O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA TA ‘LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
3-D GURUH
Rustamova Dildora Botirjon qizining
Mavzu:« Erkin Vohidov she'riyatining ģoyaviy-badiiy xususiyatlari.»
Kurs ishi
Erkin Vohidov she'riyatining ģoyaviy-badiiy xususiyatlari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
XX asr tarjimachilik maktabining shakllanishida Erkin Vohidovning
o’rni
Erkin Vohidovning tarjimalarida badiiy uslub va mahorati
Numerativ birliklar uslubiyati
Erkin Vohidov she’riyatida numerativ birliklar uslubiyati
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
‘’Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otqdigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.’’1 Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, yer yuzida qancha inson, qancha taqdir bo’lsa, har birining o’z ma’naviy olami bor.”Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.”2
Shu boisdan muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Har qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi’’3 degan so’zlari zamirida chuqur ma’nolar mujassamdir. Vatanparvarlikning harakatlantiruvchi kuchi esa odamlarning ma’naviy dunyosi, intellektual salohiyati, kitob mutoalasi ularning hayotida qanchalik chuqur o’rin tutishi bilan belgilanadi. Badiiy adabiyotning inson ma’naviy dunyosining rivojidagi o’rni beqiyosdir. Adabiyot sharq xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi hayotida ham doim juda katta ma’naviy ahamiyatga ega bo’lgan. Adabiyotimizning yorqin siymosi Cho’lpon ta’kidlagandek “ Adabiyot yashasa- millat yashar”. Adabiyot so’z san’ati sifatida azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi. Xususan mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy qismi bo’lgan adabiyotni rivojlantirish bo’yicha amalga oshiralayotgan ishlar o’z hosilasini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko’lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo’lib borayotgani, adabiyot olamida yangi-yangi nomlar paydo bo’layotgani kitobxon xalqimizni, albatta, quvontiradi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “ Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga kelajakka e’tibor “ risolasida “…yoshlar kitob o’qimay qo’ydideb faqat nolib o’tirmasdan, ana shu ta’sirchan , zamonaviy axborot vositalari orqali adabiyotimizni keng targ’ib etish, xususan, internet imkoniyatlaridan foydalanib yetuk badiiy asarni yoshlarga yetkazish ustida ham ziddiy bosh qotirish zarur deb o’ylayman”4 degan fikrlarining tasdig’i o’laroq bugungi kunda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvaridagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish to’g’risida”gi farmoyishi kata ahamiyatga ega bo’ldi. Bu farmoyishda jamiyat hayotidagi ezgu qadryat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatan va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatining oshirilishiga alohida etibor qaratilgandir. Ushbu yo’nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, trashkiliy- amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib boorish, bu masalaga keng jamoatchilikni jalb etish bo’yicha keyingi vaqtlarda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. Bularning hammasi xalqimizni ma’naviyatli, ma’rifatli va o’qimishli qilish, badiiy adabiyotga, so’zga, milliy-ma’naviy meroslarimizga mehr va qiziqish uyg’otish, ularni asra-avaylash uchun qilinayotgan ishlardir. O’zbek xalqi ruhining tiklanishi, millat ma’naviy- axloqiy idealarining shakklanishi, chuqur milliylik bilan ummuminsoniylik chambarchas bo’lgan hodisadir. Yozuvchilar ana shu vazifani ado etishda o’z iste’dod ko’lamini, o’z uslublarining rang-barang qirralarini namoyish etadilar. Har bir adabiyotning bosh xususiyati milliyligidir. Shuning uchun ham milliy adabiyot deb ataymiz. Dunyoda esa minglab millatlar, elatlar bor. Birini ikkinchisi bilan adashtirmaymiz. Chunki biri ikkinchisidan nimasi bilandir farq qiladi. Mana shu “nima’si bo’lmagan, o’zligi yo’q millat uzoq yashay olmaydi, boshqasiga singib ketadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |