1. «An’anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki ming yillikning so’nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to’g’ri keladi. Bu davr jamiyat barcha tomonlarining o’sishi va o’zgarishiga asos bo’lgan yangicha ijtimoiy munosabat, mezonlarning qaror topishi bilan bog’liq. Bu davr ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarga mos keladigan, an’anaviy qadriyatlar mezoni hisoblangan «Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog’liq. Bu davrda nisbatan tor doiradagi hududlar, urug’ va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o’rniga keng doiradagi hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo’lib, ibtidoiy ko’p xudolik (poleteistik) tasavvurlar o’rniga yakka xudolik (monoteistik) tasavvurlarning qaror topa boshlaganligini ko’ramiz. Mazkur jarayonning ilk bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda istiqomat qiluv-chi urug’ va qabilalarning umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning yaratilishiga kuchli ehtiyoj sezilgan.
Qabilalar o’rtasida umume’tirof etilgan dastlabki obraz «Hamma narsani ko’rib turuvchi, hamma narsadan xabardor, ming ko’zli va ming qulog’i bor, qabilalar o’rtasidagi kelishilgan shartnoma talablarining bajarili-shini qattiq nazorat qiluvchi adolat tarozisini qo’lida tutgan quyosh timsolidagi «mitra» bo’lib shakllandi.
Umuman, o’sha davr uchun o’ta muhim bo’lgan narsa qabilalar o’rtasidagi umumiy an’anaviy axloqiy normalarni qaror toptirish va unga izchil amal qilish zaruriy ehtiyojga alanadi. CHunki Irtish-Urol hududlaridagi yuzlab qabilalar o’rtasida umumiy kelishuv (shartnoma)lar tuzilib, unga qat’iy rioya qilmasdan turib, tabiatning injiqliklariga birgalikda (hamjihat-likda) kurash olib borish, boshqa hudud qabilalaridan o’z hududlarini himoya qilishning imkoni yo’q edi.
«Avesto» ta’limotidagi an’anaviy qadriyatlar mezoni to’la sof diniy-mifologik mazmun bilan cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit talablarini ham, tabiiy hodisalarni o’rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yovuz dev Axrimon odamlarga dahshat urug’ini sochish uchun o’n ming turdagi kasalliklarni yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning davosini tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o’simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari ko’rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o’rganishlari orqali mazkur shifobaxsh xossa va sifatlarni ajratib olib, o’z dardlariga shifo topgan-lar. Eng muhimi, tabiatni o’rganish orqali ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko’tarilgan. SHundan bo’lsa kerak, Otashparastlar qadimda, hatto o’rta asrlarda ham 3 ta narsa bilan mashhur bo’lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) vinochilik bilan shuhrat qozonganlar. Bu fazilat-larning uchalasi asosida ham tabiatni chuqur o’rganish yotganligini ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |