Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti konchilik fakulteti foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishning geofizik usullari fanidan mustaqil ish bajardi: 11b-17 fqgr guruhi talabasi Hikmatov Shahzod Qabul



Download 466,23 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi466,23 Kb.
#205063
Bog'liq
11b-17 FQGR Hikmatov Shahzod GEOFIZIKA Mus.ish №2

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI KONCHILIK FAKULTETI Foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilishning geofizik usullari fanidan MUSTAQIL ISH №2 Bajardi: 11b-17 FQGR guruhi talabasi Hikmatov Shahzod Qabul qildi: Arabov Ixtiyor

Mavzu: Elektr tok kuchini o'lchash usuli Reja:


1)
    • Oddiy tok usuli.

2)
    • Kontaktlarning sirpanishida o'lchash usuli.

3)
    • Ekranli elektrodlar bilan tokni o'lchash usuli.

4)
    • Elektr toki diagrammalarini talqin qilish.

Elektr tok kuchi yordamida burg'i quduqlarini tekshirishni uch usulda amalga oshirsa bo'ladi. 1) oddiy tok usuli; 2) kontaktlarning sirpanishida o'lchash usuli; 3) ekranli elektrodlar bilan tokni o'lchash usuli. Oddiy tok usuli . Fizika kursidan bizga ma'lumki, elektr qarshiligi kichik bo'lgan moddalardan elektr toki o'tganda tok kuchi kuchayadi va aksincha, qarshiligi ko'paygan sari tok kuchi kamayadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: A- elektrod burg'i qudug'ining kesimlaridan asta-sekin o'tishida AB elektr zanjirida tok kuchining qiymati qarshiligi past jinslardan o'tishida kuchayadi va yuqori qarshilikka ega bo'lgan qatlamlardan o'tishda kamayadi (1-rasm).

1


1-rasm. Tok kuchini o’lchash sxemasi

Demak, tok kuchining o'zgarish diagrammasi kesimda jinslarning qarshiliklarini o'zgarishini ko'rsatadi. Lekin bu usul bilan tog' jinslarining haqiqiy solishtirma qarshiligini aniqlash mumkin emas. Elektr tok kuchini o'lchashda, burg'i qudug'ining tuzilishi katta to'sqinlik qiladi. Shuning uchun bu usul amalda kamdan-kam ishlatiladi. Tok kuchini o'lchash usuli ko'pincha ma'danli burg'i qudug'larini tekshirishda qo'llaniladi.


Chunki ma'danlarning qarshiligi atrofdagi jinslarga nisbatan doimo past bo'ladi. Kontaktlar sirpanishida tok kuchini o'lchash usuli. Bu usul oddiy tok usulidan faqat A - elektrodining burg’i qudug'idagi jins qatlamlariga tutashgani bilan farqlanadi (2-rasm).


2-rasm Kontaktlar sirpanishida tok kuchini o'lchash sxemasi.

A - elektrod rezinali izolyator materialga o'rnatilib, burg'i kudug'ida jinslarga maxsus uskunalar bilan jipslashtiriladi. A - elektrodini tog' jins qatlamlariga bevosita ulab tok kuchnii o'lchashda burg’i qudug'i qorishmasining ta'siri ancha kamayadi va diagrammalarda tokni yaxshi o'tkazuvchi jinslar (ma`danlar) juda aniq anomal egri chiziqlar bilan begilanadi.


Ekranli tok bilan tok kuchini o'lchash usuli. Bu usulda markaziy Ao elektroddan o'tkazilgan tok kuchi qayd qilinadi. Markaziy Ao elektrod ikki ekranli Ae1 , Ae2 elektrodlar orasida joylashgan (3-rasm). Ekranli elektrodlar bir-biri bilan manbaning bir qutbiga ulangan. Bu usuldagi elektr zondining tuzilishi quyidagidan iborat (4-rasm).


3-rasm. Ekranli tok karotajini o'tkazish sxemasi.

4


4-rasm Ekranli zond tuzilishi.

2 sm qalinlikka ega bo'lgan markaziy Ao elektrod, uzunligi 75 sm bo'lgan ekranli Ae1 va Ae2 elektrodlarining o'rtasida joylashgan. Ae1, va Ae2 elektrodlar markaziy Ao elektroddan izolyatsiyalangan. Shunday qilib zondning umumiy uzunligi Lum =156 sm. Zondning uzunligi esa Lz = 2 sm. Ekran vazifasini bajaruvchi Ae1, va Ae2 elektrodlaridan tarqalayotgan tok chiziqlari ta'sirida markaziy Ao elektroddan chiqayotgan tok chiziqlari burg'i qudug'idagi qorishmadan to'g'ri qatlamlarga o'tadi va o'lchangan tok kuchi Ao qarshisidagi qatlamlarning qarshiligiga proportsional bo'ladi.


Elektr toki diagrammalarini talqin qilish. Elektr toki diagrammalari katta oraliqdatalqin qilinadi. Elektr tokini yaxshi o'tkazuvchi qatlamlar diagrammasini (5-rasm) ma'danlar katta qiymatga ega bo'lgan egri chiziqlarni beradi.


5-rasm Elektr toki diagrammalarini talqin qilish.

Qatlamlarning chegaralari JAmax va JAmin oraliqda aniqlanadi, chunki tok kuchining grafigi simmetrik shaklda bo'ladi. Elektr tokini yaxshi o'tkazuvchi geologik kesimlarning orasida alohida, katta qarshilikka ega bo'lgan qatlamlar joylashgan bo'lsa, bunday qatlamlar elektr tok kuchi diagrammalarda eng past qiymatga ega bo'lgan grafiklar bilan ifodalanadi (6-rasm).


6


6-rasm. Katta qarshilikka ega bo'lgan qatlamlarni ajratish.

Buning uchun elektr tok kuchini o'lchash usuli ko'pincha qarshiligi katta ko'mir qatlamlarini aniqlashda qo'llaniladi. Oddiy va kontaktlar sirpanishida tok kuchini o'lchash usullari asosan elektr tokni yaxshi o'tkazuvchi ma'danlar chegalarini aniqlashda qo'llaniladi.




Foydalanilgan adabiyotlar: 1) L.A.Sim “Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari umumiy kursi” Toshkent. 2) Sh.S.Rajabov, A.B.G’oipov “Quduqlarni geofizik tadqiqotlash” o’quv qo’llanma Toshkent-2016 3) Gorbunova L.M, Zaxarov V.P i dr.-«Geofizicheskie metodi poiskov i razvedki». L.Nedra, 1982g 4) Agzamov A.A., Bobojonov T.P. –“Seysmik qidiruv fanidan o'quv amaliyotini o'tkazish uchun uslubiy qo'llanma” Toshkent “Universitet”. 1995 yil.


Download 466,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish