Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


  Zax  xonalar  deb  shunday  xonalarga  aytiladiki,  ularda  havoning  nisbiy  namligi  davomli  ravishda 75%dan oshadi.  1.1.9



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

1.1.8.  Zax  xonalar  deb  shunday  xonalarga  aytiladiki,  ularda  havoning  nisbiy 
namligi  davomli  ravishda 75%dan oshadi. 
1.1.9.  O‗ta  zax  xonalar  deb  shunday  xonalarga  aytiladiki,  ularda  havoning 
nisbiy  namligi  100%  ga  yaqin  (ship,  devorlar,  pol  va  xonada  joylashgan  narsalar 
namlik  bilan  qoplangan). 
1.1.10.  Issiq  xonalar  deb  shunday  xonalarga  aytiladiki,  ularda  har  xil  issiqlik 
nurlanishi  ta‘siridan  doimiy  ravishda  yoki  vaqti-vaqti  bilan  (bir  sutkadan  ortiq) 
harorat  +35
0
S  dan  yuqori  bo‗ladi  (masalan,  quritgichlar,  quritadigan  va  pishiradigan 
pechlar joylashgan  xonalar,  qozonxonalar va hokazo). 
1.1.11.  CHang  xonalar  deb  shunday  xonalarga  aytiladiki,  ularda  ishlab 
chiqarish  sharoitlarida  texnologik  chang  shunday  miqdorda  ajraladiki,  u  simlarda 
o‗tirib qolishi,  mashina, apparatlar va hokazolar ichiga  kirib  qolishi  mumkin. 
CHangli xonalar changi tok o‗tkazuvchi xonalar va changi tok o‗tkazmaydigan 
xonalarga bo‗linadi. 
1.1.12.  Kimyoviy  aktiv  yoki  organik  muhitli  xonalar  deb  shunday  xonalarga 
aytiladiki.  Ularda  doimiy  ravishda  yoki  uzoq  vaqt  davomida  agressiv  parlar,  gazlar, 
suyuqliklar  bor  bo‗ladi,  elektr  jihozlarining  izolyasiyasini  va  tok  o‗tkazadigan 
qismlarini  emiruvchi  qatlamlar  va po‗panak (mog‗or) hosil bo‗ladi. 
1.1.13.  Xonalar  odamlarni  elektr  tokidan  shikastlanish  xavfi  bo‗yicha 
quyidagicha  farq qiladi: 


 
86 
1. YUqori xavfga ega bo‗lmagan xonalar, ularda yuqori yoki o‗ta yuqori xavf 
yaratadigan  sharoitlar  (2 va 3 nimbandlarga  qaralsin)  bo‗lmaydi. 
2.  YUqori  xavfli  xonalar,  ular  yuqori  xavf  yaratadigan  quyidagi  sharoitlardan 
biri  mavjudligi  bilan  belgilanadi: 
a) namlik  yoki tok o‗tkazuvchi chang (1.1.8. va 1.1.11. ga qaralsin); 
b)  tok  o‗tkazuvchi  pollar  (metall,  tuproq,  temirbeton,  g‗isht  va  h.k.  dan 
qilingan); 
v) yuqori harorat (1.1.10. ga qaralsin); 
g)  odamning  bir  vaqtning  o‗zida  erga  ulangan  binoning  metall 
konstruksiyasiga,  texnologik  apparatlarga,  mexanizmlarga  va  h.k.ga  va  elektr 
jihozlarning  metall  korpusiga tegib ketish imkoniyatlari  bo‗lganda. 
3.  O‗ta  xavfli  xonalar, ular o‗ta yuqori xavf yaratadigan quyidagi sharoitlardan 
bittasi mavjudligi  bilan  belgilanadi: 
a) o‗ta zaxlik  (1.1.9. ga qaralsin); 
b) kimyoviy  aktiv  yoki organik  muhit  (1.1.12 ga qaralsin); 
v)  bir  vaqtda  ikki  yoki  undan  ko‗p  yuqori  xavf  sharoitlari  (nimband  2  ga 
qaralsin). 
Uta  xvfli  xonalarni  loyixalash,  kurish  va  ekspluatatsiya  qilish  uchun  urnatilgan 
tartib  bo‗yicha  litsenziyaga  ega  bulish  talab  etiladi  (O‗zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  maxkamasining  28.06.02 dagi 236 sonli karoriga  asosan).  
4.  Tashqi  elektr  uskunalari  o‗rnatilish  maydonlari.  Odamlarni  elektr  tokidan 
shikastlanish  xavfi  bo‗yicha bu maydonlar o‗ta xavfli  xonalarga  tenglashtiriladi. 
1.1.14.  Moy  to‗ldirilgan  apparatlar  deb  shunday  apparatlarga  aytiladiki, 
ularning  ayrim  elementlari  va  hamma  normal  holatda  uchqun  beruvchi  qismlari  yoki 
orasida  yoy  hosil  bo‗luvchi  qismlari  shu  qadar  moyga  botirilganki,  ushbu  qismlar va 
atrof-muhit  bilan  aloqa imkonlari  istisno qilingan. 
1.1.15.  Parametrni  nominal  qiymati  (nominal  parametrlar)  deb  uskunani 
ishlatish  va  sinash jarayonida ushbu qiymatdan ochishlarni hisoblash uchun asos qilib 
olingan  va  elektrotexnik  uskunani  ishlab  chiqaruvchi  korxona  tomonidan  ko‗rsatilgan 
parametr qiymatiga  aytiladi. 
1.1.16.  Malakali  xizmat  ko‗rsatuvchi  xodim  deb,  ushbu  ish  lavozim  uchun 
majburiy  hajmdagi  bilimlar  tekshiruvchida  o‗tgan  va  elektr  uskunalarini  ishlatishdagi 
xavfsizlik  texnikasi  Qoidalarida  ko‗zda  tutilgan  xavsizlik  texnikasi  bo‗yicha 
malakaviy  guruhga  ega, maxsus tayyorlangan  shaxslarga  aytiladi. 
1.1.17.  EUTQ  talablarining  bajarilish  majburiyligini  belgilash  uchun  «kerak», 
«shart»,  «lozim»,  «zarur»  so‗zlari  va  bulardan  kelib  chiquvchi  so‗zlar  qo‗llaniladi. 
«Qoidadek»  so‗zi  ushbu  talab  ustunligini  va  undan  chekinish  asoslangan  bo‗ lishi 
kerakligini  bildiradi.  «Ruxsat  etiladi»  so‗zlari  ushbu  qaror  majburiy  (qisib  qo‗yilgan 
sharoitlar,  zarur  jihozlar,  materiallar  bo‗yicha  cheklangan  imkoniyatlar  va  h.k.lar 
tufayli),  istisno  sifatida  qo‗llanilish  ma‘nosini  beradi.  «Tavsiya  etiladi»  so‗ zi  ushbu 
qarorning eng ma‘qullaridan  biri,  lekin  zarur emasligi  ma‘nosini beradi. 
1.1.18.  Kattaliklarni  EUTQ  da  qabul  qilingan  norma  qiymatlaridan  «kichik 
emas»  ko‗rsatmasi  eng  kichigi  bo‗ladi  va  «katta  emas»  ko‗rsatmasi  eng  kattasi 
bo‗ladi.  Ratsional  o‗lchamlar  va  normalar  tanlanganda  ekspluatatsiya  va  montaj 


 
87 
tajribasini,  elektr  xavfsizlik  va  yong‗inga  qarshi  xavfsizlik  talablarini  hisobga  olish 
zarur. 
 
Qoidalarda  keltirilgan  «-dan»  va  «-gacha»  bo‗lgan  qiymatlarni  «ichiga 
olgan» qiymatlar  ma‘nosida tushunish kerak. 
 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish