1.1.8. Zax xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda havoning nisbiy
namligi davomli ravishda 75%dan oshadi.
1.1.9. O‗ta zax xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda havoning
nisbiy namligi 100% ga yaqin (ship, devorlar, pol va xonada joylashgan narsalar
namlik bilan qoplangan).
1.1.10. Issiq xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda har xil issiqlik
nurlanishi ta‘siridan doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan (bir sutkadan ortiq)
harorat +35
0
S dan yuqori bo‗ladi (masalan, quritgichlar, quritadigan va pishiradigan
pechlar joylashgan xonalar, qozonxonalar va hokazo).
1.1.11. CHang xonalar deb shunday xonalarga aytiladiki, ularda ishlab
chiqarish sharoitlarida texnologik chang shunday miqdorda ajraladiki, u simlarda
o‗tirib qolishi, mashina, apparatlar va hokazolar ichiga kirib qolishi mumkin.
CHangli xonalar changi tok o‗tkazuvchi xonalar va changi tok o‗tkazmaydigan
xonalarga bo‗linadi.
1.1.12. Kimyoviy aktiv yoki organik muhitli xonalar deb shunday xonalarga
aytiladiki. Ularda doimiy ravishda yoki uzoq vaqt davomida agressiv parlar, gazlar,
suyuqliklar bor bo‗ladi, elektr jihozlarining izolyasiyasini va tok o‗tkazadigan
qismlarini emiruvchi qatlamlar va po‗panak (mog‗or) hosil bo‗ladi.
1.1.13. Xonalar odamlarni elektr tokidan shikastlanish xavfi bo‗yicha
quyidagicha farq qiladi:
86
1. YUqori xavfga ega bo‗lmagan xonalar, ularda yuqori yoki o‗ta yuqori xavf
yaratadigan sharoitlar (2 va 3 nimbandlarga qaralsin) bo‗lmaydi.
2. YUqori xavfli xonalar, ular yuqori xavf yaratadigan quyidagi sharoitlardan
biri mavjudligi bilan belgilanadi:
a) namlik yoki tok o‗tkazuvchi chang (1.1.8. va 1.1.11. ga qaralsin);
b) tok o‗tkazuvchi pollar (metall, tuproq, temirbeton, g‗isht va h.k. dan
qilingan);
v) yuqori harorat (1.1.10. ga qaralsin);
g) odamning bir vaqtning o‗zida erga ulangan binoning metall
konstruksiyasiga, texnologik apparatlarga, mexanizmlarga va h.k.ga va elektr
jihozlarning metall korpusiga tegib ketish imkoniyatlari bo‗lganda.
3. O‗ta xavfli xonalar, ular o‗ta yuqori xavf yaratadigan quyidagi sharoitlardan
bittasi mavjudligi bilan belgilanadi:
a) o‗ta zaxlik (1.1.9. ga qaralsin);
b) kimyoviy aktiv yoki organik muhit (1.1.12 ga qaralsin);
v) bir vaqtda ikki yoki undan ko‗p yuqori xavf sharoitlari (nimband 2 ga
qaralsin).
Uta xvfli xonalarni loyixalash, kurish va ekspluatatsiya qilish uchun urnatilgan
tartib bo‗yicha litsenziyaga ega bulish talab etiladi (O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar maxkamasining 28.06.02 dagi 236 sonli karoriga asosan).
4. Tashqi elektr uskunalari o‗rnatilish maydonlari. Odamlarni elektr tokidan
shikastlanish xavfi bo‗yicha bu maydonlar o‗ta xavfli xonalarga tenglashtiriladi.
1.1.14. Moy to‗ldirilgan apparatlar deb shunday apparatlarga aytiladiki,
ularning ayrim elementlari va hamma normal holatda uchqun beruvchi qismlari yoki
orasida yoy hosil bo‗luvchi qismlari shu qadar moyga botirilganki, ushbu qismlar va
atrof-muhit bilan aloqa imkonlari istisno qilingan.
1.1.15. Parametrni nominal qiymati (nominal parametrlar) deb uskunani
ishlatish va sinash jarayonida ushbu qiymatdan ochishlarni hisoblash uchun asos qilib
olingan va elektrotexnik uskunani ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‗rsatilgan
parametr qiymatiga aytiladi.
1.1.16. Malakali xizmat ko‗rsatuvchi xodim deb, ushbu ish lavozim uchun
majburiy hajmdagi bilimlar tekshiruvchida o‗tgan va elektr uskunalarini ishlatishdagi
xavfsizlik texnikasi Qoidalarida ko‗zda tutilgan xavsizlik texnikasi bo‗yicha
malakaviy guruhga ega, maxsus tayyorlangan shaxslarga aytiladi.
1.1.17. EUTQ talablarining bajarilish majburiyligini belgilash uchun «kerak»,
«shart», «lozim», «zarur» so‗zlari va bulardan kelib chiquvchi so‗zlar qo‗llaniladi.
«Qoidadek» so‗zi ushbu talab ustunligini va undan chekinish asoslangan bo‗ lishi
kerakligini bildiradi. «Ruxsat etiladi» so‗zlari ushbu qaror majburiy (qisib qo‗yilgan
sharoitlar, zarur jihozlar, materiallar bo‗yicha cheklangan imkoniyatlar va h.k.lar
tufayli), istisno sifatida qo‗llanilish ma‘nosini beradi. «Tavsiya etiladi» so‗ zi ushbu
qarorning eng ma‘qullaridan biri, lekin zarur emasligi ma‘nosini beradi.
1.1.18. Kattaliklarni EUTQ da qabul qilingan norma qiymatlaridan «kichik
emas» ko‗rsatmasi eng kichigi bo‗ladi va «katta emas» ko‗rsatmasi eng kattasi
bo‗ladi. Ratsional o‗lchamlar va normalar tanlanganda ekspluatatsiya va montaj
87
tajribasini, elektr xavfsizlik va yong‗inga qarshi xavfsizlik talablarini hisobga olish
zarur.
Qoidalarda keltirilgan «-dan» va «-gacha» bo‗lgan qiymatlarni «ichiga
olgan» qiymatlar ma‘nosida tushunish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |