Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Qofiya.  
     She‘riy  misralardagi  ayrim  so`zlarning,  ba‘zan  qo`shimchalarning  bir  hilda  o`zaro 
ohangdosh bo`lib keliShi qofiya deyiladi. Qofiyalar a-a-a-b, a-b-a-b,  
a-b-v-b, va h.k ko`riniShlarda bo`ladi.  Masalan:  
 
Do`st bilan obod uying,           a 
 
Gar bo`lsa u vayrona ham        b 
 
Do`st qadam qo`ymas esa,         v   
 
Vayronadir koshona ham       
Fonetik stilistika, asosan, so`zlaShuv uslubini qamrab oladi. So`zlaShuv uslubiga hos so`zlar 
ko`pincha amaldagi adabiy me‘yordan farq qiladigan xususiyatlarga ega: 
1. So`z tarkibidagi tovushning o`rin almaShuvi:  
qirg‘iy-qiyg‘ir, 
aylanayin-aynalayin, 
la‘nat-nalat kabi. 
2. So`z tarkibidagi ba’zi tovushlarning tuShib qoliShi: 
quflamoq-qulflamoq 
taSha-taShla  
bo`sa-bo`lsa kabi 
3. So`zda biror tovushning orttiriliShi:  
echmoq (chechmoq) 
ayvon (hayvon) 
yangidan (yangittan) 
4. So`zdagi biror tovush o`rniga ikkinchisini ishlatish hollari: 
munchoq (mo`nchoq) 
ko`ylak (ko`nnak) 
nuSha (nuSha) 
bog‘lamoq (boylamoq) 
5. O`zak – negizda tushib qoladigan ba’zi qisqartirmalar
Olibdi (opti) 
Bo`libdi (bo`pti) 
Kelibdi  (kepti) 
Bunday holat, ayniqsa, yozma va og‘zaki nutq ifodalanadigan dostonlarda uchraydi. 
Assonans-misralardagi bir-biriga yaqin unli tovushlarning ohangdoshligidir. Bunda a – o, u-
o`, o-o`, i-e tovushlari ohangdoSh bo`lib keladi. Bunday xususiyat nutqning jarangdor bo`liShini 
ta‘minlaydi.  Masalan:  
Olam aro yurtlarning eng a‘losi 
Ona yurtim husningning men Shaydosi.          
Bahtiyorman muhabbatning qozonsam  
SHudir ahdim, Shudir bahtim  ma‘nosi.       (P. Mo`min) 
Alliterastiya.  Lotincha  Littera  so`zidan  olingan.  SHe‘rdagi  har  bir  misrada  bir  hil  undoSh 
tovushlarning takror iShlatiliShi alliterastiyadir. 
Erkin Vohidovning q bilan boshlanadigan she‘rini misol qilib keltiriSh mumkin: 
Qaro qoShing, qalam qoShing, qiyiq qayrilma qoShing, qiz, 


 
203 
Qilur qatlimga qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz. 
Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo`ymaysan  
Qarab qo`ygil qiyoki  m, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz. 
Assonans va alliterastiya birgalikda qo`llanib, nutqning ohangdorligini yanada oShiradi. Bu 
bilan  nutq tinglovchi Yoki   o`quvchiga tez ta‘sir qiladi. Masalan: 
Oymoma cho`milgan oy buloq,  
Oy buloq, ko`nglimni yoy buloq 
Kuylagan kuyingdan o`rgilay 
Anvoyi kuylarga boy buloq.         (T.To`la)     
Fonetik  stilistikani  biliSh  ijodkorlar  uchun  ahamiyatlidir.  Ular  yaratgan  ijod  mahsullarida 
fonetik  stilistikaning  xususiyatlarini  qo`llasalar,  o`quvchilar  va  tinglovchilarning  e‘tiborini  tez 
jalb  qiladilar.  Bu  bilan  matnning  o`qiShliligini  ta‘minlaydilar  va  o`z  oldilariga  qo`ygan 
maqsadlariga  eriShadilar.  Ayniqsa,  jurnalistlar  lavha,  ocherk,  adabiy  portret  yaratganlarida 
o`rnini topib, fonetik stilistikadan foydalansalar, asarlari  betakror, ta‘sirchan, ohangdor bo`ladi.   

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish