TAJRIBA ISHI № 1 METALL VA QOTISHMALARNING PLASTIK XOSSASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI KO‘RSATKICHLAR Ishning maqsadi: Tushuvchi qism og`irligi 150 kg bo`lgan pnevmatik – bolg`alanuvchi bolg’aning harakat prinsipi va tuzilishi xususiyatlarini o`rganish.
Topshiriq Tushuvchi qismni o`rganish.
Tushuvchi qism gabaritlarini o’rganish.
Pnevmatik bolg’alarni tuzilishi xususiyatlarini o`rganish.
Nazariy ma`lumotlar Tushuvchi qism og`irligi 150 kg bo`lgan pnevmatik – bolg`aluvchi bolg’aning harakat prinsipi va tuzilishi xususiyatlarini o`rganishda texnologik qo`llanilishi va asosiy parametrlari o’rganiladi.
Pnevmatik – bolg`aluvchi bolg`alarning texnologik qo`llanilishi va asosiy parametrlari.
Pnevmatik – bolg`aluvchi bolg`alar tekis va o`yma bolg`alarda bolg`alash jarayonilarini bajarish uchun mo`ljallangan universal jihoz hisoblanadi.
Pnevmatik – bolg`aluvchi bolg`alar zarb energiyasi 0,8 dan 28 kJ gacha (80-2800 kg) bo`lgan tushuvchi qism og`irligi 30-1000 kg li GOST 712-75 ga muvofiq chiqariladi va 0,3-20 kg gacha og`irlikdagi yengil pokovkalarni bolg`alashda qo`llaniladi.
Pnevmatik – bolg`aluvchi bolg`alarning tuzilishi xususiyatlari. Bolg`ani tuzilishi 1-rasmda keltirilgan.
Bolg`aning staninasi II ish va compressor silindrlari bilan birgalikda to`ldirilgan. Shabot 1 staninadan alohida va unga hech qanday aloqasi yo`q, baba 2 bir vaqtda ish silindri porshen shtogi bo`lib xizmat qiladi.
Kompressorli silindr porshenni 8 va shtoki 10 krivoship 13 ga shatun 12 bilan birlashgan, tishli 15 va tasmali 14 uzatmalar elektrodivegatel bilan birlashgan. Porshen 8, shtok 10 va kompressorli silindr 9 da silindrni yuqori va quyi bo`shliqlarini porshen 8 ning yuqori chetgi holatida va faqat porshen 8 ning yuqori bo`shlig`i quyi chetgi holatida atmosferali kompressorli silindr bilan birlashtirish uchun teshiklar qilingan.
Bolg`a ishini boshqarish uchun richaglar sistemasi dastasi 3 orqali boshqariladigan yuqori 7 va quyi 4 jumraklardan iborat havo taqsimlash mexanizmi mavjud. Staninaning yuqori qismida teskari klapan 6 joylashgan.
2-rasmda bolg`a staninasining A-A kesimi ko`rsatilgan. Yuqori (B-B va V-V kesim) va quyi jumraklar (G-G va D-D kesim) da kompressorli va ish silindrlari bo`shliqlarini birlashtirish uchun oyna qo`yilgan. Yuqori va quyi jumraklar orasida kameralar 1 va 3 ni birlashtiruvchi teskari klapan joylashgan, kamera 3 atmosfera jumragi 4 yordamida atmosfera bilan birlashgan bo`lishi kerak.