Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni
shakllantirish vazifalari
Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Mafkuraviy munosabatlarning texnologik va intellektual asoslari.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.
SHo‘ro siyosiy mafkurasining rasmiy andozalaridan, uning shiorlari va ramzlaridan voz kechilishining ob’ektiv sabablari.“Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati.
Prezident Islom Karimov “Mafkuraviy maydon” tushunchasining shakllanish va namoyon bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida. Turli ko‘lam va manzaraga ega bo‘lgan mafkuraviy maydonlarda xilma- xil g‘oya va mafkuralar to‘qnashuvi, ziddiyati va o‘zaro hamkorligining aks etishi.
Mafkuraviy maydonni tashkil etuvchi omillar, vositalar va g‘oyaviy manbalar. Mafkuraviy maydonlardagi g‘oyaviy ta’sir va aks ta’sir jarayonlari, ularga xos xususiyatlarni aniqlash imkoniyatlari.
“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Mafkuraviy poligonlarning zahirasi, ta’sir ko‘rsatish usullari va vositalari. Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan xavflilik sabablari. Mafkuraviy poligonlarning g‘oyaviy xuruji va ularning asl maqsad-muddaolarini aniqlash usullari.
Mafkuraviy poligon va mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy jarayonlarning milliy taraqqiyotga ijobiy va salbiy ta’siri. O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni keskinlashtirishning g‘oyaviy maqsadlari.
Mafkuraviy jarayonlarning millat mentalitetiga, siyosiy ongiga diniy e’tiqodiga, ijtimoiy ruhiyatiga ma’naviy-madaniy saviyasiga ta’siri.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Bilim xalq ma’naviyatida mafkuraviy immunitetni shakllantirishning nazariy asosi. Bilimni amaliyotda qo‘llash malakalarini rivojlantirish vositalari. Individual ongda g‘oya va mafkuraga munosabatni shakllantirishda ijtimoiy muhitning roli va uning intellektual asoslari. Mafkuraviy immunitet va siyosiy madaniyat mutanosibligi.
Mafkuraviy immunitetda aql teranligi va xulq atvorning namoyon bo‘lishi.
Mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikning mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi o‘rni. Siyosiy hushyorlik va siyosiy madaniyat mafkuraviy immunitetning muhim omili. Tashqi siyosiy voqelikka nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari. O‘zbekiston xalqaro mavqeini mustahkamlashning mafkuraviy, ijtimoiy tarixiy ahamiyati va zaruriyati
Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari Jamiyat barqarorligini ta’minlashda iqtisodiy-siyosiy,ijtimoiy - ma’naviy omillarning mushtarakligi.
Milliy g‘oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojiga ta’siri. O‘zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari. O‘zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkurida milliy g‘oyaga sadoqatni shakllantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari. Mamlakatda millatlararo (totuvlik), hamkorlik, va dinlararo bag‘rikenglik, (tolerantlik) - ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti, uning siyosiy va qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlashda davlatning bosh islohotchilik roli. "O‘zbekiston – yagona vatan" g‘oyasi barqarorlikni ta’minlashning nazariy asosi.
O‘zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta’minlash vositasi. Madaniy muloqot ko‘p millatli aholi orasidagi barqarorlik omili.
Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.
O‘zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi roli. 2007 yilda “Toshkent - islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati.
Toshkent Islom universiteti va Toshkent Islom institutining aholi ongida dinga munosabatni shakllantirishdagi roli.
O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi va siyosiy mavqei mustahkamlanishida millatlararo va dinlararo tolerantlikni mustahkamlash tajribalarining demokratik xarakteri va xalqaro ahamiyati.
Mustaqillik va huquq, demokratiya va oshkoralik - milliy o‘z-o‘zini
anglash, axloqiy yangilanish, milliy ma’naviy tiklanishning asosi. “Bu muqaddas vatanda azizdir inson ”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan”g‘oyalarining ijtimoiy ma’naviy ahamiyati.
Dunyo mamlakatlarida yashovchi etnik birliklarning milliy o‘zligini anglashi uchun yaratilayotgan shart- sharoitlarning mafkuraviy ahamiyati.
Ba’zi mamlakatlarda millat va elatlar kamsitilishining oqibatlari.
Ayrim MDH davlatlarida siyosiy institutlar va liderlarga xalq ishonchi yo‘qolishining sabablari. Dunyo mamlakatalaridagi beqarorlik sabablari. Beqarorlik hukmron mamlakatlarda qochoqlarning ahvoli.
Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, milliy va diniy totuvlik g‘oyalarining ustuvor ahamiyati.
Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli
Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri.
Tafakkurga jamiyat, maktab, oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqa omillar ta’sirining o‘zaro nisbati. Milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni.
Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni. “O‘zbek modeli”-evolyusion taraqqiyot g‘oyasining gumanistik xarakteri.
Ijtimoiy ong va tafakkur yangilanishiga milliy taraqqiyot modelining ijobiy ta’siri.
Milliy g‘oya qonun ustivorligiga asoslangan demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy omili. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini modernizatsiyalashning g‘oyaviy asoslari. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha sohalardagi ma’naviy yangilanish va tafakkur o‘zgarishidagi o‘rni va ahamiyati.
Milliy g‘oya va ma’naviy hayot. Istiqlol yillarida ma’naviy tiklanish va yuksalish sohasidagi islohotlar jarayoni. Prezident IslomKarimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati. YUksak ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
Milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy yuksalishning strategik va taktik vazifalari. Prezident Islom Karimov asarlari – milliy ma’naviy taraqqiyot g‘oyasining konseptual asosi va ularning ahamiyati.
Mafkuraviy munosabatlarda milliy va umuminsoniy manfaatlar birligini ta’minlash imkoniyatlari.
Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta’siri.
Milliy g‘oya- ma’naviy yangilanishning nazariy va amaliy asosi. Barkamol avlod tarbiyasida mafkuraning ta’sirchanlik rolini oshirish vazifalari.
Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi.
Dunyoning elitar mafkuraviy tizimi. G‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlariga kompleks-sistemali yondashish tamoyillari.
“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari. “Mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy tarbiya” va “mafkuraviy profilaktika” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi. “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida ma’naviy tarbiya, ezgu g‘oyalarga ishonch va sadoqatni tarbiyalash masalalari. Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning sub’ekti va ob’ekti. Mafkuraviy tarbiyaning yo‘nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. G‘oya va mafkuralar sohasidagi plyuralizm va tolerantlikni tarbiyalash. Ijtimoiy sub’ektlar, turli qatlamlar, partiyalararo munosabatlar uyg‘unligini saqlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati.
Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari.
Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishning yangi pedagogik-didaktik texnologiyasini takomillashtirish vazifalari. Ta’lim-tarbiya tizimida adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy- madaniy va ma’rifiy muassasalar faoliyatlarini muvofiqlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual, jamoaviy mafkuraviy funksiyalari. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati.
G‘oya haqidagi tasavvurlarning intellektual faollik darajalari, unda siyosiy voqelikning mantiqiy izchil va asosli manzarasini yaratish mo‘ljallari. Siyosiy xayol, siyosiy tasavvurlarni qayta ishlash va ijodiy o‘zgartirish yo‘llari.
Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib-tashviq qilishda mutaxassislar roli va mas’uliyati. Milliy g‘oyani ommaga transformatsiya qilishda kadrlar korpusini shakllantirishning zaruriyati.
Kadrlarning salohiyatini oshirishda "O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” da belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |