MA'RUZA № 10
CHO’KINDI TOG’ JINSLARI.
Reja
1. Cho’kindi tog’ jinslarining hosil bo’lish jarayoni.
2. Cho’kindi tog’ jinslarining turlari.
3. Cho’kindi tog’ jinslariga mansub bo’lgan menerallar va konlar.
4. Cho’kindi tog’ jinslarining insoniyat rivojlanishidagi o’rni.
Tayanch iboralar: cho’kindi, yotqiziq, nurash, relef, kontenintal, jins, mineral, hovza, orgonagen,
dengiz, ko’l, muz, qatlam, mexanik, kimyoviy, organic, gil, qum, slyuda, kvarts, changsimon, lyoss,
serg’ovak, gips, xemogen, tuf, chaqiq, tsement, temir, fosfat, ferrolit, qumtosh, kremniy, deatomit,
aromatic.
Cho’kindi tog’ jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho’kindi jinslarning
paydo bo’lishi va o’zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog’liq bo’lib,
ma'lum qonuniyatga bo’ysinadi. Cho’kindi tog’ jinslari o‘simlik va organizm qoldiqlaridan
shuningdek o’zidan oldin paydo bo’lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil
bo’ladi. Hosil bo’lish sharoitiga qarab cho’kindi jinslar dengiz, ko’l, daryo, shamol, muz va morena
yotqiziqlariga bo’linadi.
Qurik iqlimli sharoitda hosil bo’lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi. Ularning hosil
bo’lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. Atmosfera yog’inlari ta'sirida
nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida
to’planadi va cho’kindilar hosil qiladi. Kontinental cho’kindi jinslar hosil bo’lishi sharoitiga qarab
elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo’linadi. Suv xavzalarida suvda
erigan mineral moddalarning cho’kishidan kimyoviy, xayvonot va o’simlik qoldiqlarining
to’planishidan esa organogen cho’kindi jinslar hosil bo’ladi.
Cho’kindi tog’ jinslar yer po’stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog’
jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini
ishg’ol qilib yotadi.
Cho’kindi tog’ jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo’lib asosan,
gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq
qiladi. Cho’kindi jinslar segovak bo’ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni
uchratish mumkin.
Cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta
asosiy guruxga bo’linadi:
1. Mexanik.
2. Kimyoviy.
3. Organik
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari. Mexanik cho’kindi tog’ jinslari magmatik va metamorfik
jinslarning nurashi natijasida o’z joyida to’planishi yoki suv, muzlik, shamol ta'sirida boshqa
joylarga ko’chirilib yotqizilishidan hosil bo’ladi. Mexanik cho’kindilar tarkibidagi qattiq
zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko’ra yirik (dag’al), qum, chang va gil zarralarga
bo’linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan)
xolatda xam uchraydi. Dag’al bo’laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega.
Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo’gan zarrachalardan tashkil topgan.
Tarkibiga ko’ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit, pirit, kaltsit va boshqa
minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirik-maydaligiga ko’ra qum, yirik (2-
0,5mm); urta (0,5-0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: