( 6) Hikmatli so’zlar aytiladi.
1-boshlovchi: Angladik sevgini qalbga etib jo,
Yashabsiz hayotda misli samandar.
Ishq ichra tug’ilib ,ishq ichra mangu
Ishq tug’in tutmagan hech kim siz qadar.
2- boshlovchi:Esimda u damlar,sho’x-shodon yillar,
“Guliston”, “Bo’ston”ni yod olgan kunlar.
Hamdamim,anisim ul maktab aro,
Jondek aziz do’stim Husayn Boyqaro.
Men bitdim “Xamsa”ni, “Chor devon”yana,
Barida do’st nomi topdi tantana.
(7)Sahna ko’rinishi :(Boyqaro va mulozimlar o’tiradi va musiqa boshlanib raqs ijro etiladi.)
Husayn Boyqaro:Ofarin,mashshoqlar ,sozingizga boz,
Raqsingiz har qancha ta’riflasam oz.
Hudaychi bularni aylangiz e’zoz,
Ko’ngillari bo’lsin bizdan sarafroz.
Hudaychi: Bosh ustiga (Musiqachilar va raqqosalar chiqib ketishadi)
Boyqaro: Do’stimiz Alisher nega ko’rinmas?
Saroyni fayzi-la fayzi ob etmas?
Yo biror mushkilot tushmish boshiga
Yoki borsammikin o’zim qoshiga?
(Hudaychi kiradi,ta’zim qilib Navoiy kelganini aytadi)
Hudaychi: Hazratim ,qabulda shoir Alisher,
Ruxsatingiz kutib turmishlar ,ne dey?
Boyqaro: Tezroq chorlang,kirsin aziz do’stimiz,
O’zi mushtoq edi unga ko’nglimiz.
Hudaychi: Kirsinlar shoirlar shoiri,ustoz Navoiy!
(Navoiy ta’zim qiladi, Boyqaro o’rnidan turib u bilan ko’rishadi.)
Navoiy: Assalom ,podshohim,olampanohim!
Umringiz ziyoda qilsin Ollohim.
Uzrimni aytaman ,ming bir taassuf
Bir zarur yumush-la kech qoldim afsus.
Boyqaro : Bormisiz ,azizim,do’stim ,darddoshim,
Ko’nglimning quvonchi,mahram-sirdoshim.
Yo bizdan arazlab ketdingizmi siz?
Biror xatolikka yo’l qo’ydikmi biz?
Hozir huzuringiz aylab ixtiyor,
Yo’lga otlanmoqqa bo’lgandik tayyor.
Navoiy: Sultonim,hoqonim ,ey aziz do’stim,
Kechiring gar sizni ranjitgan bo’lsam.
Men sizga atabon bitgandim kitob,
Shuni oxiriga yetkazib shu tob
Qanotsiz ,siz tomon yeldim,podshohim,
Avf eting gar bo’lsa zarra gunohim.
Bu sizga bitganim –Beshta xazina,
Ustoz Nizomiydek bitdim men “Xamsa”.
(Navoiy ta’zim bilan Boyqaroga taqdim etadi.Boyqara kitobni olib bir-bir varaqlaydi)
Boyqaro: “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin” , “Layli va Majnun” , “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”
Ofarin,tasanno, do’stim Alisher,
Siz menga bilsangiz uztozim va pir.
Oq otim keltiring pirim o’tqizay,
O’zim bul pirimga jilovdor bo’lay.
(Atrofdagilar “ofarin-ofarin ”deb olqishlashadi.Birgalashib sahnadan chiqib ketishadi.)
1-boshlovchi:Alisher Navoiyning eng katta asari –bu “Xamsa”asaridir.Sharqda xamsachilikning o’ziga xos tarixi va an’anasi mavjud bo’lib, “Xamsa”yozishni Ozarbayjon shoiri Nizomiy boshlab bergan.
2-boshlovchi:Oradan yuz yil o’tib Xusrav Dehlaviy,undan ikki yuz yil o’tib ikki buyuk ijodkor Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar “Xamsa”yaratishdi. Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilisida –turkiy tilda yozildi.
(8)Sahnaga besh nafar o’quvchi chiqadi va “Xamsa ”dagi dostonlar haqida ma’lumot berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |