Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


«Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirish



Download 1,23 Mb.
bet85/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

«Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirish. «Leksikologiya» bo‘limi o‘quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. O‘quvchilar maktab darsliklaridan olingan ilmiy matnlarni badiiy matnlar bilan taqqoslash, ayni bir narsaning badiiy va ilmiy tasviri orqali nutq uslublari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun oddiy nutqda qo‘llaniladigan so‘zlarni badiiy nutqda qo‘llaniladigan so‘zlar bilan almashtirish, hosil bo‘lgan matnlarni o‘zaro qiyoslash, turli uslubdagi matnlarni tahlil qilish, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi, ravon, aniq va ta’sirchan ifoda uslubini hech bir shaxs uslubshunoslik fanini o‘rganish natijasida o‘zlashtira olmagan va o‘zlashtira olmaydi.Ta’sirchan, aniq uslub tuyg‘usi tilning barcha bo‘limlarini o‘rganish jarayonida, til sathlari birliklarida (tovushlarda, qo‘shimchalarda, so‘zlarda, sintaktik qurilmalarda) ma’nodoshlik, vazifadoshlik, shakldoshlik munosabatlari asosidagi bog‘lanishlarni taqqoslash zaminidagina shakllanadi. Bu ona tili o‘qituvchisining hamisha diqqat markazida turishi lozim. Shuning uchun fikrni nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ona tili ta’limining talabi sanaladi.
Uslubiyat uslubiy ravonlik, xususan, so‘z boyligi va so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash bilan aloqador ekanligini hisobga olib, tilning lug‘at sathini o‘rganishni uslubiyat bilan bog‘liq holda olib borish lozim.
Savol va topshiriqlar
1. Ona tili ta’limida «Leksikologiya» bo‘limining tutgan o‘rni va vazifalarini ayting.
2. «Leksikologiya» bo‘limini o‘rgatishning ta’limiy ahamiyatini qanday asoslaysiz?
3. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishning qanaqa imkoniyatlari bor?
4. «Ma’nodosh so‘zlar» mavzusini o‘rganishda qanday ijodiy-amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi?
5. Uyadosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, shakldosh so‘zlarning o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishdagi roli va ahamiyatini izohlang.
6. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiruvchi muhim vositalarni ayting.
7.«Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullariga o‘rgatish deganda nimani tushunasiz?
8.O‘quvchilar nutqini boyitishda nutq uslublari bilan ishlashning qanday ahamiyati bor?

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish