Olmaliq shahar XTMFMT
va TEBga qarashli
20- umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Sharifa Matyoqubovaning
Alisher Navoiy tavalludining
575 yilligiga bag’ishlab o’tkazgan
“Navoiy qalblarda yashayveradi” nomli adabiy kecha bayoni
1 –suxandon: Boshlar bo’ldik kechani qo’lga olib sozimiz
Baland tog’lardan oshsin bu jarang ovozimiz
2-suxandon: Barchangizga baxshida sozimiz, bayozimiz
Aziz mehmonlarga ta’zimu tavozemiz!
1 –suxandon Umr mazmuni- umrimiz izida taralgan nurdir. Bu nur so’z nuri bo’lsa, bir dildan taralib, ming dilni nurlantiradi.
2-suxandon: Bu nur Buyuk Navoiy adabiy merosining nuridir. Bu nur hikmat va haqiqat, go’zallik va muhabbat nuri bo’lsa, ko’ngillar ko’shkida oftob misol porlaydi.
1 –suxandon: Yuksak tog’ oralab o’kirgan sherning
Na’rasiga tengdir aksi sadosi
500 yil yangradi tog’day Vatanda
Buyuk Alisherning asriy nidosi
2-suxandon: Mehnatda qahramon, janglarda botir
Sevmakda vafoli, do’stlikda mahkam.
Alisher orzusi bo’lgan avlodmiz,
Asrimiz- ko’rkimiz, asrimiz ko’rkam.
1 –suxandon: Bugun o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiy, murabbiy va ustoz, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetuk tarixchi, mohir xattot va dunyoga tanilgan komil inson-Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi nishonlanmoqda.
2-suxandon Dunyoga keltirding buyuk ko’ngilni
Ishq ahli haq so’zga bo’lganda mahtal
Dillarni poklagan shu nazm haqqi
Senga sharaf bo’lsin tabarruk fevral!
Mayin musiqa”Nay nolasi”
1-sahna: Alisher dunyoga kelganda otasi podsho saroyida xizmatda edi.Alisherning
tug’ilishi munosabati bilan suyunchiga tog’asi Ali boradi:Assalomu-alaykum
pochcha,suyunchi berasiz, Ollo taolo sizga farzand ato qildi, o’g’il!
G’iyosiddin:Rahmat, inim, Jiyaningizni sizning nomingiz bilan ataymiz. Sizdek shoir,
fozil inson bo’lsin….
2- sahna: “Alla” alla xonishi eshitiladi
She’r; A.Oripov.”Alisherning onasi”
2-suxandon Alisher Mushtariy yulduzi kabi
O’zbek osmonida balqigan chog’i
Yana bir muxtaram o’g’il ko’rganday
Kattaroq ochildi olam quchog’i
I slayd ko’rsatiladi: ”Navoiy gulshani’’
1 –suxandon: Tinim bilmagan porloq ijoding
Ma’rifat mulkida bitmas xazina
Insoniy kamolot katta yo’lida
Bir poya yuksakroq oltindan zina
.
2-suxandon: Hirot bog’larida kezgan xayolning
Qalbidan yaralgan o’zbekona his
To hanuz o’zini izlab yurganlar
Siz ham Navoiyni sog’inganmisiz?
1-raqs ”Tanovar”
1 –suxandon: O’zbek deb atalgan ozod ulusning
Otaxon shoiri qadrli ustod
Oshiqlar g’azaling kuyga solganda
Ma’shuqlar dilining xonasi obod.
2-suxandon: Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan
Kattadir,kichikdir bizda kishi yo’q
Oltin baldoqdagi nifrit ko’z kabi
Devonlaring biz uchun bo’ldi qorachiq.
Qizlar sahnasi: Malohat:”Qizlarjon,kelinglar hazrat Navoiyning g’azallaridan mushoira aytaylik. Shohsanam: O’zingiz boshlay qoling.-Bosh ustiga.
G’azalxonlik mushoirasi:
1 –suxandon: Bilasizmi, Sardor,Alisher Navoiy ijodiy merosi go’yoki ummondir. Unda sharq she’riyatining 16 turi mujassam.
2-suxandon: Ha, albatta ,Buyuk Navoiy haqida Abdurahmon Jomiy “Haft avrang” xotimasida yuksak baho berib shunday ta’riflagan: “U Nizomiy Ganjaviy va Amir Xisrav Dehlaviy panjasiga munosib panja ura oldi, hatto ulardan ham o’zib ketdi”.
1-suxandon: Navoiy kirmagan uylar qorong’u
Navoiy kirmagan ko’ngillar zindon
O’ziga mahliyo ey nazmbozlar
Ko’ring Navoiydan mast bo’ldi jahon
2-slayd Alisher Navoiy asarlari haqida
Munisa: (rangli tasmalarga asarlar nomlari yozilgan)Bu tasmalar Navoiy merosining avloddan avlodga o’tib kelayotgan ma’naviy boylik nurlari ramzlaridir.
Biz Navoiy bog’ining bog’bonimiz
Bog’bondirmiz va lekin mehmonimiz
Bul “Nasoyim ul muhabbat” bog’idir
Besh asrkim biz uning hayronimiz
Mir Nizomiddin Alisher ya’nikim
So’z aro osmonimiz ummonimiz.
Zilola: 1470-yil Navoiy o’zining o’zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat 1-devonini “Badoiy ul bidoya” Badiiylik ibtidosi’’ni yozdi, devonida 11 janrga oid jami 1046 ta she’r mavjud.
Saidalisher: 1480-yilning oxirlarida o’zbek tilida yozilgan “Navodir ul nihoya”devonini yozdi.. Unda 862 ta she’r bor.
Gavhar: Til “Hazoyin ul maoniy” dan kelur
Boshlanur shundan azal karvonimiz
To Navoiy bor muhabbat dildadir
So’lmagay hargiz dilda bo’stonimiz.
Samariddin: “Hayratul abror” dostoni Odamiy ersang demagil odamiy
Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami
Charos: “Farhod va shirin” dostoni Menga ne yoru ne oshiq havasdir
Agar men odam o’lsam ushbu basdir
Saidalisher: “Layli va Majnun” dostoni So’ngin necha kun uzatdim oxir
Yig’lay- yig’lay tugatdim oxir
Malohat: “Sabbai sayyor” dostoni Xalqqa zebu torak ayla ani
O’qiganga muborak ayla ani
Yetti aflokni anga yor et
Yetti iqlim elini xaridor et
Farhod: “Saddi iskandari” dostoni Davosiz uluisning navo baxshi bo’l
Navoiy yomon bo’lsa, sen yaxshi bo’l
1-suxandon: Navoiy “Xamsa”si 15-asrdagi xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko’zgusidir.
2-suxandon: U turkiy tilda yozildi. “Xamsa”da shoirning komil inson haqidagi orzu-o’ylari o’z ifodasini topdi.
3-sahna “Hamsa” asari haqida “Cho’li Iroq”kuyi fonida sahnada xontaxta ustida shamdonda sham yonib turibdi:
Navoiy: Xayriyat,”Xamsa”ni yozib tugatdim.Endi bu asarimni do’stim Husayn Boyqaroga taqdim eturmen.
1-suxandon: Husayn Boyqaro navbatdagi jangdan kelganligi haqidagi xabarni eshitib Alisher Navoiy uning qarshisiga peshvoz chiqadi. Qo’lida yozgan asarini unga taqdim etadi.
1-suxandon: Tirik Farhodlarni tanitmoq bo’lib
Oliy yurtimizga qilsangiz safar
Bu yerda har bitta taroshlangan tosh
Yuksak umidlardan beradi xabar
2-suxandon: Layli Shirinlarni barhayot etding
Umringning azobi bo’lsa ham zamon
O’zing qafas ichra yashading lekin
Noming million qalbda yashaydi hamon
4-sahna Farhod va Shirin dostonidan parcha
QO’SHIQ jonli ijroda ‘Shirindur”
Raqs “Mustazod”
1-suxandon: Assalom Navoiy deydi yosh avlod
Olqishlaydi xalqi baxtiyor
Shoir arzir qilsang iftixor
Ruboiy yangraydi ko’ngillarda yod
“Munujot” kuyi yangraydi Ruboiylar yod aytiladi
2-suxandon: Navoiy tilshunos olim”Muhokamatul lug’atayn”, “Majolis ul nafois”, “Xazoyin ul maoniy” kabi ilmiy asarlari o’zbek tilining kuch -qudratini, boyligini, nafisligini namoyon qildi.
She’r: Mirtemir “Ona tilim”
1-suxandon: Har bir nazm shaydosi Alisher Navoiyning shaxsiy hayoti va farzandlari haqida ma’lumotga ega bo’lishni istaydi.
2-suxandon: Ha,albatta, biz bilamizki Hazrat Navoiy uylanmagan edi va tabiiyki, uning farzandlari bo’lmagan, ammo u bolalarni juda yaxshi ko’rgan va farzand ishtiyoqida bo’lgan.
1 – o’quvchi: Navoiyning asrab olgan1- o’g’li og’asi shayx Bahlulbekning nabirasi Mir Ibrohimdir.
2-o’quvchi: Navoiyning asrab olgan2- farzandi Hoji Muhammad, u iste’dodli va sadoqatli bo’lgan.
3-o’quvchi: 3-asrab olgan farzandi Mirhaydar bo’lib, Sabuhiy taxallusi bilan she’rlar yozgan
4-o’quvchi: Navoiyning asrab olgan 4- o’g’li Shohquli ismli g’ijjakchi bola bo’lgan
1-suxandon: Shunday farzandlarni tarbiyalagan insonning o’zi komil bo’lmasligi mumkin emas. Bu gulshan ichra yo’qdur baqo guliga sabot
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot
2-suxandon: Ko'p jahongir ko’rgan bu dunyo
Hammasiga guvoh yer osti
Lekin do’stlar,she’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lar rosti
Besh asrki nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
1-suxandon:Shuni e’tirof etish kerakki, Hazrat Navoiyning buyuk adabiy xazinasi yetib bormagan mamlakat yo’q. Uning asarlari dunyo tillariga tarjima qilinmoqda, o’rganilmoqda. Bu esa Shoir o’zi aytganidek ”Tilga e’tibor –elga e’tibordir’.
2-suxandon: Buning isboti sifatida dunyoning bir qator shaharlarida bu ulug’ zotga o’rnatilgan haykal va yodgorliklarni aytishimiz mumkin.
3-slayd: Buyuk Navoiyga o’rnatilgan yodgorliklar namoyish etiladi.
Bu shaharlar: Moskva,Boku,Vashington,Ashxobod,Tokio
6-sahna: Navoiy va kelajak avlod
Bola: Buyuk tog’lar ichra bo’lib buyukroq,
Suyuk tog’lar ichra bo’lib suyukroq
Navoiy ko’rinar ko’zimga mening
Nafasi urilar yuzimga mening
Sahnadan Navoiy chiqib keladi:”Segoh” kuyi fonida
Bola: Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon. berdi
Navoiy: Ne vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?
Bola: Sizdek dono ruhini shod etmak maqsadi,
Bizning yurtda har bir o‘zbek navoiyxon
Navoiy:
Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?
Bola: Navoiy nazmi bilan tili chiqar dilbandin,
Siz birla faxr etar har bir o’zbek farzandi.
Navoiy:
A’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?
Bola: Qur’ondek tavof etsa arzir sizning "Xamsa”ngiz
«Chor devon» kirmagan topilmas xonadon.
Navoiy:
Odami ersang demagil odami
Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami
Kelajak avlod bolasiga kamalak rangi (kelajak avlod bunday insonparvarlik,bilimdonliknikeyingi asrlarga ham yetkazishlariga ishora)ni beradi.
4-slayd:Navoiy xalq qalbida
Davraga barcha qatnashuvchilar chiqadilar. Har bir o’quvcni Havoiy g’azallaridan bir baytdan o’qiydilar
1-va 2-suxandon:Abadiyat bilan qay so’z egizak,
Balki yaxshi orzu,yaxshi niyatdir?
Mangulik anglanar, Navoiy desak,
Navoiyning o’zi Abadiyatdir!
Do'stlaringiz bilan baham: |