NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARINI BAJARISH BO’YICHA
O’QUV QULLANMA
(Mexanika va molekulyar fizika)
Navoiy – 2019
Ushbu o’quv qullanma ta’lim to’g’risidagi Davlat ta’lim standartlariga asosan texnika oliy o’quv yurtlari talabalri uchun tuzilgan bo’lib, umumiy fizika kursi dasturi asosida tayyorlangan. Unda fizikaning “Mexanika va molekulyar fizika” bo’limlari bo’yicha bajariladigan tajriba ishlariga kerakli nazariy ma’lumotlar va ishlarni bajarish uchun o’quv qullanmalar bayon qilingan. Ushbu o’quv qullanmada 17 ta tajriba ishi o’rin olgan. O’quv qo’llanma so’ngida keltirilgan qator fizik kattaliklar, ularning o’lchamlari hamda jadvallarda moddalarga doir ma’lumotlarning mavjudligi talabalarga yanada qulaylik yaratadi.
O’quv qo’llanma Navoiy Davlat konchilik instituti o’quv-uslubiy Kengashining “ ” (5 sonli bayonnoma) dagi yig’ilishida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: “Umumiy fizika” kafedrasi mudiri
f.m.f.n.dotsent: Urunov I. O.
assistent: Juraqulov A.R.
Taqrizchilar: NDPI “Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti: B.F. Izbosarov
NDKI Energo- Mexanika fakulteti dekani
“Umumiy fizika” kafedrasi professori: S.J.Bozorova
KIRISH
Hozirgi zamon fan-texnikasining rivojlanishida fizika fanining ahamiyati kattadir.Shuning uchun texnika oliy o’quv yurtlarida yuqori malakali muhandislar tayyorlashda fizika fanini o’qitish o’ziga yarasha ahamiyat kasb etadi.
Umumiy fizika kursidan tajriba ishlari o’tkazishda quyidagi maqsadlar:
Bo’lajak muhandislarga asosiy fizikaviy qonunlarni va hodisalarni chuqurroq o’zlashtirishlariga yordamlashish;
Talabalarni ilmiy tekshirish ishlariga ijodiy yondoshish, eksperimental uslubni to’g’ri tanlay bilish, fizikaviy kattaliklar qiymatlarini o’lchash va ularni formulalar vositasida tekshirishga o’rgatish;
Zamonaviy va horijiy asbob uskunalar hamda fizikaviy o’lchash natijalarini matematik usullar yordamida ishlab chiqish uslublari bilan tanishtirish ko’zda tutilgan.
Oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlarini uch xil usul bilan tashkil qilish mumkin: frontal, laboratoriya ishlarini aralash bajarish va siklli.
Frontal usulda har bir talaba ma’ruzada o’tilgan mavzuga taalluqli muayyan bir ishni bajarish imkoniga ega bo’ladi. Ushbu usul darsni tashkil qilish va o’tkazishni dars davomida talabalarning faoliyatini boshqarib borishni yengillashtiradi. Frontal usul laboratoriyalarda bir xil qurilmalardan bir nechtasi bo’lishi lozim.
Tajriba mashg’ulotlarini aralash bajarish usulida har bir talabaga ma’ruza o’tilgan yoki o’tilmaganidan qat’iy nazar alohida-alohida tajriba ishlarini bajaradi. Bu ishlarning mazmuni ham, bajarish usuli ham turlicha.
Siklli usulda esa amalaiyotga kiritilgan tajriba ishlari, umumiy fizika kursining ma’lum bo’limlari asosida, yoki biron-bir kattalikning turli o’lchash usullarini birlashtirish yo’li bilan guruhlanib tashkil qilinadi. Bu usul tajriba va ma’ruza mashg’uloti mavzularini moslashtirish imkonini beradi. Tajiba ishlarining guruhlanishida effektiv variantlarni qo’llashga ko’maklashadi.
Ushbu o’quv qo’llanma tajriba ishlarining tavsifi quyidagi tartibda berilgan:
Ishning maqsadi;
Kerakli asbob va jihozlar;
Nazariy qism;
Ishni bajarish tartibi;
Nazorat savollari.
Bu esa talabalarga darslik va qo’llanmalarga murojaat qilmasdan ishni bajarishga tayyorlanish imkonini beradi.
Talaba mashg’ulotdan so’ng olingan natijalarni va xatoliklarni hisoblab chiqadi, xatolikni hisobga olgan holda natijani yozib qo’yadi.
Har bir bajarilgan tajriba ishi yuzasidan talaba hisobot, asbob-uskunalar bilan ishlash qoidalari, olingan natijalarning tahlili kabi masalalarni, shu bilan birga ishning tavsifi oxirida keltirilgan savollarga bergan javoblarini va topshiriqlarni qanday bajarganligini aks ettirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |