan qatlam; 2 - qum qatlam; 3 - grunt suvlari;
4 - qatlamlararo bosimsiz suvlar; 5 - ta'minlanish soxasi;
6 - infiltratsiya suvlari; 7 - tinch buloq.
xam pastki tomonidan qatlamlar o’zidan suvni o’tkazmaganligi sababli suv bosimi vaqt o’tishi
bilan juda kuchayadi. Agar suvli qatlam burg’u qudug’i yordamida ochilsa, suv satxi quduq bo’ylab
yuqoriga ko’tarila boshlaydi, shuning uchun xam bosimli suv deb ataladi. Suv satxi esa pyezometrik
satx deyiladi (3-rasm).
3-rasm. Artezian xavza
a - qatlamlarning sinklinal va b - monoklinal xolda yotishdagi artezian suvi; 1 - infiltratsiya
suvlari; 2 - qum qatlam; 3 - suv o’tkazmaydigan qatlam; 4 - burg qudug’i; 5 - ta'minlanish soxasi;
N - bosimning balandligi.
Pyezometrik satx balandligi dengiz yuzasi yoki nisbiy olingan gorizontal tekislikka nisbatan
aniqlanadi. Kartada xar xil pyezometrik satxlarni birlashtiruvchi chiziq gidroizopyez deb ataladi.
Bosim kuchi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqan qismining mutloq balandligi bilan
suv ochilgan joy balandligining farqi orqali topiladi. Ayrim paytlarda suvli gorizontning ochgan
quduqlardan suv yer yuzasiga fontan bo’lib otilib chiqadi. Bosimli suvlar Yevropada birinchi marta
1126 yilda frantsiyaning Artua (qadimgi nomi Artiziya) viloyatida topilgan, shu sababli artezian
suvlar deb ataladi. Bosimli suv gorizontlari suv o’tkazmaydigan qatlamlar bilan bo’linib, qat-qat
bo’lib joylashadi va yer osti suvlarining artezian xavzalarini hosil qiladi. Suv singadigan
qatlamning yer yuzasiga chiqqan suv bilan ta'minlanadigan qismi suvli gorizontning tuyinish soxasi
deyiladi. Bosimli suvlarning yer yuzasiga chiqadigan joyi oqish soxasi yoki bo’shalish soxasi
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: