“Yapon modeli”da iqtisodiy munosabatlarda davlat yetakchi o’rinni egallaydi. 2-jahon urishida 8 mln.dan ziyod odam halok bo’lgan va jarohatlangan, 90 dan ortiq shahar, 80 dan ortiq sanoat korxonalari vayron bo’lgan. Davlat siyosiy madaniyatga ehtibor qaratdi. Iqtisodiyot xalqning ijtimoiy-tarixiy tajribasi, ruhiyati va mentaliteti bilan yo’g’rildi. Amerika ko’magiga tayandi. Fuqaro mehnatsevarlik, intizomlilik, jamoaviylik yapon milliy xarakteri rivojlantirildi. “Bor imkoniyatlaringni ishga sol!” g’oyasiga amal qilindi. “Ahloq tarbiya” tizimiga asoslangan: 1) xarakterni shakllantirish; 2) “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat»; 3) “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash”ga yo’naltirildi.
“SHved modeli” da iqtisodiyot ijtimoiy sohaga yo’naltirilganligidir....
Erxard (nemis) modelida XX asr 1949-50 yillarda 2 ta islohot o’tkazilgan:
1) Pul (marka) islohati, bir kechada marka singan, kuygan, faqat banklarda ko’p miqdorda markasi borlarning 40 markasigina qoldirilgan. 2) Narx- navo islohotiga ko’ra “ochiq eshiklar” siyosati olib borilib, do’konlardagi narx- navo oshib ketgan. CHet el korxonalari bilan birga qo’shma korxonalar barpo etilib, xorijiy sarmoyalar iqtisodiyotga jalb qilingan. O’tish davrida AQSHning “Marshal shartnomasi”ga tayanib, G’arb davlatlariga ajratilgan 50 milliard dollardan qisman foydalanilgan. Erxard modeli o’zida AQSH, Angliya, Shvetsiya kabi rivojlangan mamlakatlar taraqqiyot modellarining ijobiy tomonlarini o’zida umumlashtirgan. Chetga sanoat, nooziq ovqat mahsulotlarini eksport qilish 1950- 1992 yillar davrida 27 foizdan 92 foizgacha chiqarilgan. Shu davrda oziq-ovqat mahsulotlari aholi ehtiyojiga sarflanib, 75-80 foizdan 27 foizgacha kamaytirilgan. Bugungi kunda Germaniya aholisi 85 mln.ga yaqin. 1990 yilda Sharq iy Germaniya (GDR) unga qo’shildi, ikkita GFR va GDR o’rtasidagi devor olib tashlandi. 1992 yilga kelib, Germaniya Potstam konferentsiyasi (1945) shartlarini bajarib, sobiq SSSR va AQSHga katta miqdorda tovon to’ladi. 1994-95 yillarda 3 mingga yaqin yaxudiylarning har biriga ham 3,5 ming markadan tovon puli to’ladi.
Turk modeli aynan Erxard modelining andozasi bo’lib, nemislardan o’zlashtirilgan. Faqat bunda Turkiya mamlakatda yengil sanoat rivojlanishiga keng ehtibor berilgan. Pul va narx-navo islohotlari olib borilgan. Bugungi kunda Turkiya o’rta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.
“Xitoy modeli” da Xitoy islohotlarining “otasi” Den-Syaopin rahbarligida “Uch qadam” strategiyasi, bozor iqtisodiyotining milliy kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bunga ko’ra:
1982-1989-yillarda asosiy iqtisodiy ko’rsatkich, mamlakatning YalM 2 marta o’stirish ko’zlandi.
1990-1999 yillarda amalga oshirilib, 4 marta ko’paytirish belgilandi.
2000-2050 yillargacha belgilanib, aholi jon boshiga YalM 4 ming dollarga yetkazish ko’zda tutildi.
Den Syapin siyosat sohasida oqilona yo’l tutdi. U “moddiy inqilob” oqibatlarini tugatdi. U Xitoy Kompartiyasi dusturidan “3-jahon urushining muqarrarligi va zarurligi” qoidasini olib tashladi. Yadro qurolini birinchi bo’lib ishlatmaslik majburiyatini oldi. U “Bir davlat va ikki siyosiy tuzum” dasturining asoschisi. Bir vaqtlar inglizlar bosib olgan Gonkongning Xitoyga qayta qo’shilishi muammosini yechib ketdi. 1997 yil 1 iyulida qo’shildi. Gonkong Buyuk Britaniyaning Osiyodagi mustamlakasi edi.
Xitoy davlati bozor iqtisodiyoti milliy kontseptsiyasiga ko’ra: 1) mamlakat iqtisodiyotining liberallashuvi; 2) xususiylashtirish jarayoni; 3) turli mulk shakllarining paydo bo’lishi; 4) xorijiy sarmoyalarning kirib kelishi yo’lga qo’yildi. Den Syapon: «mamlakat iqtisodiyotini isloh etishdan ko’zlangan maqsad
sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimini shakllantirishdir» degan edi . Xitoy aholisi 1 300 mln. kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |