Tog jinsini tashkil etuvchi zarralarning shaklingi, katta-kichikligini, uzaro joylashishi va
minerallarning kristallanish va keyinsalik uzgarish protsesslari bilan boglik buladi.
Tog jinsi strukturasini petrografiya fani batafsil urgandi. Injenerlik-geologik ishlarda xam tog
jinsining strukturasi urganiladi.Chunki tog jinsining bir kancha injenerlik-geologik xususiyatlari,
suv utkazuvchanligi, tarkibining xilma-xilligi, imorat va inshoot zaminida uzini kanday tutishi
Magmatik, metamorfik va chukindi jinslarning strukturasini injenerlik-geologik nuktai nazardan
urganish katta axamiyatga ega. Katta inshootlarning kupi, masalan, tugonlar toglik tumanlarda
magmatik yoki metamorfik tog jinslari ustiga kuriladi. Bu tugonlarning mustaxkamligi va
chidamliligi zamindagi magmatik tog jinsining struktura tuzilishiga, mustaxkamligiga boglik. Shu
sababli tog jinslarining strukturasining va uning tog jinslarining xossa va xususiyatlariga ta'sirini
kiskacha kurib chikamiz.
Magmatik jins zarralari bir-biri bilan mustaxkam boglangan bulib, pishik strukturaga ega.
Strukturasi chidamli bulib, tashki kuch ta'sirida, suv ta'sirida juda sekin uzgaradi. Binobarin bu
jinslar ustiga kurilgan imorat va ulkan inshootlar mustaxkam, uzokka chidamli buladi. Ammo
nurash protsessi ta'sirida ularning fizik-mexanik xossalari asta-sekin uzgarishi mumkin. Bu esa
uning kurilgan inshootga ozmi-kupmi ta'sir kursatadi.
Tula kristallangan struktura intruziv jinslar uchun xarakterli bulib, tog jinsi tulik kristallangan
buladi. Bunday strukturali jinslar tarkibidagi kup minerallarning shaklini oddiy kuz bilan kurish
mumkin.
Yarim shishasimon struktura. Vulkan jinslarga xos bunday strukturali jinslarda kristallar bilan
bir katorda shishasimon moddalar xam uchraydi.
Shishasimon struktura. Vulkandan otilib chikkan jinslar strukturasi. Bunga sabab vulkandan
otilib chikkan lavaning sovishi juda tez bulib, kristallarninng xosil bulishiga sharoit tugilmaydi
Bunday strukturali jinslarda esa kristallar juda kam uchraydi.
Metamorfik jinslar strukturasi xilma-xil bulib, u metamorfizm protsessi turlariga,
metamorfizmga uchragan jinsining tarkibiga va kanday chukurlikda metamorfizmga uchraganligiga
boglik. Metamorfik jinslar strukturasi uchta katta turkumga-kristalloblastik, kataklastik va relikt
strukturaga bulinadi. Kristalloblastik struktura uz navbatida kuyidagilarga bulinadi.
1. Granoblastik struktura. Bunday struktura gneyslar, amfibolitlar, kvartsitlarga mos. Jinsni
tashkil etuvchi mineral zarralari xar xil shakllarda bulib, KUpchiligi bir xil kattalikka ega buladi.
2. Rogovikli struktura. Bunday struktra asosan gilli slanets va effuziv jinslarning intruziv
jinslarning intruziv jinslar bilan kontakda metamorfizmga uchrashi natijasida paydo bulgan
rogofiklarga juda xarakterli Rogoviklar zichlangan,mikrokristalli, varaksimonligini yukotgan yaxlit
massaga aylangan buladi.
3. Lepidoblastik struktura. Bunday strukturali jinslarga gneyslar, slyudali va xloritli slanetslar
kiradi. Minerallar plastinkasimon va ma'lum bir tomonga yunalgan buladi.
Tsementlangan yoki toshkotgan chukindi jinslar strukturasi mineral zarrachalarning shakliga va
katta-kichikligiga karab bir kancha turlarga bulinadi:
1.Psefit struktura. Bunday strukturali jinslar utkir kirrali shagaltoshlardan iborat buladi.
2. Psammitli struktura. Bunday strukturali jinslar asosan kumlardan iborat bulib, ularning
kotishi natijasida yirik donali (2-0,5 mm), urtacha donali (0,5-0,25) va mayda donali (0,25-0,1mm)
kumtoshlar xosil buladi.
3, Alevritli struktura. Bunday strukturali jinslarning tarkibi asosan juda mayda kum (0,1-
0,05mm) va chang (0,05-0,002mm) zarrachalardan iborat bulib, bularning kotishidan yirik
zarrachali va mayda zarrachali alivralitlar xosil buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: