8-bob. Yakuniy qoidalar
53. Kadrlar komissiyasi faoliyatiga hamda tanlov jarayoniga boshqa shaxslar
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
54. Kadrlar komissiyasi faoliyatiga va nomzodlarni
ishga qabul qilish bilan
boshqacha tarzda aralashgan shaxslar o‘z vakolat doirasidan
chetga chiqish yoki
xizmat lavozimini suiiste’mol qilish deb baholanadi.
55. Nomzodlar Kadrlar komissiyasi xulosasidan norozi bo‘lgan
taqdirda,
Kadrlar komissiyasining bayonnoma rasmiylashtirilgan
kundan boshlab bir oy
muddatda tanlov natijalari bo‘yicha Kadrlar komissiyasi xulosasi ustidan vakolatli
davlat organiga shikoyat qilish huquqiga ega.
56. Tanlov jarayoni ishtirokchilariga nomzodlarning shaxsiy ma’lumotlarini
oshkor qilmaslik mas’uliyati yuklanadi.
57. Ushbu tartib talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan
shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.