3. Regional metamorfizm. O’z navbatida ryegional xamda uning bir qismi bo’lgan u
tamyetamorfizmga bo’linadi. Regional metamorfizm katta maydonni egallaydi. Bu metamorfizmda
tog’ jinsi va minerallar tarkibi chuqurlik ortgan sari o’zgarib boradi. Bu o’zgarish natijasida
solishtirma og’irligi kichik bo’lgan suvli mineral jinslari solishtirma og’irligi katta bo’lgan suvsiz
mineral va tog’ jinslari bilan almashinadi.
O’ta metamorfizm juda chuqurda, ya'ni chuqur geosinklinal viloyatlarda vujudga keladi. Bu
metamorfizmda tog’ jinslari qisman eriydi. Bu jarayon natijasida magmatitlar hosil bo’ladi.
Regional-kontakt metamorfizmi natijasida jinslar asosiy qismining aralashuvi qayta
kristallashuvi boshlanadi; qayta kristallanish natijasida yangi sharoitda yangi minerallar hosil
bo’ladi; shu bilan birga jinslarning strukturasi xam o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |