Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


ELEKTR USKUNALARINING TUZILISHI BO‗YICHA



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/379
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#284777
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   379
Bog'liq
MAJMUA HQ 2018й

ELEKTR USKUNALARINING TUZILISHI BO‗YICHA 
UMUMIY KO‗RSATMALAR. 
 
1.1.19. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
«Xizmatlarni 
sertifikatsiyalash», 
«Standartlashtirish  xaqida»gi  qonunlariga  asosan(Oliy  majlisning  28.12.93.dagi 
1003-XII,  1006-XII  sonli  karorlari),  O‗zR  vazirlar  maxkamasining  12.08.94.  dagi 
409  sonli  karori  elektr  uskunalarda  qo‗llaniladigan  elektr  jihozlar  va  materiallar 
sertifikatsiyalangan,  o‗rnatilgan  tartib  bo‗yicha  tasdiqlangan  texnik  shartlarga 
muvofiq bo‗lishi kerak. 
1.1.20.  Qo‗llaniladigan  mashinalar,  apparatlar,  asboblar,  boshqa  shuningdek, 
elektr  jihozlar  kabel  va  simlarining  konstruksiyasi  bajarilishi,  o‗rnatilish  usuli  va 
izolyasiya  darajasi  tarmoq  va  elektr  uskunasini  parametrlariga,  atrof-muhit 
sharoitlariga  va EUTQ tegishli  boblarining  talablariga  muvofiq bo‗lishi kerak. 
1.1.21.  Elektr  uskunalarida  qo‗llaniladigan  elektr  jihozlar,  kabellar  va  simlar 
o‗zlarini  me‘yoriy,  kafolatlangan  va  hisoblangan  tavsiflari  bo‗yicha  ushbu  elektr 
uskunasining  sharoitlariga  muvofiq bo‗lishi kerak. 
1.1.22.  Elektr  uskunalari  va  ular  bilan  bog‗liq  konstruksiyalari  atrof-muhit 
ta‘siriga  nisbatan chidamli  yoki shu ta‘sirdan himoya qilingan  bo‗lishlari  kerak. 
1.1.23.  Elektr  uskunalarini  qurilish  va  sanitar-texnik  qismlari  (bino  va  uning 
elementlarining  konstruksiyalari,  isitish,  ventilyasiya,  suv  ta‘minoti  va  h.k.)  EUTQda 
keltirilgan  qo‗shimcha  talablarni  majburiy  bajarilishi  bilan  birga  O‗zbekiston 
Respublikasi  arxitektura  va  ko‗rilish  davlat  kumitasining  amaldagi  ko‗rilish 
me‘yorlari  va qoidalariga  muvofiq holda bajarilishi  lozim. 
1.1.24.  Elektr  usunalari  atrof-muhitni  ifloslantirish,  shovqin,  vibratsiya  va 
elektr  maydonlarini  zararli  va  halaqit  beruvchi  ta‘sirini  ta‘qiqlash  haqidagi  amaldagi 
direktiv  hujjatlar  «O‗zbekiston  Respublikasida  radio  aloqasidan  foydalanish 
qoidalari»,  «Elektr  uskunalarida  qo‗llaniladigan  ximoyalash  jixozlarini  ishlatish  va 
tekshirish  qoidalari»  talablarini  qondirishlari  zarur. 
1.1.25.  Elektr  uskunalarida  chiqindilarni,  ya‘ni  kimyoviy  moddalar,  moylar, 
ahlatlar,  texnik  suvlar  va  h.k.larni  yig‗ib  olish  va  chiqarib  tashlash  ko‗zda  tutilgan 
bo‗lishi  lozim.  Atrof-muhitni  himoyasi  bo‗yicha  amaldagi  talablarga  ko‗ra  ko‗rsatib 
o‗tilgan  chiqindilar  hovuzlarga,  jala  suvlarini  yig‗ish  tizimlariga,  soylarga,  hamda 
ushbu  chiqindilar  uchun  mo‗ljallangan  hududlarga  tushib  qolish  imkoniyati  istisno 
qilinishi  kerak. 
1.1.26.  Elektr  uskunalarining  loyihalash  va  sxemalarini  tanlash,  o‗zaro 
joylashishini  konstruksiyalash  texnik-iqtisodiy  taqqoslashlar,  sodda  va  ishonchli 
sxemalarni  qo‗llash,  eng  yangi  texnikani  joriy  qilish  asosida  va  ekspluatatsiya 
tajribasini  rangli  metall  va  boshqa  noyob  materiallar,  jihozlar  va  h.k.ning  eng  kam 
sarfini  hisobga olgan holda bajarilishi  shart. 


 
88 
1.1.27.  Elektr  korroziya  yoki  er  osti  korroziya  paydo  bo‗lish  xavfi tug‗ilganda 
inshootlar,  jihozlar,  quvur  yo‗llar  va  boshqa  er  osti  bog‗lanish  yo‗llarini  himoyasi 
bo‗yicha tegishli  choralar ko‗rilgan  bo‗lishi lozim. 
1.1.28.  Elektr  uskunalarida  ularni  ayrim  elementlarga  tegishli  qismlarini  oson 
bilib  olish  imkoniyati  ta‘minlanishi  kerak  (sxemalarning  soddaligi  va  aniqligi,  elektr 
jihozlarni  muvofiq joylashtirilishi,  ustki yozuvlar,  belgilashlar,  rangli  ajratish). 
1.1.29.  Har  bir  elektr  uskunasida  bir  nomli  shinalarning  harf-raqamli  va  rangli 
belgilari  bir xil  bo‗lishi kerak. 
SHinalar  quyidagidek  belgilanishi  kerak: 
1)  o‗zgaruvchan  uch  fazali  tok  uchun:  A  fazali  shinalari  –  sariq  rang  bilan,  V 
fazasi  –  yashil,  S  fazasi  –  qizil,  N  ishchi  nol  faza  shinasi  –  zangori  rang  bilan  va 
xuddi  shu  shinani  o‗zi  himoya  nol  fazasi  sifatida  foydalanilganda  –  uzunasiga  sariq 
va yashil  yo‗l-yo‗l chiziqlar  bilan; 
2)  o‗zgaruvchan  bir  fazali  tok  uchun:  energiya  manbasi  chulg‗amning  boshiga 
ulangan  A fazasi – sariq rang bilan  va oxiriga  ulangan  V fazasi  – qizil  rang bilan. 
Agar  bir  fazali  tok  shinalarining  shahobchasi  bo‗lsa,  ular  tegishli  uch  fazali tok 
shinalaridek  belgilanadi; 
3)  o‗zgarmas  tok  uchun:  musbat  shina  (+) – qizil rang bilan. manfiy (-) – ko‗k 
va M ishchi nol – zangori rang bilan; 
4)  zahira  shinasi  –  zahiralangan  asosiy  shinadek;  agar  zahira  shinasi  asosiy 
shinalardan  istalganini  almashtirish  mumkin  bo‗lsa,  u  asosiy  shinalar  rangida 
ko‗ndalang chiziqlar  bilan  belgilanadi.   
Agar  rangli  belgilash  shinalarni  tezkor  sovutish  yoki  korroziyaga  qarshi 
himoya  uchun  ko‗zda  tutilgan  bo‗lganda  ham,  uni  butun  uzunlik  bo‗yicha  bajarish 
kerak. 
Rangli  belgilash  shinalarining  butun  uzunligi  bo‗yicha  bo‗lmasligi,  faqat 
ulanish  joylarida,  ular  faqat  harf-raqamli  belgilanganida  yoki  rangli  va  harf-raqamli 
belgilar  qo‗shib  olib  borilganida  ruxsat  etiladi;  agar  izolyasiya  qilinmagan  shinalarni 
kuchlanish  ostida  ko‗rikdan  o‗tkazish  mumkin  bo‗lmaganida  ularni  belgilamaslik  joiz 
hisoblanadi.  Bunda  elektr  uskunaga  xizmat  ko‗rsatishdagi  xavfsizlik  va  yaqqollik 
darajasi  pasaymasligi  kerak. 
1.1.30.  SHinalarni  taqsimlash  qurilmalarida  (zavodda  ishlab  chiqarilgan 
komplekt  taqsimlash  qurilmalaridan  tashqari)  joylashtirishda  quyidagi  shartlarga 
rioya qilish  lozim: 
1.  Uch  fazali  o‗zgaruvchan  tokli  yopiq  taqsimlovchi  qurilmalarda  shinalar 
joylashishi: 
a)  yig‗ma  va  aylanma  shinalar,  shuningdek  seksiya  shinalarini  hamma  turlari 
vertikal  joylashganda  A  –  V  –  S  ko‗rinishda  yuqoridan  pastga,  gorizontal,  qiya  yoki 
uchburchak  ko‗rinishda  joylashganda  eng  uzoqdagi  shina  A,  o‗rtadagi  V,  xizmat 
yo‗lkasiga yaqini  S; 
b)  yig‗ma  shinalardan  ajralgan  shahobchalar,  shinalarga  xizmat  yo‗lagidan 
qaraganda (yo‗laklar uchta bo‗lsa – markazdagi) – chapdan o‗ngga A – V – S bo‗lishi 
kerak. 
2.  Uch  fazali  o‗zgaruvchan  tokli  ochiq  taqsimlash  qurilmalarida  shinalar 
joylashishi  quyidagicha  bo‗lishi kerak: 


 
89 
a)  yig‗ma  va  aylanma  shinalar,  shuningdek  seksiya  shinalarini  himoya  turlari, 
shuntlovchi  ulagichlar  va  halqasimon,  bir  yarim  halqali  va  h.k.  sxemalardagi 
ulagichlar  bosh  transformatorlar  tarafidan  yuqori  kuchlanishda  A  shinasiga  ega 
bo‗lishi kerak; 
b)  yig‗ma  shinalardan  aralgan  shoxobchalar  ochiq  taqsimlovchi  qurilmalarda 
shunday  bajarilishi  kerakki,  ulaydigan  shinalarning  joylashishi  shinalar  tarafidan 
transformatorga qaraganda chapdan o‗ngga A – V – S ko‗rinishda bo‗lsin. 
SHahobchalar  shinalarining  xonalarda  joylashishi  ularning  yig‗ma  shinalarga 
nisbatan joylashishidan  qat‘iy nazar bir xil  bo‗lishi kerak. 
3. O‗zgarmas tokda shinalar joylashishi: 
a) yig‗ma  shinalar  vertikal  joylashganda:  yuqorida M, o‗rtada (-), pastda (+); 
b)  gorizontal  joylashgan  yig‗ma  shinalarda  ularga  xizmat  yo‗lkasidan 
qaraganda eng uzoqda M, o‗rtada (-), eng yaqinda (+); 
v)  yig‗ma  shinalardan  ajralgan  shoxobchalar  shinalarga  xizmat  yo‗lkasidan 
qaraganda:  chap shina M, o‗rtadagi (-), o‗ngdagi (+) bo‗lishi kerak. 
Ayrim  hollarda  1-3  nimbandlarda  keltirilgan  talablardan  chetga  chiqish  ruxsat 
etiladi,  agar  ularni  bajarish  elektr  uskunani  ancha  murakkablashtirsa  (masalan,  havo 
liniya  sxemalarining  transformatsiyalash  uchun  podstansiya  yaqinida  maxsus 
tayanchlar  o‗rnatish  zarur  bo‗lganda),  yoki  podstansiyada  ikki  va  undan  ko‗p 
transformatsiyalash  bosqichlari qo‗llanilishi  zarur bo‗lganida. 
1.1.31. 
Elektr 
uskunalari 
ta‘siridan 
himoya 
uchun 
O‗zbekiston 
Respublikasining  «Industrial  radio  shovqinlarining  joiz  normalari»,  «O‗zbekiston 
Respublikasida 
radioaloqadan 
foydalanish 
qoidalari», 
«Televideniya 
va 
radioeshittirish 
dasturlarini 
qabul 
qilish 
radioaloqa 
vositalari 
yordamida 
radioshovqinni  yo‗qotish  uchun  arizalar  qabul  qilish  va  ko‗rish  tartibi  haqida» 
yo‗riqnoma,  hamda  «Simli  aloqa,  temir  yo‗l  signalizatsiya  va  telemexanika 
uskunalarini  elektr  uzatuv  liniyalarining  xavfli  va  halaqit  beruvchi  ta‘siridan  himoya 
qoidalari»ga  muvofiq choralar nazarda tutilishi  kerak. 
1.1.32.  Xizmat  ko‗rsatuvchi  xodimlar  va  begona  shaxslarning  xavfsizligi 
quyidagi  yo‗llar bilan  ta‘minlanishi  kerak: 
-  kerakli  va ayrim  hollarda  kuchaytirilgan  izolyasiyani  qo‗llash; 
-  qo‗sh izolyasiyani  qo‗llash; 
-  tok  o‗tkazadigan  qismlargacha  bo‗lgan  kerakli  masofalarga  amal  qilish  yoki 
tok o‗tkazadigan qismlarni  berkitish,  atrofini  to‗sish; 
-  noto‗g‗ri  operatsiyalar  va  tok  o‗tkazadigan  qismlargacha  kira  olmaslik 
uchun  apparatlarni  muxosara  qilish  va  atrofini  o‗rovchi  qurilmalarni 
ishlatish; 
-  tasodifan  kuchlanish  ostida  qolgan  elektr  jihozlar  qismlarini  va  elektr 
tarmoqlarning  shikastlangan  qismlarini  ishonchli  va  tezkor  avtomatik  uzib 
qo‗yish va shu jumladan, tezkor himoyaviy  uzishni  ishlatish; 
-  izolyasiya  shikastlanishi  tufayli  kuchlanish  ostida  qolishi  mumkin  bo‗lgan 
elektr  jihozlar  qobiqlari  va  elektr  uskunalar  elementlarini  zaminlash  yoki 
pollash; 
-  potensiallarni  tenglashtirish; 
-  ajratuvchi  transformatorlarni  qo‗llash; 


 
90 
-  kuchlanishi  42  V  bo‗lgan  va  undan  past  bo‗lgan  50  Gs  chastotali 
o‗zgaruvchan  tokni  va  kuchlanishi  110  V  va  undan past bo‗lgan o‗zgarmas 
tokni qo‗llash; 
-  ogohlantiruvchi  signalizatsiya,  yozuvlar  va plakatlar  qo‗llash; 
-  elektr  maydonlari  kuchlanganligini  pasaytiruvchi  moslamalar  qo‗llash; 
-  himoya 
vositalari 
va 
moslamalarni 
ishlatish, 
shuningdek,  ulardan 
kuchlanganligi  ruxsat  etilgan  me‘yorlardan  ortiq  bo‗lgan  elektr  uskunalarida 
elektr  maydonining  ta‘siridan  himoyalanishda  foydalanish. 
1.1.33.  Uskunalari  1000  Vgacha bo‗lgan elektr xonalarda izolyasiya qilinmagan 
va  tegib  ketishdan  himoyalanmagan  izolyasiya  qilingan  tok  o‗tkazuvchi  qismlarni 
ishlatishga,  agar  bunday  himoya  mahalliy  sharoitlarga  ko‗ra  qandaydir  boshqa 
maqsadlar  uchun  (masalan,  mexanik  ta‘sirlardan himoya qilish uchun) zarur bo‗lmasa 
ruxsat  etiladi.  Bunda  tegib  ketishi  mumkin  bo‗lgan  qismlar  shunday  joylashtirilishi 
kerakki,  normal  ravishda  xizmat  ko‗rsatish  jarayoni  ularga  tegib  ketish  xavfi  bilan 
bog‗langan bo‗lmasin. 
1.1.34.  YAshash,  jamoat  va  shunga  o‗xshash  joylarda  tok  o‗tkazadigan 
qismlarni  o‗rash  va  yopish  uchun  xizmat  qiladigan  uskunalar  yaxlit  bo‗lishi  kerak; 
ishlab  chiqarish  xonalarida  va  elektr  xonalarida  shu  uskunalarning  yaxlit,  to‗rli  yoki 
teshikli  bo‗lishiga ruxsat etiladi. 
Ajratib  qo‗yuvchi  va  yopib  qo‗yuvchi  uskunalar  shunday  bajarilishi  kerakki, 
ularni  olib  qo‗yish  yoki  ochish  faqatgina  kalitlar  yoki  asboblar  yordamida  mumkin 
bo‗lsin. 
1.1.35.  Hamma  o‗rash  va  yopish  uskunalari  mahalliy  sharoitlarga  muvofiq 
etarli  mexanik  mustahkamlikka  ega  bo‗lishlari  kerak.  1kV  dan  yuqori  kuchlanishda 
metall  o‗rovchi  va  yopuvchi  uskunalarning  qalinligi  1  mm  dan  kam  bo‗lmasligi 
kerak.  Simlar  va  kabellarni  mexanik  shikastlardan  himoyalashga  mo‗ljallangan 
uskunalar  iloji  boricha mashinalar,  apparatlar va asboblar ichkarisiga  kiritilishi  kerak. 
1.1.36.  Xizmat  ko‗rsatuvchi  xodimlarni  elektr  tokidan shikastlanish, elektr yoyi 
ta‘siri  va  h.k.dan  himoyalash  uchun  barcha  elektr  uskunalari  himoyalash  vositalari 
bilan  ta‘minlangan  bo‗lishi  kerak.  SHuningdek,  DA  «O‗zdavenergonazorat»ning 
№374  29.11.2001  yilda  tasdiqlangan,  DAK  «O‗zbekenergo»,  O‗zRning  mehnat  va 
aholini  ijtimoiy  himoyalash  vazirligi,  kasaba  uyushma  federatsiyalari  bilan 
kelishilgan  «Elektr  uskunalarida  ishlatiladigan  himoya  vositalarini  ishlatish  va  sinash 
Qoidalari»ga  muvofiq  birinchi  yordam  berish  vositalari  bilan  ham  ta‘minlanishi 
kerak. 
1.1.37.  Moy  to‗latilgan  apparatlar  va  kabellar  va  hamda  moylar,  laklar, 
bitumlar  va  h.k.lar  bilan  bo‗lgan  va  singdirilgan  elektr  jihozlarga  ega  bo‗lgan  elektr 
uskunalarining  yong‗in  va  portlash  xavfsizligi  EUTQni  tegishli  boblarida  keltirilgan 
talablarni  bajarilishi  bilan  ta‘minlanadi.  Ushbu  ko‗rsatilgan  elektr  uskunalar 
ishlatishga  topshirilayotganda  amaldagi  nizomlarga  muvofiq  yong‗inga  qarshi 
vositalar  va asbob-uskunalar bilan  ta‘minlanishi  kerak. 
Elektr  jixozlar,  elektrn  uskunalar,  aloka  apparatlari  va  shunga  uxshash 
ko‗rilmalarning  zilzila  bardoshligi  seysmik  xavfli  xududlarda  kuyiladigan  talablarga 
javob berish kerak. 
  


 
91 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish