2. Erkin Vohidovning tarjimalarida badiiy uslub va mahorat. (“Faust” asari misolida.)
O’zbek adabiyoti namoyondalarining kecha va bugunda qilgan ulkan mehnatlari xalqimizning she’r xazinasiga kishilik zehni va dahosining g’oyatda barkamol asarlarini qo’sha oldi. Iste’dodli shoir Erkin Vohidov asliyat she’riyati bilangina emas, jahon xalqlari adabiyotidan qilgan qator tarjimalari bilan ham mashhurdir. Tarjima so’z san’ti rivojini belgilaydigan muhim omillardan biridir. Irqi va dini o’y- qarashlari farqli bo’gan turli tuman elatlar va millatlar orasidagi makon va zamon chegaralarini, so’zsiz, tarjima orqali yengib o’tish mumkin. Ma’lumki, o’zbek adabiyotida jahon adabiyoti durdonalarining go’zl durdonalarini tarjima qilish qadimiy an’analarga egadir. Ayniqsa boshqa tilda yaratilgan durdona asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilish, adabiy aloqa va tasvir talablari asosida unga izdoshlik qilish, umuman, sharq adabiyotidagi an’anaviylik va izdoshlik talablari asosida ish ko’rish, ijod qilish va barkamol asarlar yaratib adabiyot taraqqiyoytiga samarali ta’sir o’tkazish o’tgan asrlarda keng miqyosda davom ettirilgan va bu jarayon hozir ham davom ettirilmoqda. Umuman olganda, tarjima adabiy aloqa va o’zaro ta’sirning eng faol, eng ommalshgan va eng mashhur shaklidir.” Tarjima do’stlik ilmidir, tarjima o’zgani birodar, tanishni qadrdon, qadrdonni qarindosh qiladi”16,- deb yozgan edi o’zbek tarjimashunosi Sh.Shermuhamedov. Shu bilan bir qatorda tarjima ayni paytda san’atdir. San’at bo’lganda ham san’atning oddiy turlaridan emas. Tarjima bamisoli sehrgarlik san’atidir. Zero, tarjima ijod ahli uchun darsxonasi keng bo’lgan “ adabiy, shaxsiy mahorat maktabidir” Shuning uchun ham jahon adabiyoti tarixida uning boyish, yangi- yangi asarlar evaziga mazmundor bo’lishida tarjima va tarjimonlarning ulushi benihoya salmoqlidir. Ko’ngillar aro ko’prik vazifasini o’tayotgan tarjima- adabiy aloqa va o’zaro ta’sir tarixida ham nurli sahifalarni tashkil etdi. Necha yuz yillar davomida tarjima tufayli bir adabiyotda paydo bo’lgan asar jahon kezdi, million- million qalblarga shavqu surur, estetik zavq bag’ishladi, ma’naviy oziq berdi, ajoyib asarlarning dunyoga kelishiga munosib hissa qo’shdi. Mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning tarjimachilik sohasidagi yutuqlari ham diqqatga sazovor. Shoirning tarjimonlik faoliyati rus shoiri Lesya Ukrainkaning “Mog’aralarda”, Sergey Yeseninning she’rlarini rus tilidan o’zbekchaga o’girish asosida boshlanib, keyinchalik esa ulkan va rang-barang cho’qqilarni zabt etdi. Bu serqirra faoliyati bilan mohir tarjimon Pasternak italyanchadan tarjima qilgan Gyotening “Faust” asarini 1970-1975 – yillar oralig’ida o’zbek tiliga o’girdi. Bu haqida filologiya fanlari doktori professor Najmiddin Komilov o’zining “ Badiiy mo’jiza” nomli maqolasida asarga va tarjimon mahoratiga yuksak baho berganini ko’rishimiz mumkin: “O’zbek adiblarining ijodiy yutuqlari, o’z vatani, xalqi oldidagi xizmatlari haqida gapirganda, nafaqat ularning orginal asarlari, balki boshqa xalqlar adabiyotidan qilgan tarjimalarini ham nazarda tutamiz. Chunki dunyo adabiyotining benazir namunalari qanchalik ko’p tarjima qilinsa , san’atkor adibning iste’dodi tufayli ona tilida yangidan hayot topsa, kitobxon qalbidan joy egallasa, u ham ma’naviyatimizni boyitadi, ham umumbashariy yagonaligimiz binosiga bir ustun bo’lib xizmat qiladi, do’stlik va birodarlik iplarini mustahkamlaydi. Gomer va Sofokl, Dante va Shekispir, Firdavsiy va Umar Hayyom, L.Tolstoy va F.Dostayevskiy, Gyugo va Bayron yaratgan noyob badiiy obidalar va yana qanchadan qancha atoqli adiblarning o’lmas asarlari o’zbek o’quvchisining ma’naviy mulkiga aylandi. A.Qodiriy, G’.G’ulom, M.Ismoiliy, Mirtemir, Y.Shamsharov, M.Shayxzoda, A.Oripov, A.Muxtor, Zulfiya, Q.Mirmuhammedov, I.G’ofurov , M.Ali, H. Ahrorova, K.Qahhorova, R.Parki, Sh.Rahmon, J.Kamol va yana o’nlab boshqa iste’dodli adiblarimiz ana shu ma’naviy mulk ijodkorlaridir. Shular qatorida ko’p yillardan beri ham go’zal she’riyati, g’azallari, dostonlari va ham ajoyib tarjimaviy ijodi bilan el ko’nglidan joy olib kelgan adib O’zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovdir.Erkin Vohidov dastlab rus shoirlari Aleksandr Blok, Mixail Svetlov, Sergey Yesenin she’rlarini tarjima qilib kuch sinadi-tarjima mahoratini egallab bordi. Ayniqsa Sergey Yeseninning “Fors taronalari “ turkimiga kirgan she’rlari tarjimasi o’tgan asrning oltmishinchi yillarida mashhur bo’lib ketgani esimdan chiqmaydi. Rus shoirining Sharqni qumsab, Sharq ohanglarida yaratgan mahzun va latif qo’shiqlari butun ohori, dilrabo ohanglari bilan tilimizda yangrab, she’riyat muxlislari dilini rom etgan edi. Aslida “ edi “ deyishim o’rinsiz. Bu tarjimalar hozir ham va bundan keyin ham shunday maftunkor jozibasini saqlab qoladi: Sergey Yesenin go’yo o’zbekcha kuylayotganday, “ 1001 kecha “ ni o’qib, Shahrizodaga, afsonaviy Shohinaga oshiqu beqaror bo’lib, Sa’diy g’azallari ruhida rubob chertib qo’shiq aytayotganday. Keyin Erkin aka Mirzo G’olib , Mirzo Bedildan ayrim g’azallarni tarjima qildi. Biroq uning tarjimachilikdagi eng katta yutig’i nemis shoiri Hyotening “Faust” nomli muazzam she’riy asaridir. “ Faust “ nafaqat Hyote ijodining, balki dunyo adabiyotining shoh asarlaridan hisoblanadi. Xuddi shu ma’noda bemalol ayta olamizki, bu asar tarjimasi ham o’z salohiyati, qimmati va badiiy yuksakligiga ko’ra o’zbek tarjima adabiyotining shohona namunalari qatoridan joy oldi. Agar Hyote o’z asarlari ustida umr bo’yi ishlagan, uni o’z tafakkuri, ijodiy kashfiyotlari hosilasi deb baholagan bo’lsa, Erkin Vohidov ham tarjima ustida o’n yildan ortiqroq ijodiy mehnat qildi, o’z iste’dodi, o’zbek she’riyatining, til boyliklarimizning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etdi. “Faust “ jahon adabiyotida bir adabiy mo’jiza bo’lsa, uning o’zbekcha tarjimasi- Erkin Vohidov yaratgan yangi, muqobil buyuk badiiy mo’jiza bo’ldi, deya olamiz.
“ Faust “- ikki qismdan iborat she’riy dramatik fojia. Unda hayot va o’lim, lahza va abadiyat, poklik va nopoklik, aqliy parvoz va ojizliklar, rostlik va hiyla-nayrang kabi insonda mujassam bo’lgan va inson zotini qiynaydigan ziddiyatlar, bu ziddiyatlardan qutilishga talpinish, tafakkur cheksizligi, orzular parvozi bilan tabiiy instinklar zanjiri, amaliyotchilik shavqi-yu uning oqibatida yuz beradigan turfa hangomalar, fojialar tasvirlangan.Shoir go’yo inson zotining hujayralarigacha tahlil qilmoqchiday, uning buyukligi nimada-yu, tubanligi nimada, uning ilohiy mohiyati bilan dunyoviy tashvishlari qanchalik muvofiq keladi, qanchalik bir-birini inkor etadi yoxud to’ldirib boradi, inson ruhining qudrati nimada, kamoloti, me’roji qayergacha boradi- barini turfa sahnalarda, turli timsol va tiplar, qiyofalar orqali ko’rsatmoqchi bo’ladi. Hyote o’z asarida zamon va makonni, davrlarni bir joyga jamlab, doktor Faust va iblis Mefistofel ko’z oldidan o’tkaziladi. Shu bois asarda XIX asr voqealari qadimgi dunyo miflari, Yunon-rim asri voqealari, shu davrning badiiy asarlari qahramonlari va yana ajabrog’i, Faust va uning shogirdlari yaratgan ilmiy kashfiyotlar ( chunonchi Vagner ixtiro etgan shishadagi mitti Xamunkulus ) birga qo’shilib, aralashib , o’zaro suhbatda, harakat faoliyatda namoyon bo’ladilar. Muallif bu bilan inson fikriy va badiiy tafakkuri rivojini ko’zdan kechirmoqchi bo’ldi, tarixni jonlantirish, so’zlatish bilan Faust talpingan haqiqatlarni oydinlashtirish, uning qalb kechinmalari, orzularini qabartirib berish niyatida bo’ldi va ayni paytda inson umri, uning tarixiy bosqichlari, fojialar zanjiridan iboratligini ko’rsatib berdi. Asarning asosiy mazmuni- inson ruhi uchun Rahmon va Shayton orasidagi kurashdan iborat, ammo ana shu azaliy ziddiyat aslida hayot ziddiyati, turfa odamlar xislati, niyatlari, intilishlari, faoliyatidagi ziddiyatlar majmuidan iborat. Voqealar doktor Faust va shayton Mefistofel qiyofalarida, ular munosabatlaridava dialoglarida go’yo jamlanadi, boshqa epizodlar ham shu oqimga qo’shib yuborilgan. Mefistofel Tangri bilan birlashib , Faustni-Insonni to’g’ri yo’ldan chalg’itish, uni orzularidan, yaratish va erkdan mahrum etish, tanazzulga ro’baro’ etish payida bo’ladi. Tangri bunga ruxsat beradi, chunki Shayton Insonni ko’rolmaydi. Unga hasad qiladi, uning buyukligi, aql-u idrokiga g’ashi keladi.Tangri esa shu orqali insonni sinaydi va inson bu sinovdan muvaffaqiyatli o’tadi: uning jismi halok bo’lsa ham, ruhi shaytonga taslim bo’lmasdansamolarga parvoz etadi-ozod bo’lib asliga qaytadi. Shayton mot bo’ladi. Hyote asarlarida Iso dini g’oyalari ham, Sharq falsafasi, ayniqsa, tasavvuf g’oyalari ham ( Hyote Hofiz, Rumiy asarlarini tarjimada o’qib, ular ta’sirida “G’arbu Sharq devoni” ni yozgan) bor. Ya’ni inson- ulug’ ilohiy vujud, uning asl javharini yengish, nobud qilish mumkin emas. Asarda ulug’vorlik va tubanlik , asl san’at va sayoz nazmbozlik, buyuk niyatlar va mayda, maishiy tuyg’ular, o’zini hikmat va donishga, ilm- fanga bag’ishlash va manfaatparastlik, boylik to’plash falsafasi kabi hamisha , hamma zamonda mavjud intilishlar to’qnashuvi, davr charxpalagida aylanuvchi xilma –xil voqea hodisalar tasviri ichidan ulug’ gumanistik g’oyalar nuri porlab ko’zga tashlanadi- inson sharaflanadi. Mana shunday voqealar , qahramonlar xilma-xilligi, zaminu zamonni so’zlatish asar qurilishida ham ifodalangan.. Chuqur falsafiy, hikmatona mushohadalar qatorida oddiy xalq tiliga xos xususiyatlar, mumtoz she’riyat namunalari yonida xalqona ohang- maromlarda bitilgan qo’shiq, laparlar keltiriladi. Insoniyat manzaralari ko’z oldingizdan o’taveradi. Iste’dodli shoirimiz Erkin Vohidov ana shunday murakkab asarni barcha jozibasi, xilma-xil ohangiyu biroz arxiklashgan til uslubini ham ona tilimizda qayta yaratgan. Erkin Vohidov asl olmoncha nusxasi emas, balki B.Pasternakning ruscha tarjimasini asos qilib oladi. Tarjimon Hyote haqidagi o’nlab adabiyotlarni o’rgandi, boshqa ruscha tarjimalarni ham nazardan o’tkazdi, kerakli paytda olmon tilidagi asl nusxaga ham murojaat etdi. Shu bois o’zbekcha tarjima asliyat ruhi, buyuk Hyote san’atkorligini bera olgan deb baralla ayta olamiz. Bunda, birinchidan, shoirimizning Hyote olamiga chuqur kirib borgani, cheksiz muhabbati, asardagi barcha nozik jihatlar, teran tafakkuriy qatlamlarni ilg’ab ololgani bo’lsa, ikkinchidan, rus shoiri B.Pasternak tarjimasining asl nusxaga yaqinligi ham muhim rol o’ynagani aniq. Xullas, qudratli ijodkorlarning o’zaro “ hamkoru hamdo’stligi “, bir- birini nechog’li to’g’ri tushunishiga misol bu. Erkin Vohidov o’z tarjimasining ikkinchi nashri ( 1985 ) so’zboshisida bunday deydi: “Faust “ kabi asarlar haqida so’zlash juda qiyin . Tarjima qilish ham oson emas. Men “ Faust “ni juda ulkan qasrga o’xshataman.Uning umum qurilmasidan tortib har bir naqshigacha abadiyat uchun mukammal qilib yaratilgan. Axir Hyote kabi ulug’ va zahmatkash daho bu asarni oltmish yil yozgan. O’n besh ming misraga yaqin bu mo’jizani insoniyat tarixining mag’zi desa bo’ladi. Bu tarix bir inson qismatida mujassam bo’lganki, uni aql va idrok bilangina emas, balki yurak bilan his etmoq darkor “.Erkin Vohidov ana shu muazzam qasrning tarhu andozasi, salobati , naqshu koshinlariga monand o’zbekcha badiiy qasr bunyod etib, yuksak so’z san’atini namoyish eta olgan. “ Faust “ asarining go’zalligi, falsafiy mazmuni, asar yaratilgan davr ruhi o’zbek o’quvchisiga yetkazilgan. Ba’zi misollar keltiramiz. Bag’ishlovdan :
Borlig’im band etgan aldoq soyalar,
Yana bo’ldingizmi qarshimda paydo?
Shoyadki, nazmingiz bo’lsa muyassar,
Yoshligim shavqlari so’nganmi va yo?
Yo’q siz tuman kabi bosib sarbasar
O’ylarim chulg’andi dudingiz aro.
Siz bilan tin olsam to’lar ko’kragim17
“ Faust “ o’ziga xos salobatli, muhtasham, fojiyaviy asar. Shunga muvofiq ohang vazmin, marom hazing va o’ychan. She’riyat tuzilish, vazn, qofiya boringki, so’z va iboralar qatori ham shunga muvofiq. “ Bag’ishlov “ dan boshlab bu xususiyat aniq sezilib turadi. Ammo umumiy fondagi ana shu vazmin, salobatli ohang ichida turli darajadagi yengil she’riy parchalar, xalqona ruhdagi lapar va qo’shiqlar, hattoki xazil-mutoyiba ham bor. Ammo bu haqida keyinroq gapiramiz. Hozir shuni aytmoqchimizki, Erkin Vohidov asar boshidan boshlab ana shu muazzam hazmiy koshona ruhiga kirib, uning betakror hazing, o’ychan falsafiy ma’nolari, she’riy salobatini ona tilida yangidan ijod qila olgan. Tanlangan so’z va iboralar tizimi, o’n bir bo’g’inli she’riy quyma satrlar dafatan o’quvchiga ta’sir etib, uni tafakkur va badiiyatning jozibali olamiga yetaklaydi. “Bag’ishlov” yozishdan maqsad o’quvchi yoki tomoshabinni asar ruhiga olib kirishdir, uning diqqati, qalb torini o’zga bir olamga bag’ishlashdir. Ruscha va o’zbekcha satrlar bu vazifani a’lo darajada bajargan. Hyotening poetik niyati yorqin she’riy butunlikda tarannum etilgan. Ana shunday baland parda, o’ziga xos fojiaviy va ichki xilma-xillik, ziddiyatlarga boy tuyg’ular jangi, fikrlar olishuvi, xarakterlar to’qnashuvi, xullas, butun bir qaynoq hayot tasviri o’zbek tilida yangrab turadi. Bunda tarjimon mahorati, iste’dodi ikki yo’nalishda namoyon bo’ladi: 1)o’zbek she’riyatining, asrlar davomida rivojlangan tilimizning nazmiy javohirlarini ishga solish, o’z o’rnida topib ishlatish; 2)Hyote san’atiga muqobil bo’ladigan yuksak she’riy san’atni ko’rsatish, ulug’vor asarning butun jozibasi, qimmatini qayta tiklash. Har ikki yo’nalish bir-birini to’ldiradi va biri ikkinchisini taqozo etadi. Erkin Vohidov asarning ma’no- mazmuni bilan birga badiiy go’zalligi, alohida til xususiyatlarini berishga intilar ekan, undagi har bir sahna, ko’rinishlar tasviri, she’riy dialog va manaloglkar tuzilishiga qarab so’z tanlaydi, jonli lavhalar, otashin, ba’zan esa dardu alamga ko’milgan dil izhorlarini yorqin va ta’sirchan satrlarda gavdalantiradi. “Teatr muqaddimasi”- asarning kirish qismi. Uch kishi qatnashadi. Ya’ni teatr direktori, shor va qiziqchi. Uchta xarakter, uchta dunyoqarash: shoir yuksak idealar jarchisi bo’lsa, derektor foyda olish payida har qanday yuksak san’atni qurbon qilishga tayyor odam. Qiziqchi fikran shoir tarafida, ammo hayot tarsi uni derektorga bog’lab qo’ygan. Shu “ Muqaddima “ ning o’zidanoq Hyote insoniyat hayotining tub ziddiyatini bayon etgan, hayotning o’zi, insoniyat tarixi, turfa qarashlar, tiynat va fitratlarning olishuvi- o’zi bir teatr.
Xulosa.
Ham ijtimoiy, ham ma’naviy- ma’rifiy hayotda adbiyotning mavqei benihoya balandligi shundaki, u kishining his-tuyg’ularigagina emas, balki tafakkur va shuuriga, fikrlash tarsi va o’zaro insoniy munosabatlariga, uning irodasiga bog’liq bo’lmagan holda ta’sir o’tkazadi. Eng yaxshi asarlar butun insoniyatning, ayniqsa, yoshlarning eng yaqin do’sti. Zero, ular qalbni eng yuksak va oliyjanob tuyg’ular bilan to’ldirishda, yana muhimi, ular ezgu ishlarga ilhomlantirish, kitobxonlarga Vatan , xalq oldidagi burch hissini yuksaltirishda yetakchi omildir. Bu jarayonda adabiyotning o’rni beqiyosdir. O’zbekston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlagandek “ Bugungi kunda kata umid, orzu-maqsadlar bilan Vatanim taraqqiyotiga hissa qo’shaman, deb belini mahkam bog’lab maydonga chiqayotgan, azm-u shijoatli yoshlarimizni har tomomlama qo’llab- quvvatlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki burchimizga aylanishi kerak”18, degan fikrlari hozirgi yosh kitobxonlarni johon adabiyoti, o’z bek adabiyotining eng sara namunalari bilan oshno etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yishimizni talab etadi. O’zbek xalqining zabardast shoiri, mohir tarjimoni Erkin Vohidovning asarlari bu borada beqiyos ahamiyat kasb etadi. Erkin Vohidov ijodi va shaxsiyati haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quydagi fikrlarni bildirgan edi. “ Xalqimizga, Farg’ona ahliga xos bo’lgan barcha ezgu fazilatlarni o’zida mujassam etgan ulug’ insonlar haqida fikr yuritganda, atoqli shoir, davlat va jamoat arbobi , O’zbekiston Qahramoni Erkin aka Vohidovni ehtirom bilan eslashimiz tabiiydir. O’zining durdona asarlari bilan o’zbek adabiyoti xazinasiga bebaho hissa qo’shgan, xalqimizning ma’naviy olamini, milliy g’urur- iftixorini yuksaltirish yo’lida unitilmas xizmat qilgan bu ulkan ijodkorning xotirasini abadiylashtirish, ijodiy merosini chuqur o’rganish, yoshlarga yetkazish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.”19
Erkin Vohidov ijodida janrlar rang-barangligibeqiyosdir. Jumladan shiorning tarjimachilikdagi amalga oshirgan ishlari ijodkor merosida salmoqli o’rinni egallaydi. Shoir adabiyotning qay sohasida qalam tebratmasin, barcha yaratgan asarlariga o’zining qalb-qo’rini joylagan. Erkin Vohidovning yuksak mahorati hosilasi bo’lib dunyo adabiyoting eng sara durdonalari o’zbek adabiyotida, o’zbek tilida qayta tug’ildi. Shoir ularga o’zining yuksak iste’dodi, badiiy tafakkuri quvvati , o’zbekona milliy ruhda jon baxshida etdi. Xoh u Sergey Yeseninning sharqona ruhdagi jozibali she’rlari bo’lsin, xoh avar elining og’loni Rasul Hamzatovning tog’ nafasi ufurib turgan , Kavkaz nasimlari yelib turgan “Dog’iston”i bo’lsin yoki necha zamonlardan buyon insoniyatga Shaytonning emas Rahmonning yo’liga yurishga da’vat etib kelayotgan Hyotening “Faust”i bo’lsin ularning barchasida shoirning beqiyos mahoratini ko’rishimiz mumkun. Kitobxon bu asarlarni xuddi o’zbek tilida yozilgan asardek mutoala qiladi, buning sababi esa tarjimonning asarga o’zbekona ruh baxsh etganida deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |