50
Ko‘chma erga ulagichni dielektrik qo‘lqopda 1000 V kuchlanishdan yuqori
elektr uskunalarida izolyasion shtanga qo‘llab qo‘yish va olish shart. Ko‘chma erga
ulagichni tok o‘tkazuvchi qismga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‘lqop kiyib
qo‘lda mahkamlash kerak.
Ushbu Qoidaning
9.2-band
ida ko‘rsatib o‘tilgandan tashqari hollarda erga
ulagich uchun mo‘ljallanmagan simlarda foydalanish man qilinadi.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‘ini
taqsimlovchi elektr
uskunalaridan o‘chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion
apparatlari oldida erga ulanishi shart.
Quyidagilarga ruxsat etiladi:
— 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida asosiy elektr
tarmog‘i ikki tomonidan erga ulangan, shoxobchadagi podstansiyalarda esa erga
ulagich o‘chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektr tarmoq
erga ulanmaydi.
— 6-20 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi
elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi
elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga
yaqin turgan ustunda erga
ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan
asboblar oldida elektr uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan erga ulagichlar ish joyi bilan
ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‘ida
o‘rnatilishi sharti bilan, o‘sha kuchlanish olinib o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini
erga ulamaslik mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan erga
ulagichlar erga ulash uskunalari bor ustunlarga o‘natilishi kerak.
Havo elektr uzatish tarmoqlarini kesishgan joylarida ko‘pzanjirli elektr uzatish
tarmog‘ining o‘chirilgan bir tarmog‘ida, kuchlanish ta’siri ostidagi elektr tarmoqda
va elektr uzatish tarmog‘ining alohida fazalarida ish bajarish uchun erga ulagich
o‘rnatish bo‘yicha talab 14-bobda keltirilgan.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish
tarmoqlarida erga ulagichni
faqat ish joyiga qo‘yish etarli.
Ushbu Qoidani
5.6.1.-band
ida eslatib qo‘yilgan erga ulagichlarga qo‘shimcha
har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‘lganda troslar ham erga
ulanishi shart.
Sim tortadigan metal roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (zajimlarda)
yotgan simlar uchun roliklarning (zajimlarning) o‘zidagi qo‘zg‘almas bo‘lagini erga
ulash kifoya. Metal konstruksiyali hamda temir qobig‘lari erga ulangan temir-beton
ustunlar va undagi roliklar halqasi (oboymasi) va qisqichlar orasida tabiiy tutashish
bo‘lsa, rolik va qisqichlarni qo‘shimcha erga ulash talab qilinmaydi.
Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, hamda anker
ustundagi aylanib o‘tuvchi
sim ulangandan keyin, osilgan simlar (troslar)
51
boshlang‘ich anker ustunda va oxirgi simlarni ushlab turuvchi oxirroqdagi biron
ustunda erga ulanishi shart.
Tayyor uchastkalardagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroqdan va boshqa
o‘takuchlanishdan keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga (trosslarga) potensial
o‘tish xavfini yo‘q qilish maqsadida oxirgi anker ustunida osilgan simlarni
(trosslarni), hamda qurilib bitgan elektr uzatish tarmog‘i simlarini erga ulash man
qilinadi.
Har bir fazasida simlar birnecha bo‘lim-bo‘limlarga
qarab ajratilgan elektr
uzatish tarmog‘ida har fazadagisining bir simini erga ulashga ruxsat beriladi,
fazalardagi simlar izolyasion kashak yordamida ajratilganda hamma simlarini erga
ulash talab qilinadi.
Bir zanjirli elektr tarmog‘ida erga ulagichni ish olib borilayotgan ustunga yoki
qo‘shni ustunga qo‘yish keraq Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog‘i
uchastkasiga erga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan ikki
tomonidan erga ulagich o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Ustundan izolyasiya qilingan momaqaldiroqqa qarshi osilgan trosda yoki
ushbu ustunga osilgai trossda yoki ustun konstruksiyasida bu trossga 1 metrdan kam
masofaga
yaqinlashib ishlaganda, tros albatta erga ulanishi shart. Erga ulagich trosni
izolyasiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan erida yoki oralig‘ida qo‘yiladi.
Agar ushbu trosda muz eritish mo‘ljallangan bo‘lsa, ish boshlashdan oldin, tros
kuchlanish kelishi mumkin bo‘lgan barcha tomonlaridan o‘chirilib, erga ulanishi
shart.
Ko‘chma erga ulagich metal ustunlarda uning elementiga, erga ulagich
o‘rnatish uchun jihozlangan temir-beton va yog‘och ustunlarda erga ulagich
uskunalariga, ularni butunligini tekshirgandan keyin shu simlarga o‘rnatilishi kerak.
Erga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo‘lmagan temir-beton
ustunlarda erga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metall elementiga o‘rnatish
mumkin.
Neytrali erga ulangan va nol simi tarmoqda qayta erga ulangan 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida erga
ulagichni ushbu nulevoy
simiga o‘rnatish mumkin.
Uskunalardagi ko‘chma erga ulagichni o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar
bo‘yoqdan tozalanishi shart.
Ish joyida ko‘chma erga ulagich erga yarim metrdan chuqurlikka tik qoqilgan
erga ulash uskunasiga o‘rnatilishi mumkin. Erga ulash uskunasini tuproq bexos
to‘kilgan uyumga qoqish man qilinadi.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ida yoki izolyasion
zvenosi yo‘q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta’mirlanayotgan tarmoq.
simlarining barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan
ochiq simlarga ham erga ulagich qo‘yilishi shart.
52
Ta’mirlash uchun
o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko‘chma erga
ulagichlarni o‘rnatish va keyin uni olish hamda ustunlarga o‘rnatilgan erga ulagich
pichog‘ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash
xodimlari amalga
oshirishlari kerak: biri IV gruppali (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish
tarmoqlarida) yoki III gruppali (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatish
tarmoqlarida), ikkinchisi III gruppali bo‘lishi keraq Ikkinchi xodim sifatida III
gruppali ta’mirlash brigadasi a’zosini, iste’molchilarga ta’lluqli elektr uzatish
tarmoqlarida esa iste’molchi xodimini ishlatishga ruxsat beriladi.
Ustunlardagi erga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash
xodimlarida III gruppali bir xodim o‘chirishiga ruxsat etiladi.
Elektr uzatish tarmoqlaridagi ish joylarida ko‘chma erga ulagichni ish
bajaruvchi bilan birgalikda III gruppaga ega bo‘lgan brigada a’zosi
bilan birgalikda
o‘rnatishi mumkin. Ushbu erga ulagichni olish ish bajaruvchining farmoyishi bilan III
gruppali ikki brigada a’zosi bajarishi mumkin.
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish, erga ulagichni
o‘rnatish va olish paytida ishchini biri erda turishi va boshqa ishchini kuzatib turishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: