nahfi lug‘atit turk» («Turkiy tillar sintaksisining javohirlari») asari ham
Koshg‘ariyning o‘z zamonasining buyuk tilshunos olimi ekanligidan dalolat
beradi.
Abul Qosim ibn Umar az Zamaxshariy (1075-1143yy.). «Ustod ul-arab val-
ajam» (arablar va g‘ayri arablar ustozi), «Faxri Xorazm» deb sharaflangan O‘rta
Osiyolik allomadir. Yanada chuqur bilim olish maqsadida u Isfaxon, Bag‘dod,
Makka, Marv, Nishopur, Shom, Hijoz, Iroq kabi shaharlarda tahsil oladi. Tinimsiz
o‘rganish, izlanish natijasida o‘z zamonasining yetuk olimiga aylanadi. U
tilshunoslik, lug‘atshunoslik, jug‘rofiya, adabiyot, aruz, tafsir, hadis, fikh va qiroat
ilmiga oid asarlar yozgan. Xususan, uning Makkada 1,5 yil davomida yaratgan
arab grammatikasiga oid «Al-mufassal» (1121 y.) kitobi alohida o‘rin tutadi. U
arab tilining morfologiyasi va sintaksisiga oid tadqiqot ishi bo‘lib, musulmon
olamida juda mashhur bo‘lgan va yuksak baholangan.
Zamaxshariyning asosiy asarlari:
«Muqaddimat ul-adab» - 5 bo‘limdan iborat, unda so‘zlar ism (ot), fe’l,
bog‘lovchi, ot o‘zgarishlari (turlanishi) va fe’l o‘zgarishlari (tuslanish) ga
bo‘lib beriladi. Asar fors, eski chig‘atoy (o‘zbek), mo‘g‘ul, turk,
keyinchalik nemis, fransuz va boshqa tillarga o‘girilgan. Asar qo‘lyozmasi
O‘zFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
«Alfoiq fi g‘arib il-hadis» («Hadisdagi notanish so‘zlarni o‘zlashtirish») -
qiyin so‘zlarning ma’nolari sharhlangan lug‘at.
«Asos ul-balog‘a» («Chechanlik asoslari») - bu asar ham
lug‘atshunoslikka oid.
ALISHER NAVOIY VA UNDAN KEYINGI DAVR
TILSHUNOSLIGI
XV asrning 2- yarmida O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan buyuk mutafakkir,
she’riyat sultoni, o‘zbek adabiy tilining himoyachisi va targ‘ibotchisi Alisher
Navoiy (1441-1501) tilshunoslik tarixida ham yorqin iz qoldirgan ulkan
siymolardan biri. “Malikul shuaro” deb sharaflangan she’riyat sultoni o‘zining
turkiy tilda yaratgan asarlari bilan o‘zbek tilining amaliy rivojiga, lisoniy qarashlari
aks etgan tilshunoslikka oid asarlari bilan tilshunoslik fanining shakllanishiga katta
xizmat qildi. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» (1499) asari 2 til –
o‘zbek va fors tillarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur
tillarning umumiy va farqli xususiyatlari tahlil qilingan, mazkur tillar haqida
muhim ma’lumotlar beriladi.
Mazkur asarda til va tafakkur orasidagi munosabat, tillarning kelib chiqishi,
so‘z ma’nosi, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, so‘zlarning
yasalish imkoniyatlari, morfologik kategoriyalar, so‘zning va tovushning nutqdagi
o‘rni va ahamiyati kabi hodisalarni keng tahlil qiladi. O‘zbek va fors tillarini
muhokama qilish orqali o‘zbek tilining adabiy-badiiy asarlar yaratishga mos
ulug‘vor til ekanligi, til boyligi va imkoniyatlari, istalgan, xususan, fors tili bilan
bemalol raqobat qila olishi va hatto o‘zib keta olishi mumkinligini tasviriylik
imkoniyatlari nuqtai nazaridan (jumladan, 100ta fe’l misolida) asoslab bergan.
Navoiyning ushbu asari nafaqat o‘zbek tilining nufuzini ko‘tarishga, balki qiyosiy
tilshunoslikka va tilshunoslik nazariyasiga ham katta hissa qo‘shgan ilmiy asar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |