Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tilidan bahs-munozara darslari



Download 1,23 Mb.
bet57/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

Ona tilidan bahs-munozara darslari. Ona tili darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlashi bilan bog‘liq. Ijodiy fikrlashga o‘rgatishda bahs-munozara muhim ahamiyatga ega. Bu narsalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘rganiladigan material o‘quvchilarga oldindan ma’lum qilinadi, muhokamaga tashlanayotgan masala xususida har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikr-mulohazasini bildiradi. Bahs-munozara uchun tanlanadigan savollar o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan bo‘lishi lozim. Masalan, «Olinma so‘zlar» mavzusi yuzasidan bahs-munozaraga quyidagi muammolar o‘rtaga tashlanishi mumkin:
1. Boshqa tillardan so‘z olish zarurmi?
2. Ayrim hollarda rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‘zlarni o‘zbekchalashtirish borasida urinishlar bor. Sizningcha, hamma so‘zlarni ham o‘zbekchalashtirib bo‘ladimi? Umuman, ruscha so‘zlarni sharqonalashtirishga sizning munosabatingiz qanday?
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda boshqa tillardan so‘z olmaslikning iloji bormi?
Bu savollarning har biri o‘quvchilardan o‘z nuqtayi nazarini bayon qilishni talab etadi.
Bahs-munozara o‘quvchilarga erkinlik berishni talab qiladi. Chunki o‘z fikr-mulohazalarining haqligini isbotlash ijodiy faoliyat mahsulidir.
Ona tilidan seminar darsi. Seminar darsi noan’anaviy darsning bir turi bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy faoliyat ko‘rsatishga undovchi mashg‘ulot shaklidir.
Bu dars shaklidan barcha sinflarda foydalanish mumkin. Seminar darsidan katta mavzular o‘rganilgandan so‘ng (masalan, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlari, fe’llarning ma’no guruhlari va h.k.) yoki bo‘lim o‘rganilgandan keyin foydalansa bo‘ladi.
Seminar darsining mavzusi 10–12 kun oldin e’lon qilinadi; o‘quvchilarga reja va adabiyotlar tavsiya etiladi; darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni tushuntiriladi, adabiyotlar ustida mustaqil ishlash yuzasidan tavsiyalar beriladi.
Dars o‘qituvchining kirish suhbati bilan boshlanadi. Mavzuning dolzarbligi, bu mavzuni puxta bilishning amaliy qimmati tushuntiriladi. O‘quvchilar seminar rejasi bilan tanishtiriladi va tayyorgarlik ko‘riladi. Seminar darsida o‘quvchilar faolligini ta’minlash kerak. Bu har bir muhokama etilayotgan masalani munozaraga aylantirish bilan bog‘liq. Darsda shunday holatni yuzaga keltirish lozimki, o‘quvchilar fikrini dalillar asosida isbotlasin; o‘z nuqtayi nazarini bayon qilsin; hukm va xulosalar chiqarsin.
Darsning oxirida mashg‘ulotga yakun yasaladi, seminarning yutuq va kamchiliklari aytiladi va o‘quvchilarning bilimi baholanib, ular izohlanadi. Bilimni baholashda bolalarning mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish darajasi, masalaning mohiyatini anglashi, o‘z fikrini dalillar bilan asoslay olishi, javoblarni to‘ldirishdagi ishtiroki, ijodiyligi kabilar hisobga olinadi.
Barcha sinflarda ham seminar darsidan foydalanish tavsiya etilmaydi. Mashg‘ulotning bu shaklidan ko‘proq o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi talabga javob beradigan, mustaqil ishlashga o‘rgatilgan sinflarda foydalanish ma’qul. Aks holda, barcha harakatlar zoye ketib, o‘quvchilar masalaning tub mohiyatiga yetmay qolishlari mumkin.
Кo‘rinib turibdiki, darsning shakllari benihoya ko‘p. O‘qituvchi bu dars shakllarini puxta bilishi, o‘rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni tanlay olmog‘i lozim. Dars shakllari qancha tez-tez o‘zgarib tursa, o‘quvchilarning ona tili faniga qiziqish darajasi shuncha yuqori bo‘lishini o‘qituvchi hamisha yodda tutmog‘i lozim. Bu esa puxta bilimning asosiy garovidir.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish