Meyozning biologik ahamiyati — meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o'zgarmaydi. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko'p xilma-xil variantlari amalga oshadi. Meyoz jarayonida xromosomalar kon'yugatsiyalashib, o'xshash qismlari bilan al- mashinishi natijasida irsiy axborotning yangi to'plami hosil bo'ladi.
O `rganiladigan BKM lar: Meyoz- jinsiy hujayralarning ko`payishi
Meyoz jarayonining I bosqichi
Meyoz jarayonining II bosqichi
Meyozning biologik ahamiyati
I V. Yangi mavzuni mustahkamlash (20 daqiqa) 1-topshiriq
O`quvchilar yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlari asosida meyozning ma’lum bir fazasidagi xromosomalar holatini plastilindan foydalanib ko`rsatib berishlari zarur.
Profaza I Metafaza I
2- topshiriq
“Baliq skeleti” grafikli organayzerida o`quvchilar baliq umurtqasining ustki yoylariga meyozning mitozga o`xshash tomonlarini, ostki yoylariga esa farqli tomonlarini yozib chiqishlari kerak.
3 - topshiriq
“ Sardorlar bellashuvi” –bunda sardorlar bilimi “Shatranj” o`yini orqali baholanadi. Bu o`yinda “Shatranj” taxtasida meyoz jarayonida kuzatiloadigan o`zgarishlar keltirilgan savollar joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchiularning meyozning qaysi fazasida kuzatilishini topishlari kerak bo`ladi.
1. Xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ladi.
2. Gomologik xromosomalarning yelkalari bir-biridan aniq ajraladi.
3. Kon'yugatsiyalashgan xromosomalar juft-juft holatda ekvator tekisligi bo'ylab joylashadi. Sentromeraga bo'linish urchug'i birikadi.
4. Xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo'ladi. Qisqa vaqt ichida yadro qobig'i hosil bo'ladi.
5. Xuddi mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi
6. Sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajraladi, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromosoma bo'ladi.
7. Xromosomalari gaploid to'plamga ega bo'lgan ikkita hujayra hosil bo'ladi.
8. Xromosomalar xromatidlarga ajralmay qutblarga tomon harakatlana boshlaydi.
9. DNK replikatsiyasi kuzatilmaydi.
Har bir topshiriqda qatnashgan o`quvchilar o`qituvchi tomonidan rag’batlantirib boriladi.
V. Uyga vazifa: 1.Qo`shimcha adabiyotlardan meyoz jarayoniga oid ma’lumot to’plash;
2. Mavzuga oid test tuzish
3. Meyoz sxemasini chizish
Mazkur dars ishlanmasini 11- davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining rasmiy saytidan olishingiz mumkin: www.11-maktab.uz