Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


Badiiy uslubning leksik xususiyatlari



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Badiiy uslubning leksik xususiyatlari 
Yozuvchi yoki shoir tilning yashirin imkoniyatlaridan keng foydalanib, badiiy nutqda 
yangi so`z va yangi iboralarni yaratadi. Masalan, A.Qahhorning sinchalak, guldasta so`zlarini 
yangi ma‘noda ishlatishi, G‘.G‘ulomning qopqa, sho`xshanlashmoq, qoralmasin so`zlarini 
yaratishi bunga misol bo`ladi: 
Sen ko`kning qopqasin qoqqan chog‘ingda 
Quyosh ko`z uqalab uyg‘onar edi. 
Yoki:  
SHe‘r shunday sho`xshanlansin, bo`lolmasin o`xshashi. 
Fikr kunday  ravshanlansin, Qoralmasin quyoshi. 
«Baht tongotari» she‘ridan 
M.Shayhzodaning nuriston, quyoshiston, nurobod, toshkentnoma kabi so`zlarni yaratishi, 
mohir so`z yaratuvchi Oybekning miljinglamoq, jabrkor, jivillamoq, gavharshunos, korsiz, 
sohibtadbir, darddosh, ozlimasin, lashkargoh kabi so`zlari ham asarning badiiy estetik 
qiymatini ta‘minlovchi muhim vosita bo`lib hizmat qiladi.  
Bunday so`zlarni cheksiz keltirish mumkin. Ijodkorning imkoniyati bilan birga 
imkonsizligi ham bor.  
Ijodkor bu nutq uslubida adabiy til doirasidan chiqib keta olmaydi. (ayniqsa so`z yasalishi 
va so`z qo`llash sohasida). 
Bu nutqda sinonim, omonim, antonim, ko`p ma‘nolilik kabi leksikaning barcha 
qatlamlaridan keng foydalaniladi. Bularning hammasi ijodkorning poetik fikrini ifodalashga 
hizmat qiladi.  
Badiiy uslub ta‘sirchanligi jihatidan publististik nutqqa yaqin tursa, turli jonli so`zlashuv 
vositalaridan foydalanishi jihatidan jonli so`zlashuv uslubiga o`xshab ketadi.  
Badiiy adabiyot tilini vazifadosh uslublardan tashqari qarovchilar so`zning estetik 
vazifasini birinchi o`ringa chiqarishadi. So`zning eng muhim va asosiy vazifasi 
kommunikastiya-aloqani amalga oshirishdir. Bu xususiyatni ular  ikkinchi o`ringa 
tushirishadi. Vaholanki, har qanday tilning, har qanday so`zning birinchi vazifasi-aloqa 
bo`lgach, bu birinchi bo`lishi kerak. So`z aloqa vazifasini bajargandan keyingina, estetik 
vazifani bajarishi mumkin. Bunda ular badiiy adabiyotning san‘at turi sifatida qaralishini asos 
qilib olishadi. San‘at turi bo`lganda ham estetik zavq so`z orqali ifodalanadi. So`zning 
kommunikativ vazifasi esa hamisha birinchi o`rinda bo`lishi kerak. 
Badiiy  uslub`ning bosh muammosi til va obraz munosabati masalasidir. Har bir 
funkstional uslub` ijtimoiy hayotning qaysidir tomonini aks ettirsa, badiiy uslub` hayotning 
hamma tomonini, Ya‘ni barcha nutq uslub`larini qamrab oladi.  
V.G.Belinskiy badiiy uslubni ilmiy uslub` bilan qiyoslab shunday deydi: «filosof 
sillogizmlar, shoir esa obraz va tasvirlar bilan gapiradi. Ikkalasi ham ishontiradi. Lekin 
birinchisi - mantiqiy dalillar bilan, ikkinchisi -tasvirlar bilan iqror qiladi».  
Bir habarning badiiy va ilmiy uslubda ifodalanishini ko`raylik:  
Badiiy uslubda:  
Kaftlaringda to`q bug’doyning kumushday doni  


 
200 
Yoki mehring chashmasida ungan kurtaklar. 
Bu minglarning nasibasi, elu yurt noni.  
Bu to`qchilik, to`kinlikdan yorqin daraklar. 
Ilmiy uslubda: 
 Bug’doy doni O`rta Osiyoda besh ming  yildan beri ekib kelinmoqda, poyasining 
uzunligi 30-40sm keladigan bug’doyning 9 xili bizning o`lkamizda ekiladi. O`zbek 
pazandachiligida tehnologiya jarayoni mukammallashib, nonning hillari benihoya ko`paydi. 
Bu to`kinchilik, ma’murlikdan darak beradi.  
Ko`rinadiki, badiiy uslubda habarning kumushday, mehring chashmasi , yorqin daraklar 
kabi obrazli ifodalar bilan ta‘sirchanligi oshirilsa, ilmiy uslubda besh ming yil, poyasining 
uzunligi 30-40 sm, bug’doyning 9 hili kabi dalillar bilan quruq ma‘lumot beriladi.   
Til materialini qamrab olish imkoniyatiga ko`ra badiiy adabiyot adabiy til doirasidan 
chikib ketadi. Va umumhalk tili boyligining deyarli barcha kurinishlarini kamrab oladi. 
Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmldar, vulgarizmlar(dag‘al so`zlar), eskirgan 
so`zlar, oddiy so`zlashuv vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Lekin ular 
badiiy uslubda o`rni bilan ishlatiladi. Masalan: Yozuvchi Oybek Navoiy romanida  kargish , 
hakorat so`zlaridan foydalanib, asar qahramonlarining o`ziga hos qiyofasini yaratgan. 
Masalan: -Qoch, kelma yonimga, baloga yo`luqqur!... Amaldor toifasiga o`zing qirg’in 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish