Musofir hikoyati:Men bazmlar dostonnavozi edim,shu tufayli ishimkasodga uchradi.Kanizak huzuriga borib arz qildim,sozini tinglab lol qoldim,ta’lim so’radim.O’zimni mahram etdim.Ko’nglimdagi har qanday tuyg’uni qochirdim.Sezdimki ,unung kuy ohangida juda katta dard,pinhoniy ishq bor edi.Kimningdir harida o’rtanardi.Bilmoqchi bo’ldim , “Taftishni bas qil”,- dedi u.Men yana so’radim. “Mayli aytaman, shartim shuki,bu yerda turmaysan.Ketasan”,-dedi.Darhaqiqat uning hikoyasi dardli edi:
Parda ortidan Dilorom:Chin mulkidanman.Ikki xon qirg’iniga asir tushdim.Xoja meni kanizak qilib sotib oldi.U farzandsiz edi.Meni farzandidek tarbiya qildi. Shuhratim yoyildi.Bir naqqosh suratimni pinhona chizib,bir shahanshohga ko’rsatibdi.Sevildim ,sevdim.Bir kuni ovda bir hol bo’ldi.U men aytganday otdi.U sharobdan mast edi.Men o’zimdan mast edim.Qadriga yetmadim. U odamzod qilolmagan ishni qildi.Men unga jonimni fido etmog’im lozim edi.Meni yuz pora qildirsa ham haqli edi.Sahroga tashlatdi.Meni ko’rgani kelayotgan hojam yo’lda
topib oldi.Men shohimning huzuriga bormoqchi ,uzr so’ramoqchi edim.Hojam ruxsat bermadi.Shu tariqa men tirik hijronda qoldim.Endi ket! –deb hikoyasini yakunladi kanizak.
Do'stlaringiz bilan baham: |