Diffuziya deb o’zaro tutashgan bir modda malekulalarining ikkinchi moddaga,
ikkinchi modda malekulalarining birinchi moddaga o’tishiga aytiladi.
Diffuziya hodisasiga misol tariqasiga xonada to’kilgan atir hidining tarqalishi,suyuqlikka
solingan shakar yoki tuzning erishini keltirish mumkin.
Xonada atirning to’kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr masofada o’tiraylik .Uning
hidining darhol emas , balki malum vaqt o’tgandan so’ng sezamiz .Nima sababdan shunday bo’ladi ? chunki atir bug’langanda molekulalarga ajralib , havo molekulalar orasiga
kirishadi .Molekulaning tezligi katta bo’lsada (sekundiga bir necha yuz metr), u o’z yo’lida juda ko’p marta havo molekulalari bilan to’qnashib , o’z yo’nalishini o’zgartiradi.
Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quydagi tajribani bajaraylik .Stakan olib , unga bir choy qoshiqda shakar solaylik . So’ngra juda sekin , shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv quyaylik . Birozdan so’ng stakan tagidagi suvning xiralashganligini ko’ramiz .Bu shakar qiyomi .Stakanni chayqatib yubormasdan ustidan bir ho’plam ichib ko’ring .15-20 minutdan so’ng yana ichib ko’ring. Suv mazzasi qanday o’zgargan ?Endi
tajribani suv va margansovka (kaliy permaganat)bilan o’tkazaylik .Bunda diffuziyaning borishini stakandagi suv rangining pastidan boshlab o’zgara boshlanganligi orqali kuzatamiz (7-rasm)
Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi kuzatiladi
Shunday tajriba o’tkazishgan . Juda yaxshi silliqlangan qo’rg’oshin va oltindan yasalgan ikkita plastinani olib , bir- birining ustiga qo’yishgan .Ular ustidan yuk bostirib , xona temperaturasiga 4 -5 yil qoldirishgan. Shundan so’ng ularni olib qarasa , plastinalar bir- biriga taxminan bir mm kirishb ketganligi kuzatilgan.
Demak, diffuzya xodisasi gazlarida tezroq,
suyuqliklarda sekinroq, qattiq jisimlarda juda
sekin boradi Diffuzyaning boorish tezligi
tempraturaga xam bog’liq. Tempratura ortishi bilan
diffuziya tezlashadi
Diffuzya xodisasi tabiatda muxum rol o’ynaydi Masalan, diffuzya tufayli havoga sanoat korxonalridan chiqqan zaxarli gazlar tarqalib ketadi. Nafas chiqarilganda chiqqan karbonat angidrit gazi xam burun atrofida xam toplanib qolmaydi. Sabzavotlarni tuzlash xam diffuzya xodisasiga xam asoslangan (8-rasm). Diffuzya inson va xayvonlar xayotida katta axamiyatga ega. Masalan, xavodagi kislarod diffuzya tufayli inson terisi orqali organizmga kiradi. Diffuzya tufayli oziqlantiruvchi moddalar xayvonlar ichagidan qonga o’tadi.
4 YANGI MAVZUNI TAKRORLASH.
Yangi mavzuni takrorlash uchun krasvord metodidan foydalanib yangi mavzuni takrorlab
olamiz. Uchta guruhimizga krasvordlarni tarqatib chiqamiz va qaysi guruh g’olib bo’lsa birinchi o’rin olgan 5 baho, ikkinchi o’rin olgan o’quvchalarga 4 baho, va uchunchi o’rin olgan o’quvchalarga 3 baho bilan taqqdirlanadi.
Savollar
Diffuzya so’zi qaysi so’zdan olingan. (lotincha diffuzya – tarqalish sochilish)
O’zaro tutashgan bir modda molikulalarning ikkinchi moddaga, ikkinch modda molikulalaring birinchi moddaga o’zaro o’tishiga nima deyiladi (diffuziya)
Diffuzya xodisasiga misol keltiring.(Tuzning erishi)
Suyuqlik so’zini ingliz tilida tar jimasi(Liquid)
Bodiring pishgndan so’ng qanday rangga kiradi(Sariq)
Darsda g’olib bo’lgan guruh 5 baho bilan qolgan ikki guruh 4 baho bilan taqdirlandi
5.UYGA VAZIFA
1)O’tilgan mavzuni o’qib kelish 2)Mavzuni oxirida savollarga javob yozib kelish.
Sana___ _ _ _’’ _ _-yil FIZIKA fani sinf 6___.
Do'stlaringiz bilan baham: |