Ishni bajarish tartibi
1. C va D jumraklar ochiladi, manometrdagi ustunlar farqi bir xil bo’ladi.
C jumrak yopiq xolda, nasos bilan manometrdagi ustunlar farqi 20 – 25 sm bo’lganga qadar havo damlanadi.
D jumrak yopiladi va manometrdagi suyuqlik ustuni bir oz pasayib, naychalardagi suyuqlik farqi h1 o’lchanadi.
C jumrakni tezda ochib va idishdagi havoni tashqariga chiqaramiz havo butunlay chiqib bo’lmasdan C jumrakni yopamiz. Manometr naychalaridagi suyuqlik ustunining farqi h2 o’lchanadi.
Tajribani eng kamida 3 marta takrorlab, chiqqan natijalarni o’rtacha qiymati olinadi, -ni aniqlashdagi absolyut va nisbiy xatoliklar hisoblanadi.
ifodadan tajribada yo’l qo’yilgan nisbiy xatolik hisoblanadi.Bu yerda -tajriba natijasida aniqlangan o’rtacha qiymat - esa (6) ifodadan aniqlangan qiymat.
Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
№
|
h1
(sm)
|
h2
(sm)
|
|
|
(100%)
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
|
o’rt.
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
Solishtirma issiqlik sig’imi nima?
Gaz adiabatik kengayganda uning ichki energiyasi qanday o’zgaradi?
Ср va Сv ni tushuntiring va nima uchun Ср > Cv?
Adiabatik jarayon nima va tenglamasini yozing.
Nima uchun qurilmada simobli emas, balki suvli manometrdan foydalaniladi.
Tajriba ishi №7
Mavzu: Suyuqlikning ichki ishqalanish koeffisiyentini Stoks usuli bilan
aniqlash.
Ishning maqsadi:
Suyuqlikda ichki ishqalanish kuchining hosil bo’lishini o’rganish va Stoks usulida ichki ishqalanish (qovushqoqlik) koeffisiyentini tajribada aniqlash.
Kerakli asboblar va jihozlar:
Uzunligi 1–1,5 m;
Diametri 3–4 sm bo’lgan silindrik shisha idish;
Sekundomer;
Mikrometr;
Paxta moyi yoki glitsirin;
Po’lat yoki qo’rg’oshin sharchalar.
Nazariy qism
S uyuqliklarda ichki ishqalanish vaqti-vaqti bilan o’z o’rnini o’zgartirib, bir qatlamdan ikkinchi qatlamga impuls olib o’tadigan molekulalar hisobiga hosil bo’ladi. Suyuqlikning bir qatlamdan ikkinchi qatlamga impulsning ko’chishi bu qatlamning m massa va harakat tezligiga ega bo’lgan molekulalarining yondosh qatlamga sakrab o’tishidan ro’y beradi. Bu yerda gap molekulalarning issiqlik harakati tezligi tufayli yuzaga kelayotgan impuls haqida ketmaydi, balki oqim statsionar bo’lgandagi butun suyuqlikning ilgarilanma harakati tufayli molekula olgan impulsi haqida boradi.
Masalan, suyuqlikning +d tezlik bilan harakatlanayotgan qatlamidan tezlik bilan harakatlanayotgan yondosh qatlamiga sakrab o’tgan molekula bu qatlamga mdυ impuls olib o’tadi va bu qatlam harakatini tezlashtiradi va aksincha, tezlik bilan harakatlanayotgan qatlamdan +d tezlik bilan harakatlanayotgan qatlamga sakrab o’tgan molekula bu qatlamni sekinlashtiradi, ya’ni unung impulsini kamaytiradi(1-rasm).Qatlamlar orasidagi shu tariqa yuzaga kelgan impulsning o’zgarishi ichki ishqalanish kuchlari deb ataladi. Bu kuch muhitning xususiyatiga, ishqalanuvchi sirtlarning kattaligiga S, qatlamlararo tezlik gradiyentiga bog’liq bo’lib, quyidagi ko’rinishga ega:
Ifodadagi minus ishorasi impulsning tezlik kamayayotgan yo’nalishda ko’chishini bildiradi. Bu formuladagi η- suyuqlikning ichki ishqlanish (qovushqoqlik) xossalarini xarakterlaydi va suyuqlikning ichki ishqalanish koeffisiyenti yoki dinamik qovushqoqlik koeffisiyenti deb ataladi.
Ichki ishqalanish koeffisiyenti son jihatdan qatlamlar orasidagi tezlik gradiyenti 1 birlikka teng bo’lganda ularning 1 birlik yuzasiga ta’sir etuvchi ishqalanish kuchini xarakterlaydi. SGS sistemasida qovushqoqlik birligi
SI birliklar sistemasida
Yuqorida ko’rib o’tilgan m-massali suyuqlik ichki ishqalanish koeffisiyentidan tashqari uning hajm birligidagi massaga nisbati belgilaniladigan kinematik ishqalanish koeffisiyenti ham ishlatiladi:
Suyuqlik molekulalari gazlarniki kabi erkin harakat qila olmaydi. Ular qo’shni molekulalar orasida tebranma harakat qilib, “o’troq” hayot kechiradi, vaqti-vaqti bilan tartibsiz ravishda o’z o’rnini o’zgartirib turadi. Molekulalarning bunday “sakrab” o’tishi kamroq sodir bo’lgani uchun suyuqliklarda ichki ishqalanish koeffisiyenti gazlarnikiga nisbatan ancha katta bo’ladi. Past haroratlarda, ayniqsa, bu farq sezilarlidir. Harorat ko’tarilishi bilan “sakrab” o’z holati o’zgartiradigan molekulalar soni ortadi va ichki ishqalanish koeffisiyenti harorat ortishi bilan tez kamayadi.
Suyuqliklarda ichki ishqalanish koeffisiyentlari viskozimetrlar yordamida o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |