2. An’anaviy qadriyatlarni saralashning ikkinchi davri Islom dinining tarqalishi bilan bog’liq. Har qanday g’oyalar tizimi o’z davri jamiyatining ijtimoiy talablari asosida vujudga kelib ijtimoiy taraq-qiyotning keyingi davr ijtimoiy muhit talablariga javob berolmay qolishi bu hech mubolag’asiz ijtimoiy qonuniyatdir. Insoniyatga va uning keyingi taraqqiyotini yangi-yangi mezonlar bilan ta’minlagan yozma yodgorligidagi zalvorli g’oyalar jamiyatning to’laqonli keyingi taraqqiyoti uchun yagona mezon bo’la olmay qoldi.
Islom dini SHarq ma’naviyatining keyingi takomillashuvi uchun o’ta qat’iy belgilangan talablar va uning muvaffaqiyatli yechimi uchun yangi-yangi mezonlari bilan dunyo sahnasiga ko’tarildi. Bu davrga kelib, mavjud ijtimoiy tizimning o’zgarishi bilan bog’liq holda o’tmish an’anaviy qadriyatlariga yangicha mezonlar orqali baho berish va saralash davri boshlandi. Masalan, Otashparastlikdagi o’lgan murdaning suyagini etidan tozalash jarayoni bilan bog’liq dahshatli manzaralar, nikoh, oila va mulkiy vorislik va boshqa ko’plagan jihatlar bilan bog’liq an’analarni qayta ko’rib chiqish tarixiy ehtiyojga aylangan edi. Huddi ana shu va shunga o’xshash tarixiy ehtiyojlarni qoniqtira oladigan mafkura bo’lib Islom g’oyalari tarix sahnasiga ko’tarildi.
SHarq xalqlari tafakkuri Islom g’oyalari tomonidan egallanishi dunyoni anglashning alohida jarayonini vujudga keltirdi. Islom ideallari va kategoriyalari hamda ularning mazmuni diniy xarakterga ega bo’lib, o’zidan oldingi diniy-mifologik qarashlarga nisbatan ham o’ta g’ayri tabiiyligi hamda bir tomonlamaligi bilan ajralib turadi. O’zida mintaqaviy va jahon dinlari tajribasini o’zlashtirib olgan bu din jamiyatning barcha tomonlari va musulmonlarning ichki dunyosini ham egallab olib, ularga o’z e’tiqod talablarini tiqishtirar edi.
Musulmonlar uchun islom ideallari asosida yaratilgan obrazlar orqali dunyoni idrok etishdan boshqa har qanday o’zgacha qarashlarga yon bermasligi bilan ham bu din farqlanadi. Islom rivojlangan o’rta asr jamiyatlarining talablariga moslashgan va har qanday muammolarning yechimini topa olgan g’oyalar tizimi bo’lib qaror topdi. Lekin Islom ideallari va mezonlari yangi davr jamiyatlarining talablariga javob berolmay qoldi. CHunki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi harakatlan-tiruvchi kuchlar o’zgardi.
YAngicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topa bosh-ladi. Bunday sharoitlarda o’rta asrchilikka mos qoliplar, an’anaviy andozalarni yangi sharoitga moslab o’zgartirishning uddasidan chiqishning o’zi bo’lmas edi. Bunday moslashish asrlar mobaynida haqiqatning yagona manbasi deb ishontirilib kelingan mezonlarning o’zgarishi islomiy tasavvurlar tizimini tutib turgan asoslarning to’g’riligiga shubha uyg’otar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |