Ochiq sistemalar
Birinchi tipdagi ochiq sistemaga misol tariqasida o'zgarmas tok generatori kuchlanishini dasturli
boshqarish sistemasini ko‘rsatish mumkin
Bu yerda generator boshqarish obyekti bo‘lib, u qo‘shimcha motor yordamida harakatga keltiriladi. Obyektning chiqish kattaligi - generator kuchlanishi Ug, kirish kattaligi qo‘zg‘atish chulg‘amiga qo'yilgan kuchlanish Uq qiymatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bu holda qo‘zg‘atish chulg‘ami boshqarish qurilmasi hisoblanadi va qo‘zg‘atish chulg‘amiga qo'yilgan kuchlanish Uq oldindan berilgan dasturga muvofiq o'zgartiriladi. Generator toki yoki yakor zanjiridagi tok I - yuklama tarzidagi toydiruvchi ta’sir (Z), qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok Iq boshqaruvchi ta’sir (X), Boshqarish qurilmasining vazifasi boshqarish obyekti uchun ma’lum matematik tavsif bo‘yicha boshqamvchi ta’simi ishlab chiqishdan iborat bo‘lgani uchun, agar u=uo boisa, boshqarish sistemasi stabilizatsiya masalasini yechishga yo'naltirilgan boiadi.
rasmda boshqariladigan kattalik - generator kuchlanishining (Ug) yakor zanjiridagi tokka bogMiq ravishda o'zgarish grafigi ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra tok qiymati oshishi bilan kuchlanish tushishi AU ham ortib boradi.
Ushbu prinsip bo‘yicha ishlovchi sistemalaming aso- siy afzalligi oddiylik va ar- zonlik hisoblanadi. Uning —► kamchiligi esa obyektning I matematik tavsifining zarurligiva chiqish kattaligini o‘zgarmas ravishda ushlab turishga Z va F toydiruvchi ta’sirlami sezilarli ta’sir ko‘rsatishidir.
Toydiruvchi ta’sirni kompensatsiyalash prinsipi
Ikkinchi tipdagi ochiq sistemaga toydiruvchi ta'sir bo‘yicha avtomatik kompensatsiyalovchi sistema mos keladi
Bu tipdagi sistemaga misol rasmda ko'rsatilgan bo‘lib, u o'zgarmas tok generatori klemmalarida yuklama o‘zgarganda uning kuchlanishini stabil ushlab turish vazifasini bajaradi. Bu sxemada generator toki I bo'yicha signal R qarshilikdan olinadi va berilgan kuchlanish Ub«r bilan taqqoslashda hosil boMgan boshqaruv kuchlanishi Ub kuchaytirgich K kirishiga beriladi. Kuchaytirgich chiqishidagi Uq kuchlanish qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi va shu parametmi o'zgartirish orqali generator kuchlanishi boshqariladi.
Sistema elementlari kuchaytirish koeffitsiyentlarini shunday hisob- lash va tanlash mumkinki, bu holda kompensatsiya koeffitsiyenti k = 1, k <1 yoki k >1 bo‘lishi mumkin.
Agar k = 1 bo‘lsa, toydiruvchi ta'sir Z boshqariladigan kattalikka hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi, ya’ni sistema Z ga nisbatan invariant.
Agar k < 1 bo‘lsa, sistema toy- K>1 diruvchi ta'simi yetarli bo‘lmagan darajada kompensatsiya qiladi. Uchinchi holatda, ya’ni k > 1 boMgan holda keragidan ortiqcha kompen- satsiyalash amalga oshiriladi. Rasmda kuchaytirish koeffitsiyen- tining 3 ta holatiga mos keluvchi generator kuchlanishining I tokka bogMiq ravishda o'zgarish grafiklari keltirilgan. Bu grafiklardan invariantlik, toydiruvchi ta'simi yetarli va etarli boMmagan darajada kompensatsiya qilish hollarini ajratib olish mumkin.
Ushbu sistemaning afzalliklari shundan iboratki, uni qoMlash orqali bitta yoki bir nechta toydimvchi ta’sirlaming sistema aniqligiga ta'sirini kamaytirish yoki yo‘qotish mumkin. Shu bilan birga obyektning matematik tavsifi boiishi shartligi va sistemaning aniqligi uning o‘zi ishlab chiqaradigan ta’sirlardan tashqari barcha toydiruvchi ta’sirlarga bogiiqligi uning kamchiliklari sirasiga kiradi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |